May 11, 2022

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha E’LON

Namangan viloyat adliya boshqarmasi quyidagi bo'sh (vakant) lavozimlarga tanlov e'lon qiladi:

Hisoblash texnikasi operatori:

Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

- banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;

- ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;

- arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;

- serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;

- fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zarobog‘lash)ni ta’minlash;

- serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;

- foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.

Lavozimga oid rasmiy talablar:

- axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Aloqa operatori:

Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

- “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlashda ko‘maklashish;

- davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

- tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga to‘liq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bog‘lanishni ta’minlash;

- telefon tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Lavozimga oid rasmiy talablar:

- Oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Nomzodlar 2022 yilning 27 may kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

- shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

- oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirma), Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan nomzodlar uchun belgilangan namunadagi diplom bilan birga baklavr yo‘nalishi bo‘yicha berilgan diplomi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);

- Kastum-shim, oq ko‘ylak galstukda tushilgan holatdagi rangli orqasi oq fonga olingan fotosurati (Elektron “JPG” formatda elektron shaklda);

- fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Murojaat uchun:

- Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).

- Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-03-76.

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin

https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.