Wilful
-TURQI SOVUQ OVSARLAR. O‘ZINGIZNI KIM DEB O‘YLAYAPSIZ. HOZIROQ MENI YECHIB YUBORING - butun uyni boshiga ko‘tarib baqirayotgan Leaning ovozini Jungkook allaqayerdandir topib kelgan yelim tasma ( skoch ) bilan yopib o‘chirishdi.
-namuncha ovozing baland. 2 daqiqada kar bo‘lishimga oz qoldiya - Hyunshik bir qulog‘ini uqalab gapirdi
-Menga qara. Tipirchilashni bas qil. Baribir qochib ketolmaysan. Diqqat bilan meni eshit - Jungkook Lea bog‘langan kursini bir harakat bilan o‘zi tomonga qaratib gap boshladi - bizga bir dasturning himoya tizimini o‘chirib berishing kerak shunda biz ham senga zarar bermaymiz. SOYA ekanligingni bilamiz shuning uchun inkor qilishingdan foyda yo‘qligini eslatib qo‘yay - jimib qolgan Lea bir qoshini xiyol ko‘tarib qo‘ydi - hozr men tasmani og‘zingdan olaman sen esa shovqin qilmaysan. Agar baqirishda davom etsang keyingi safar ovozingni boshqacha yo‘l bilan o‘chiraman va bu yo‘l senga yoqmaydi. Gapimni tushunding-ga
Bunga javoban Lea hech qanday emotsiya bildirmadi
-Yaxshi sukutingni rozilik belgisi deb qabul qilaman - tasma olinishi bilan Lea bosiq ovozda gapirdi
-singlim qayerda ? Uni nima qildingiz
-biz aytgan ishni qilsang singlingni eson-omon qaytaramiz - gapga Hyunshik aralashdi
-siz aytayotgan odam emasman adashyapsiz
-chindanmi ? Yaxshi unda sizlarni bizga keragizgiz yo‘q. Hozr bittagina qo‘ng‘iroq bilan singlingni gumdon qilishadi undan keyin esa ayni damda Amerikadagi kvartirangiz balkonida kir yozayotgan onajoning ham baxtsiz hodisaga uchraydi - Jungkook telefonidan Leaning onasining kirlarni yoyayotgan rasmini ko‘rsatdi - aytaylik u balkondan tushib ketishi yoki allaqayerdan uchib kelgan daydi o‘q peshonasini teshib o‘tishi mumkin ha yana sen ham bu uydan sog‘ chiqmasligingni eslatib qo‘yishim kerak nazarimda - lab chetida biroz jilmaydi Jungkook
-turqi sovuq ablah agar yaqinlarimga nimadir bo‘lsa seni o‘zim o‘ldiraman
- menga qara yalmog‘iz bir tiynga qimmat po‘pisalaringni cho‘ntagingga solib qo‘y. Ular bilan faqat og‘zingni charchatganing qoladi holos
-qo‘limdan nimalar kelishini bu tariqmiya boshingga sig‘dirolmaysan hatto - Leaning bu gapidan keyin Jungkook zarb bilan uning bo‘ynidan tutib bog‘a boshladi- mening qo‘limdan nimalar kelishini esa hozrning o‘zida ko‘rsatib qo‘ya qolaman
Vaziyat taranglashganini sezgan Hyunshik oraga suqula boshladi - bas qil Jungkook. Hozr uni o‘ldirib qo‘yasan - allaqachon qizarishni boshlagan Leaga qarab gapirdi Hyunshik.
