January 18, 2025

Hearts in agon

Ep 1

-siz nimalar deyapsiz dada . Nima bu hazilmi - qiz hayron qiyofada ro‘parasida o‘tirgan ota onasiga yuzlandi

-qachondir otangni hazil qilganini ko‘rganmisan - onasi tushuntirgan bo‘ldi

-Nima bizning tanlovimizga shubxang bormi- bir qoshini ko‘tarib jiddiy qiyofada so‘radi otasi

-yo‘q kechirasiz lekin men rozi emasman. Hayotimdagi bunday muhim qarorni o‘zim qabul qilaman- qiz inkor manosida bosh silkidi

Do Anya

-yo‘g‘e - kinoyali tabassum qildi erkak- shu paytgacha har bir istagingni muhayyo qildim. Hammasini. Istagan imkoniyatningni yaratib berdim. Mustaqil hayotga qadam qoymoqchi bo‘lgan vaqtingda seni qo‘llab quvvatladim. Hech bir do‘stlaringda bo‘lmagan sharoit bor edi senda. Oying qanchalik qarshilik qilsa ham chet elda o‘qiyman deganingda qaroringni hurmat qildim. Senga ishondim. SEN NIMA QILDING. O‘QISH BAHONASIDA XORIJGA KETIB NASL NASABINING TAYINI YO‘Q XUSHTOR TOPIB OLDING. BU BILAN SENGA BO‘LGAN ISHONCHIMNI YAKSON QILDING.

Otasi Do Yon Jun

-endi sevganim aybmi. Sevishga ham haqqim yo‘qmi. Siz istagandek bo‘lmagani uchun uni kamsityapsizmi. To‘g‘ri boy oiladan emas. Hammasiga o‘zi erishishga urinayotgan oddiy yigit. Ammo asosiysi meni sevadi. Men ham uni sevaman. Majburlab turmushga berishingizni bilganimda hech qachon sizdan yordam so‘ramasdim. Eshityapsizmi- gaplarini tugatishi bilan yuziga tekkan tarsakidan boshi yon tomonga burilib qoldi

-otangga bunday gapirishga qanday hadding sig‘di. Sen uchun qancha siqilganini bilasanmi o‘zi. Hatto akangga berilmagan imkonyatlarni senga berdi. Endi rahmating shumi axmoq qiz - qattiq g‘azablangan ayol qiziga o‘shqirdi

Onasi Do Lin Mi

-rozimisan yoki yo‘q bu endi ahamiyatsiz. Ertaga uchrashuvga chiqasan gap tamom. Bir oydan keyin esa to‘y. Bu masala ortiq muhokama qilinmaydi. O‘qishingni esa Seulga ko‘chiraman- erkak xonadan chiqib ketti

Yosh to‘la ko‘zlari bilan onasiga mungli qaragan qiz chidolmay yig‘lab yubordi - endi biron marotaba ko‘rmagan bilmagan odamga turmushga chiqamanmi. Oyi sizningcha bu to‘g‘ri qarormi. Nega tushunmaysizlar sevmagan insonimga qanday tegaman qanday u bilan baxtli bo‘laman. Qalbim allaqachon boshqasiga tegishli. Boy bo‘lmasada u ham biz singari oddiy inson. Boyligim bo‘lmasa ham baxtim bo‘ladi axr oyi tushunsangizchi

-ASLO eshityapsanmi aslo bizni oddiy odamlarga tenglashtirma. Biz aytgan yigitga turmushga chiqasan. U kuyovlikka har tomonlama mos. Ham biznesmen ham hushmuomila ham kelishgan. Ishon uni ko‘rganingda aniq sevib qolasan. Qayoqdagi bir fermerning o‘g‘lini esa yuragingdan qanday chiqarib tashlaganingni bilmay ham qolasan- ayol ham ko‘z yoshlariga g‘arq bo‘lgan qizini yolg‘iz qoldirib xonani tark etti

- qasam ichib aytamanki hali majburlab turmushga berayotganingiz uchun sizni ham o‘sha yigitni ham pushaymon qildiraman

Jeon Kampanyasi

Bosh derektor xonasi. Katta ish stoli va kursida o‘tirgancha komyuterda diqqat bilan hujjat ishlayotgan yigit. Xonada faqat klaviatura ovozlari yangrayapti xolos. Ora orada yonidagi muzdek amerikanodan ho‘plab qo‘yayotgan yigitning diqqatini eshikning so‘roqsiz ochilishi buzib yubordi. Nigohini eshikka qaratar ekan kelgan odamni ko‘rib o‘rnidan turdi - xayrli kun dada

