Namangan viloyati adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha E’LON
Namangan viloyat adliya boshqarmasi quyidagi bo'sh (vakant) lavozimlarga tanlov e'lon qiladi:
Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar
- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;
- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilish;
- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;
- huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
- davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
- davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
- davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
- davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.
- oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;
- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga xorijiy tillarini yaxshi bilish;
- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.
- barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
- ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
- oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha 3,5-4 mln. so‘m
- xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.
- idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;
- davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.
Nomzodlar 2022 yilning 27 may kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:
- shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);
- oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirma), Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan nomzodlar uchun belgilangan namunadagi diplom bilan birga baklavr yo‘nalishi bo‘yicha berilgan diplomi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);
- Kastum-shim, oq ko‘ylak galstukda tushilgan holatdagi rangli orqasi oq fonga olingan fotosurati (Elektron “JPG” formatda elektron shaklda);
- fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).
Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
- Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).
- Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-03-76.
Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin
https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.