May 17, 2025

Wilful

Ep 2

Quyosh allaqachon zaminni zarrin nurlari bilan yoritishni boshlagan. Odamlar o‘zlarining odatiy va qaynoq hayot tarziga sho‘ng‘ib ketishgan . Bazilar esa tushlik vaqti yaqinlashgani uchun tamaddixonalarga shoshilishmoqda. Shahar ko‘chalari gavjum va albatta turli xil ovqat hidi va shovqinga to‘la. O‘rtamiyona boylar yashaydigan mavzedagi ko‘p qavatli binoning 4 chi qavatidagi uyga esa go‘yoki zulmat cho‘kkandek. Hamon ochilmagan pardalar uyni yorug‘likdan asrab qorong‘ulikni taminlamoqda. Shahar shovqinidan farqli ravishda bu uyda sukunat va tinchlik hukmron. Biroq bu tinchlikni allaqayerdandir jiringlashni boshlagan telefon ovozi buzib yubordi. Tartibsiz yotoqxona, yarim ochiq qolgan noutbuk, shkafgacha yetib bormagan yoyilib yotgan kiyimlar va albatta yotoqda ko‘rpa ostidan faqatgina bir oyog‘i biroz chiqib turgan hamon uyqu saltanatini tark etishni istamayotgan tana.

Biroq tinmay jiringlayotgan telefon tufayli ko‘rpa ostidan qo‘l chiqib tartibsiz harakatlar bilan tumba ustidagi telefonni topib yana ko‘rpa ostiga olib kirib ketti.

-eshitaman

......xayrli kun qizalog‘im - telefon ortidan quvonchga to‘la ayolning ovozi yangradi

-Salom oyi

......nima haliyam uxlayapsanmi ?

-kecha biroz kech uxlagandim

.......tushunarli. O‘zingga kelib oldingmi ?

-ha. Ancha yaxshiman shakilli

.......unda bugun uyga qaytasanmi ?

-nima ? bu nima deganingiz oyi ? Men kecha dadamni qabrga qo‘ydim. Siz bugun qaytishimni so‘rayapsizmi ?

.......men ham shuni aytyapman qizim. Endi seni Kareya bilan bog‘laydigan hech nima qolmadi. Uyimizga qaytishing kerak. U yerda yolg‘iz nima qilasan

-oyi keling bu haqda keyinroq bafurja gaplashamiz maylimi. Men o‘zim sizga qo‘ng‘iroq qilaman - onasining gapirishini kutmay go‘shakni qo‘ygan qiz endi o‘rnidan turib tartibsiz sochlari orasiga qo‘l yugurtirdi - jin ursin boshim og‘riyapti - qayta o‘zini yotoqqa tashladi qiz

Qancha urunmasin baribir uxlay olmagach o‘rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketti. Birozdan so‘ng o‘zini tartibga solib oshxonaga yo‘l oldi. Oshxonaga kirishi bilan stol ustida jimgina telefon kovlab ovqatlanayotgan qizni ko‘rdi - xayrli tong

-nima? Qanaqa tong ? Allaqachon tushdan o‘tdiku - hamon ovqatlanayotgan qiz ortidan kelgan qizga gapirdi

-o‘zingga kelganingdan xursandman. Kechagi ahvolingni ko‘rib to‘g‘risi biroz qo‘rqqandim

-Jung amaki meni bu kun uchun doim tayyor bo‘lishimni aytardi. Qandaydir manoda meni bu kunga tayyorlaganlar desam ham bo‘ladi. Lekin baribir ayriliq juda og‘ir bo‘larkan.... Ho‘sh ozingiz yaxshimisiz. Menimcha tuni bilan yig‘lab chiqtingiz - biroz noqulaygina bo‘lib savol berdi qiz

-ha yig‘lab chiqqanimni tan olaman. Huddi senga o‘xshab - qahvasidan simirib

-yig‘laganim bilinyaptimi. Yashirish uchun qancha harakat qilgandim

-bilasanmi Avena meni sizlashing shart emas. Oramizda bor yo‘gi bir yosh farq bor. Sizlaganing sari o‘zimni yoshi katta ayoldek his qilyapman

-lekin sizni sensirash menga biroz noqulayda - iymanibgina gapirdi Avena

-bir ikki marta aytsang o‘rganib ketasan. Meni Lea deb chaqirishing mumkin. Tanishlarimning hammasi meni shunday chaqirishadi.

-agar sizga shu maqul bo‘sa mayli harakat qilaman - Avena

-yaxshi unda kelishdik. Ho‘sh bugun nima qilmoqchisan ?

-ishga allaqachon kech qoldim. Shuning uchun uyni tozalab kechki ovqat tayyorlayman. Oppog‘oyni sayrga olib chiqaman. Ozimni biroz chalg‘itmoqchiman - Avena bir chetda ovqatlanayotgan oppoq mushukchasiga qarab qo‘ydi

-yaxshi mening tashqarida biroz ishlarim bor. Kechga kelaman - Lea o‘rnidan turib ketishga shaylandi.

