
Sovuq. Juda ham sovuq. Avzoyi badanim soviqdan muzlab qoldi. Qaltirayapman. Kim ham qishning qoq o‘rtasida yupun kiyimda bu ahvolda turadi. Biroq qo‘llarim bilan o‘zimni isitolmayman. Chap ko‘zimni ochishga qiynalyapman. Menimcha sal avvalgi yegan zarbam tufayli bo‘lsa kerak. Og‘zimda qon tami bor. Yuzimga urulgan kuchli tasaki tufayli labim ham qonayapti menimcha. Oyoqlarimni va qo‘llarimni his qilmayapman. Ular allaqanday tasma bilan o‘rindiqqa shunchalar mahkam bog‘langanki hatto tomirlarimda qon yurimagani uchun ular hatto ko‘karishni boshlagan