March 1

Tungi qoʻngʻiroq

Mila butun tun uxlamaydi. Soojinning nigohi, ovozi, uydagi soyasi — hammasi miyasında aylanadi.
“Men yana o‘sha maktabdagi qiz emasman,” deydi u o‘ziga.
Ertasi kuni u yashirincha boshqa shaharga ketish rejasini tuzadi. Telefon raqamini o‘zgartiradi. Ijtimoiy tarmoqlarni o‘chiradi. Kvartirani sotishga qo‘yadi.
Ketish kuni kechasi…
Telefon jiringlaydi.
Yangi raqam.
Hech kim bilmasdi bu raqamni.
— “Qochyapsanmi, Mila?”
Uning qo‘llari titraydi.
— “Bu sog‘lom emas, Soojin. Bu sevgi emas.”
Qarshi tomondan sokin nafas eshitiladi.
— “Men seni himoya qilyapman. Sen hali ham meni sevishingni bilaman.”
Mila ko‘z yoshlarini artadi.
— “Sevgi qo‘rqitmaydi.”
U qo‘ng‘iroqni o‘chiradi.

Vokzal. Tun. Yomg‘ir.
Mila poezd kelishini kutmoqda. Yuragi tez uradi, ammo ichida birinchi marta ozodlik hissi bor.
Birdan orqasidan tanish ovoz:
— “Haqiqatan ham ketmoqchimisan?”
Woo Soojin.
U yaqinlashmaydi. Faqat qarab turadi. Sekin unga yaqinlashdi va uni mahkam quchoqladi. Uning ko‘zlarida og‘riq va obses­siya aralashib ketgan.
— “Men seni yo‘qotsam yashay olmayman,” deydi u past ovozda.
Mila chuqur nafas oladi.
— “Sen meni allaqachon yo‘qotgansan. O‘sha kuni. Oila sababli emas… nazorat qilishni boshlaganing kuni.”
Soojin ilk bor jim qoladi.
Poezd chiroqlari uzoqdan ko‘rinadi.
— “Agar ketsang…” deydi u, “…men seni topaman.”
Bu tahdid emas. Bu va’da edi.

Poezd jo‘naydi. Mila oynadan tashqariga qaraydi. Soojin qorong‘uda yolg‘iz turib qoladi.
Telefon jim.
Bir kun.
Ikki kun.
Bir hafta.
Mila yangi hayot boshlayotgandek tuyuladi.
Keyin bir kecha…
Telefon jiringlaydi.
Noma’lum raqam.
U uzoq qarab turadi.
Nihoyat javob beradi.
Qarshi tomondan pichirlash:
— “Men va’damda turaman.”
Ekran qorayadi.

TAMOM… yoki yo‘qmi?