January 18, 2025

KUSHANDALAR 

4 qism

-haligi bir nasrani so‘rasam bo‘ladimi - biroz noqulaylik bilan so‘radi Nika

Hamon qaxvaxona derazasidan tashqarini kuztayotgan Nilu dugonasining yuziga o‘girildi - so‘ra

-Oyog‘ingni qanday sindirding ?

-yonidagi bemorning aravachasiga tegib ketti

-ey xudoyim aravachani ham sindirdingmi ?

-hozir sen aravachaning ahvoliga qiziqyapsanmi yoki oyog‘imgami

-noto‘g‘ri tushunma agar aravacha ham singan bo‘lsa uni ham to‘lashingga to‘g‘ri keladi. Shuni nazarda tutyapman.

-gapimga ishonaver o‘sha xonada bironta ham butun buyum qolmadi. Ertaga kasalxonaga borsam bosh shifokor terimni shilishi aniq.

-nega kasalxonaga bormoqchisan. Bu oyog‘ing bilan ishlay olmaysan. Tatil olishing kerak.

-aperatsiyani qo‘lim bilan qilaman oyog‘im bilan emas. Bundan tashqari tatil ololmayaman buni bilasan

-oilangdagilarga oyog‘ing haqida nima deysan ? Bilib qolishsa bormi..........

-aytmayman tamom.Bir haftada gipsni olishadi ungacha bilib qolmasliklariga harakat qilaman

-Hop 2 kundan keyingi kansertga borasanmi

-Esingni yeganmisan. Shu oyoq bilan bora olamanmi seningcha

-hozirgina shu oyog‘ing bilan ishlay olishingni aytayotgandingku

-bemanilikni bas qil

2 kundan so‘ng. Kansert

Minglab muhlislar Koreyaning faxri bo‘lmish mashhur BTS guruxining bir kunlik kansertini tomosha qilish uchun Seulga kelishgan. Ko‘chalar odamlar bilan gavjum yo‘llar esa tirbandlik bilan to‘la. Qahramonimiz Nika esa juda erta turib harakat qilgani uchun allaqachon kansert bo‘layotgan stadionga yetib kelgandi. Oyog‘i tufayli kelolmagan Niluning chiptasini qaytarib bergan Nika allaqachon o‘z joyini topib olib o‘rnashib oldi. Ko‘tarinki kayfiyat va cheksiz hayajon bilan sevimli guruhining chiqishini kutayotgan Nikaning hayyollarini kelgan qo‘ng‘iroq ovozi buzdi. Ekranda Dohyun ismini ko‘rgan Nika keng jilmaygancha qo‘ng‘iroqqa javob berdi - eshitaman Dohyun

📞 xayrli kun Nika

-senga ham xayrli kun Dohyun va albatta yana bir bor katta rahmat

📞 rahmatni keyin aytasan. Hozir qayerdasan

-allaqachon stadionda o‘z o‘rnimdaman. Tinchlikmi

📞hozir yoningga stafflardan birini yuboraman. Yordaming kerak.

-nimadir bo‘ldimi

📞kichik ko‘ngilsizlik qolganini kelganingda ko‘rasan

-yaxshi

Telfonda suhbatni yakunlab yuziga biroz xavotr oralagan Nikaning yoniga bir yosh yigit keldi.

-kechirasiz siz Kan Nikaira bo‘lasizmi

Nika - ha men

-shifokorsiz shundaymi

Nika - ha jarrohman

-iltimos men bilan yuring

Nika - qandaydur ko‘ngilsizlik bo‘ldimi

-janob Dohyun sizga o‘zlari tushuntiradilar. Iltimos tezroq borishimiz kerak

Nika - mayli tezroq yuring unda

Pov. Nika.

Staf yigitning ortidan sahna ortiga borar ekanman hayajonlanib oyoqlarim qaltirayotganini sezyapman. Bu yerda balki sevimli guruhimning azolarini ko‘ra olarman. Ey hudoyim rostan ham hozir BTS ni ko‘rsama. Hushimdan ketib qolmayda ishqilib.

-honim mana bu yerga kirsangiz

Ichkariga kirishim bilan ko‘rgan narsamdan qotib qoldim.