-Senga ham o‘g‘lim. O‘zim yo‘qlab kelmasam uyga ham bormay qoyding- xonadagi divanga o‘tirish barobarida gapirdi erkak

-kechirim so‘rayman dada. Katta shartnoma imzolash arafasidaman. Shunga ishlarim ko‘p. Sizlardan ham xabar ololmayapman. Oyim yaxshimilar- otasining qarshisiga joylashdi yigit ham

-ha oying bip binoyidek. Har kuni miyyamni yeydi har xil bo‘mag‘ur narsalar o‘ylab topib boshimni qotiradi. Sira gapga quloq solmaydi. Avvallari har bir jiddiy qarashimdan qo‘rqardi hozir esa qattiqroq gapirsam sher kabi tashlanadi. Nima xohlayotganini hatto o‘zi ham bilmaydi. Ishon ayyollarni hech qachon tushunib bo‘lmaydi - biroz norozi qiyofada kuldi erkak

Otasining gaplarini eshitib keng jilmaygan yigit kotiba olib kelgan qaxvadan birini otasiga berdi.

-demak bugun oyimdan qochdizmi

-ha hech bo‘lmasa bugun asablarim dam olsin. Ho‘sh kampanyada ishlar qanday ketyapti. Ko‘p ishlab o‘zingni charchatib qoymayapsanmi

-yo‘q menda ham kampaniyada ham hammasi joyida. Ishlar juda qizg‘in ketyapti. Mahsulotlarimiz sotuv ko‘rsatgichlari yuqori darajada. Tez orada katta shartnomani qo‘lga kiritamiz va dunyo bozorini egallaymiz. Aksiyalarimiz narxi ham oshadi

-sen bilan faxrlanaman o‘g‘lim. Boshqaruvni senga topshirib yanglishmaganimdan xursandman ochig‘i. Ammo shaxsiy hayotingga etibor bermayapsan. Har xolda 31 yoshdasan. Balki endi hayot yo‘lingda birga bo‘ladigan hamroh toparmiz nima deysan. Nabirali bo‘lsak oying meni tinch qo‘yib nabiralari bilan vaqt o‘tkazarmidi

Jeon Jung San

-endi oyim shu yo‘lga o‘tdilarmi. Siz orqali meni uylanishga majburlamoqchimilar - hazil aralash gapirdi yigit

-bu safar oyingni aloqasi yo‘q. Qarab tursam sira uylanish haqida o‘ylamayapsan. Majburlashimni kutyapsanmi -allaqachon jiddiy qiyofaga kirdi erkak

Otasining qaxrli qiyofasini ko‘rgan yigit ham jiddiylashdi - dada hozir bu narsalar haqida o‘ylay olmayman. Vaqtim ham yo‘q. Bu yaqin orada uylanish niyatim ham yo‘q

- meni tushunmagan ko‘rinasan o‘g‘lim. Yaxshi unda bunday qilamiz UYLANASAN senga allaqachon qiz topib qo‘ydim. Ertaga uchrashuvga chiqasan mana bu manzil. Sizlarga stol buyurtma qilganman. Bir oydan keyin esa to‘y

-tushunmadim qanaqa qiz qanaqa toy dada

Jeon Jungkook

-juda yaxshi tushunib turibsan. Shu paytgacha o‘zingdan sado chiqar deb kutdim. Oying qancha yalinib yolvordi. Sen esa loaqal bironta qiz bilan uchrashmading. Ishni kampaniyani baxona qilding. Endi yetar o‘g‘lim baxonalaring o‘tmaydi. Men aytgan qizga uylanasan.

-kim u ? O‘sha siz aytayotgan qiz kim

-Sirius kampanyasi rahbari Do Yon Junning qizi Do Anya 25 yoshda. Germaniyada shifokorlikka o‘qirdi kecha Koreyaga qaytdi. Endi shu yerda o‘qiydi. Qolganini esa ertaga uchrashuvda o‘zidan bilib olarsan. Bir oy vaqting bor. Qizni ko‘nglini ol o‘zing ham ko‘nikishga harskat qil. Rad qilishga esa urinma ham. Oqibati yaxshi bo‘lmaydi buni bilasan. Endi esa men kettim. Ishlaringni davom etaver - otasini kuzatib qo‘ygan yigit jahldan stolga qattiq musht tushirdi - jin ursin o‘zi shu kam edi

( birinchi qismi qiziqarli bo‘lmasligi mumkin albatta keyingi qismlariga qiziqib qolasiz )