Namangan viloyati adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha E’LON
Namangan viloyat adliya boshqarmasi quyidagi bo'sh (vakant) lavozimlarga tanlov e'lon qiladi:
Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi FHDYo arxividagi
bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha:
Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar
I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
- FHDYo organlarida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarini raqamlashtirish, ma’lumotlarni “FHDYo yagona yelektron arxivi” axborot tizimiga kiritish hamda fuqarolarning jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ni kiritish ishlarini amalga oshirish;
- Arxiv fondining saqlanishi, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd yetish daftarlari va boshqa hujjatlarning qonun talablari asosida saqlanishini ta’minlash;
- Arxivga kelib tushayotgan hujjatlar saqlanishini tashkil yetish;
- Ish yuritish boʻyicha tugallangan hujjatlarni qabul qilish;
- Saqlash birliklarini tegishli qoidalarga asoslanib shifrlash, tizimlashtirish, yig‘ma jildlarni joylashtirish hisobini kuzatish;
- Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga fond tartib raqamini berish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarini tuzish, ro‘yxatdan chiqarish, yo‘q qilish kabi ishlarni bajarish;
- Arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini belgilashda qatnashish;
- Arxiv xonasining qonun-qoidalarga asoslab saqlanishini kuzatish, yong‘inga qarshi choralarni ko‘rish, arxiv hujjatlariga asoslanib ko‘chirmalar, nusxalar, ma’lumotnomalarni berish, so‘rovnomalarga javob berish.
- Arxiv ishi haqidagi hisobotni tuzish uchun ma’lumot tayyorlash.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
- oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
- muddatli mehnat shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.
- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, vazminlik, vijdonlilik.
- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;
- yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxividagi
bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha:
Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar
- davlat notarial idoralarining hujjatlarini qabul qiladi, ro‘yhatga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;
- ijrosi tugagan hujjatlarni o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qiladi;
- zaruriy hujjatlarni qidirib topishda uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatadi;
- kelib tushgan xat va hujjatlarning hisobini yuritadi;
- notarial arxivda ish yuritish hujjatlari va materiallarini but saqlanishini ta’minlaydi.
- ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
- idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;
- yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.
Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar
- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha soha va huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi;
- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish;
- kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;
- oliy yoki o‘rta ma’lumot (soha yo‘nalishida);
- davlat tilini mukammal bilish, chet tillarini bilishi ijobiy qabul qilinadi;
- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Nomzodlar 2022 yilning 27 may kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:
- shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);
- oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirma), Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan nomzodlar uchun belgilangan namunadagi diplom bilan birga baklavr yo‘nalishi bo‘yicha berilgan diplomi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);
- Kastum-shim, oq ko‘ylak galstukda tushilgan holatdagi rangli orqasi oq fonga olingan fotosurati (Elektron “JPG” formatda elektron shaklda);
- fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).
Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
- Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).
- Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-03-76.
Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin
https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.