-nonushta qilmadizku - Avena

- Men odatda nonushta qilmayman. Ha yana meni sizlashni bas qil Avena - xonasiga kirish barobarida baqirdi Lea

-lekin hozr tushlik vaqtiku - o‘zi eshitadiga darajada gapirdi Avena

*

Sekin astalik bilan mayda maysalarni bosib o‘tib ketayotgan qiz nihoyat kechagina ko‘milgan qabr ustiga keldi. Cho‘ntagidan sigareta chiqarib yondirgichda tutatdiyu og‘ziga solib chuqur tortdi

- chekishimni bilmasdingiz to‘g‘rimi - qabr toshiga qarab siniq jilmaydi - albatta bilmasdingiz. Hatto oyim ham bilmaydilar. Chunki juda ustaomonlik bilan yashiraman- achchiq tutunni havoga purkadi - Ajrashganingizdan bir yil o‘tib chekishni boshlaganman. Shu orqali biroz stressni yenggardim. Bora bora odat bo‘lib qoldi - yana bir siniq jilmayish - Tashlashga hatto harakat ham qilib ko‘rmaganman. Bilasizmi nega - yana chuqur tortilgan tutinni havoga pufladi - chunki sabab yo‘q edi. Oyim men uchun umrini sarfladi. Boshqa turmush qurmadi. Hamon men uchun qayg‘uradi. Lekin sizchi dada. Siz nima qildingiz - ko‘zlaridan chiqishga shaylangan yoshlarini artib tashladi qiz - biron marotaba ko‘rgani bormadingiz. Hatto telefon qilmadingiz. O‘lishingizga bir hafta qolganda so‘ngi kunlaringizda birga bo‘lish uchungina meni chaqirib oldingiz. Yana o‘gay singlimga g‘amxo‘rlik qilishimni vasiyat qilib ketdingiz. Ikki o‘t orasida qoldim. Xursandmisiz endi. O‘zingizniki bo‘lmagan qizni mehr berib katta qilibsiz. To‘kin hayot bilan taminlabsiz. Allergiyangiz bo‘lsa ham unga mushuk boqishiga ruxsat beribsiz. Hatto o‘zingiz mushuk sovg‘a qilibsiz. Menga esa ruxsat bermagandingiz. Esingizdami ? Men va oyim haqida esa o‘ylamagansiz ham. Tug‘ulgan kunlarimda sizning kelishingizni orziqib kutardim. " men keldim qizim " yoki " mening malikam qani " deb eshikdan kirib kelishingizni hayol qilardim o‘zimcha - quyulib kelayotgan yoshlarini yana artib tashlagan qiz qo‘lidagi sigaret qoldig‘ini tashlab ikkinchi sigaretni olib tutatishni boshladi

- menimcha boshqa bu yerga kelmasam kerak. Balki oyimni yoniga ketarman. Aniq bilmayman. Vasiyatingiz haqida esa o‘ylab ko‘raman. Biroq bajara olaman deb o‘ylamayman........ Xayr dada .......

Ko‘z yoshlarini artib burnini tortib qo‘ygan qiz shunchaki ortiga qaramay qabristondan chiqib ketdi.

*

-mazza qilib sayr qildik to‘g‘rimi ppog‘oy. Senga yoqdimi ? - qo‘lida mushukchasini ko‘tarib uy eshigini ochgan Avena mushiginj yerga qo‘yib ust kiyimini shkafga joyladi

- qorning ochdimi hozr birga ovqatlanamiz - mehmonxonadan mushigining miyovlashini eshitgan Avena uning ortidan borib ko‘rgan manzarasidan qotib qoldi - ki..ki.. kimsiz ?

Uzoq vaqt dengiz bo‘yida sayr qilib biroz o‘ziga kelib olgan Lea og‘ir qadamlar bilan uyga kirib keldi

-Avena men keldim - uyga kirish barobarida baqirgan Lea oyoq kiyimini yechib shippaklarini kiydi - Avena uydamisan - avval oshxonani tekshirgan Lea u yerda hech kim yo‘qlini ko‘rib mehmonxonaga o‘tdi.

Mehmonxona divanida yig‘lab ko‘zlari shishib ketgan boz ustiga tinmay qaltirab qarshisidagi divanda bir qo‘lida qurol bir qo‘li bilan esa mushukchani silab o‘tirgan kimsadan ko‘zlarini uzmayotgan Avenani ko‘rib hayratdan qotib qoldi - bu yerda nimalar bo‘lyapti o‘zi - shu on bo‘yniga sanchilgan ignadan kuchli og‘riq sezgan Lea qo‘li bilan bo‘ynini ushladiyu ortiga qarab ulgurmasidan hushidan ketti.

Leaning hushsiz tanasini ushlab qolgan Jungkook uni ko‘tarib olib sherigiga qaradi - ketdikmi ?

Qarshisida tinmay qaltirab hiqqillab yig‘layotgan Avenadan ko‘z uzmay o‘tirgan Tae do‘stiga qaramasdan javob qaytardi - menimcha mening biroz ishlarim borga o‘xshaydi

Do‘stining niyatini tushungan Jungkook bir qizga bir do‘stiga qarab qo‘yib hushsiz tanani ko‘tardiyu uydan chiqib ketti.

Jungkook chiqib ketgandan keyin yonidagi mushikchani qo‘liga olgan Tae Avena o‘tirgan divanga borib o‘tirdi. Bundan Avena qattiq qo‘rqib turib ketmoqchi bo‘lganda Tae epchillik bilan qizni yana joyiga o‘tqazib qo‘ydi. Hamon dag‘ - dag‘ titrayotgan Avena sekingina yigitga ko‘zlaridagi yosh bilan qaradi - biz..dan ni.. nima is..is..taysiz - duduqlanib savol berdi qiz. Sekingina mushukni yerga qo‘yib qo‘lini ko‘targan yigit qarshisidagi tinmay qaltirayotgan lablardan ko‘zlarini uzmay qizning sochlarini qulog‘i ortiga o‘tkazdi - o‘ylaymanki istagim senga yoqmaydi qizaloq - gapi tugashi bilan qizning lablariga tashlandi yigit

( Mana sizlarga ikkinchi qismi bilan keldim. O‘ylaymanki sizga manzur keladi. Fikr va reaksiya kutib qolaman. Yoqimli mutolaa do‘stlar)