March 12, 2025

Hearts in agony

Ep 4

Pov Anya

O‘tgan bir oy ichida onamdan bir marta dadamdan esa 2 marta tarsaki yedim. To‘yni to‘xtatishga urunishlarimning oqibati edi bular. Hatto Germaniyaga qochib ketmoqchi ham bo‘ldim biroq dadam bilib qoldilar va yana bir tarsaki bilan siylandim. Shundan keyin menga qo‘riqchi yolladilar naq ikkita. Qochib ketish imkonsiz bo‘lib qoldi. Akam esa bot bot o‘sha Jungkookni maqtardilar. Aytishicha yaqin do‘sti emish. Menga undan boshqa yaxshi nomzod topilmas emush. Jungkook bilan esa ko‘ylak tanlashga borganimizdan keyin uchrashmadik. Ota onalarimiz ko‘p urunishdi biroq u ishini men esa o‘qishimni bahona qildim. O‘qishlarim ham juda ko‘paygan sababi bitiruv kursidaman va ilmiy ish ustida ishlayapman. To‘y tashvishlari esa men uchun ortiqcha edi. Sevgan yigitim Benga esa hammasini ayttim va u sal kam bombadek portladi. Koreyaga kelmoqchi ham bo‘ldi biroq uni fikridan qaytargunimcha o‘lib tirildim hisob. Avvallari kuniga bir yoki ikki marta qo‘ng‘iroq qilsa hozir 10 yoki 15 marta telefon qiladi. U o‘zi shunaqa vahimachi. Hozir esa oilamizga tegishli bo‘lga mehmonxonaning vip xonasida oppoq ko‘ylakda ko‘zguga termulgancha o‘tiribman. Qanday daxshat. Bundan battari bo‘lmasa kerak. Agar kuyov o‘rniga Ben bo‘lganda yettinchi osmonda uchib yurgan bo‘lardim biroq afsuski bunday emas va hozir mendan g‘amgin odam topilmasa kerak.Biroz avval Ben bilan videoqo‘ng‘iroq orqali gaplashdim va ikkalamiz ham yig‘ladik. Meni to‘y ko‘ylagida ko‘rishga chidolmadi. Men ham uning ko‘zyoshlariga chidolmadim. Nima bo‘lishidan qatiy nazar albatta birga bo‘lishga so‘z berdi. Bu esa menga biroz bo‘lsada taskin berdi.

Qizning hayollarini eshikning taqillashi bo‘lib yubordi -kiring

Xonaga oilasi kirib kelayotganini ko‘rgan qiz hatto jilmaymadi ham

-biroz qovog‘ingni ochsangchi. Har holda to‘ying bo‘lyapti - Do honim kirishi bilan qizini jerkib berdi

-bugun juda go‘zalsan malikam. Senga butun olam baxtini tilayman - akasi Bangchan singlisini mahkam quchoqladi - baxtli bo‘l

-gaplarimni diqqat bilan eshit qizim -janob Do gap boshladi - endi yosh qizaloq emassan erkaliklaringni yig‘ishtir. Eringga itoatkor bo‘l kattalarni hurmat qil. Agar hurmatsizlik qilib oilamiz shaniga dog‘ tushursang seni o‘zim burdalab tashlayman. Katta hayotga qadam qo‘yyapsan. Unda baxtli bo‘lish ham yoki baxtsiz bo‘lish ham o‘z qo‘lingda. Umid qilamanki yuzumni yerga qaratmaysan. Endi esa tayyor bo‘lsang pastga tushushimiz kerak hamma kutib qoldi.

Otasining gaplariga boshini pastga eggan holatda hop deb qo‘ygan Anyaning peshonasidan janob Do mehr ila o‘pdi - menga ishon qizim hali dunyodagi eng baxtli inson bo‘lasan

Bangchan va Do honim qo‘l ushlashib pastga tushib ketishdi. Anya ham otasining qo‘llaridan tutib birgalikda t‘oy marosimi o‘tkaziladigan keng va hashamatli zalga yo‘l olishdi.

Kareyaning eng oldi biznesmenlari, mashhur aktyor aktrisalar, siyosatchilar va chet ellik hamkorlar ikkita eng katta kampanyalarning vorislaring to‘yiga yig‘ilgan va albatta hamma shu paytgacha biron marotaba ko‘rmagan hatto gazeta va yangiliklarda biron marotaba ko‘rinish bermagan mashhur Do oilasing kenja va yagona qizini ko‘rishga qiziqishardi. Sababi Anya juda yopiq fel atvorga ega qiz edi. U hech qachon otasining mavqeyi va obro‘si bilan maqtanmagandi. Hatto yigiti Benga ham boy oilaning qizi ekanligini tanishganlaridan bir yil o‘tib aytgandi.

Uzun yo‘lak bo‘ylab otasining qo‘lidan tutib mehrob tomon borayotgan kelinni rohib bilan qora smoking kiygan Jungkook kutib olishdi. Qizining qo‘lini Jungkookka tutqazgan janob Do ularga baxt tilab o‘z o‘rniga qaytdi.

Rohib esa nikoh o‘qishni boshladi. Uzundan uzun o‘qilgan nikohdan keyin va nihoyat ikkala tomondan ham rozilik olindi. Bo‘sa olishga ruxsat berilganda Anya biroz asabiylashdi ammo Jungkook shunchaki Anyaning peshonasidan yengilgina o‘pib qo‘ydi.

Bundan ko‘pchilik mehmonlarning hafsalasi pir bo‘ldi. Sababi esa hamma ehtirosli bo‘sa kutishgandi. Birozdan so‘ng to‘y bazmi ham boshlanib ketti. Jungkook do‘sti Jimin va hamkorlari bilan suhbat qursa Anya shunchaki bir burchakda odam kam joyda o‘tirib biroz dam oldi.

-nima deb o‘ylaysiz ? Qizingiz biron bir qiliq chiqarmasmikin ? - Do honim bir chetda bir o‘zi kayfiyatsiz o‘tirgan Anyaga ishora qilib janob Do ga sekingina savol berdi. Qiziga biroz sukut saqlab termulgan Janob Do chuqur nafas chiqardi - uning qandayligini bilasan. Qaysar o‘jar biroq men unga ishonaman. Shanimizga dog‘ tushurmaydi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘nikishni boshlaydi.

-men ham shunga umid qilaman - Do honim hafsala bilan chuqur nafas chiqardi

Anya uzoq muddat chet elda yashagani uchun uning o‘z yurtida hech qanday yaqin do‘stlari yo‘q edi. Germaniyadagi do‘stlariga esa turmushga chiqayotgani haqida aytmadi. Chunki do‘stlari Ben va Anya munosabatlarini bilishardi. Shuning uchun ularning oldida noqulay vaziyatda qolishni istamadi. So‘ngi bir oy ichida Seulda o‘qiyotgan bo‘lsa ham bu yerda do‘st orttira olmadi. Sababi bitiruv kursida o‘qiyotgani va ilmiy ish ustida ishlayotgani uchun deyarli vaqti bo‘lmagandi. Aynan shuning uchun ham to‘y oqshomida hech kim bilan gaplashmay bir chetda yolg‘iz o‘zi mehmonlarni tomosha qilayotgandi. Mehmonlarning deyarli hech birini tanimaydi bir nechta qarindoshlaridan tashqari albatta. Shu alfozda zerikarli to‘y bazmi ham yakunlandi. Kelin kuyovning ota onalari ularga davomli baxt tilab mashinagacha kuzatib qo‘yishdi. Yosh oila soxta tabassum bilan mashinalariga o‘tirgach yengil nafas chiqarishdi. Biroq ikkalasi ham bir so‘z deyishmadi

( mana yorobun yangi qismi bilan keldim. Bu safar aktiv bo‘lasiz degan umiddaman. Keyingi qismlar uchun sizdan 60+ reaksiya kutaman. Ijodimni qadrlaysiz deb umid qilaman. Yoqimli mutolaa do‘stlar)