Zarb bilan siltalab qo‘yib yuborilgan Lea qattiq yo‘talib tartibsiz nafas ola boshladi. Jungkook esa o‘rnidan turib xonadan chiqib ketdi. Chuqur nafas chiqargan Hyunshik Leaning qarshisiga o‘tirdi - odatda u bunday qilmasdi. Biroq quyushqondan chiqsa uni boshqarib bo‘lmaydi. Shuning uchun joning kerak bo‘lsa qaysarlik qilma
-men ham hazillashmayapman. Yaqinlarimning tola sochiga zarar yetsa quyushqondan chiqish qanday bo‘lishini jonli tarzda ko‘rasiz
-ishni uddalasang ularga hech nima qilamaymiz
10 daqiqadan buyon tinmay klaviaturani chiqqilatayotgan Lea birdan to‘xtab qoldi. Kompyuterga diqqat bilan qarab hafsalasiz peshonasini siladi - o‘zi buni nimaligini bilasizmi ? - qarshisidagi ikki sovuqqon yigitga yuzlandi qiz
-bilganimiz uchun ham sen shu yerdasan
-bu dasturni qanday qilib qo‘lga kiritdingiz bilmadimu biroq o‘ta xavfli o‘yin boshlagansiz Maslahatim vaqt borida bu yo‘ldan qayting
-maslahat berishing uchun emas tizimni buzish uchun bu yerdasan
-qanday qilib bunday xotirjam bo‘la olasiz. Nimaga aralashayotganizni tasavvur qilyapsizlarmi o‘zi. Men bu tizimga qo‘limni ham tekkizmayman
-oqibati haqida senga aytgandik nazarimda
-ustimdan kulyapsizmi - kinoyali jilmaygan Lea o‘rnidan turib asbiy sochlariga qo‘l yugurtirdi - bu Kareyaning Neonsat-1 suniy yo‘ldoshining boshqaruv dasturi bu birinchidan, qaysi axmoq uning himoya tizimini aynan men buza olishimni miyyangizga quydi bilmadimu lekin juda qattiq yanglishyapsiz. Bu ish mening qo‘limdan kelmaydi. Aniqrog‘i hech kimning desa ham bo‘ladi
- bu ikkinchidanmi ? - bir qoshini ko‘tardi Jungkook - sen bu tizimni avval ham buzgansan. Shuning uchun aktrisalikni yig‘ishtirib ishni boshlaganing o‘zingga foyda
-aynan bu tizimni emas shunga o‘xshagan tizimni buzganman va bu uchun 6 ta kompyuter va bir hafta vaqtim ketgan. Ammo tizim yarim soat ichida o‘zini qayta tiklab olgan. Keyin yarim yil NASA agentlaridan qochib yurishimga to‘g‘ri kelgan. Nimaga aralashayotganingizni tushunmayapsiz. Bu bir nechta chumolilarning butun boshli sherlar to‘dasiga qarshi chiqishiday gap. Sherlarning oyog‘i ostiga yanchilib ketishni istamasangiz vaqt borida bu yo‘ldan qaytganingiz o‘zingizga foyda
-bu gaplaringning aynan qayerida qo‘rqishimiz kerak. Sherlar degan joyidami yoki yanchish degan joyida Ayta olasanmi - beparvo gapirdi Jungkook
-ey xudo hozr aqldan ozaman - Lea ikki qo‘li bilan boshini changalladi
-menga qara yalmog‘iz. Bu burning bilan faqat nafas olishingni maslahat beraman. Agar boshqalarning ishiga suqsang bira to‘la boshsiz qolishing hech gap emas. Sen aytilgan ishni qil. Sherlar to‘dasini esa bizga qo‘yib ber - hotirjam ohangda gapirdi Jungkook
Lea divanga o‘tirib biroz muddat ko‘zlarini yumib chakkalarini uqaladi. Go‘yo tinchlanishga harakat qilayotgandek chuqur-chuqur nafas olib o‘zini bosishga urundi. Chunki qarshisidagi bu ikki ovsar yigitga gapirganning foydasi yo‘qligini tushunib bo‘lgandi - yaxshi agar men aytgan muhitini yaratib bera olsangiz urunib ko‘raman. Biroq kafolat berolmayman. Ammo agar men haqimda bilib qolishsa o‘zingiz o‘ldirmoqchi bo‘lgan yaqinlarimni aynan o‘zingiz himoya qilishingiz kerak
-nimadan bunchalik qo‘rqyapsan tushunmayapman
-NIMADAN, NIMADAN DEYDIYA esingizni yeb qo‘yganmisiz - yana jahlini bosolmagan Lea o‘rnidan turib xonaning uyog‘idan buyog‘iga borib kela boshladi - endi o‘zimni bosishga urunayotganimda nega yana asabimni egovlayapsizlar
-senga nimalar kerak? - Hyunshik mavzuni o‘zgartirishga harakat qildi - va qancha muddatda uddalay olasan
- 8 ta kompyuter va kamida 10 kun vaqt kerak. Mayda detallarni esa yozib beraman hozr aytganim bilan sizlar tushunmaysiz
-hoy yalmog‘iz. O‘zingga juda katta baho berib yuboryapsanmi ? Go‘yo o‘zingni dunyodagi eng aqilli inson deb hisoblayapsan chog‘i - bu safar Jungkook ham jahl qilib o‘rnidan turdi
-shunchalik aqilli bo‘lsang bu ishni o‘zing qil. Nega meni tiqishtiryapsan anqov - Lea ham bo‘sh kelmay gapirdi
-hoy bolalar tinchlaning - o‘rnidan turgan Hyunshik bir biriga g‘azab va nafrat bilan qarayotgan Jungkook va Leaning orasiga tushdi - hozr o‘zingizni bosib olishingiz kerak. Jahlga berilsangiz faqat o‘zingiz zarar ko‘rasiz. Shunday ekan ikkalangiz ham joyingizga o‘tiring.
Lea istamasada joyiga o‘tirishga majbur bo‘ldi. Qizning jim o‘tirganini ko‘rgan Jungkook ham o‘zini divanga erkin tashladi.
-10 kun juda ko‘p. Kamida bir haftada uddalashing kerak - ikkala tomonning jim bo‘lganidan foydalangan Hyunshik gap boshladi - buncha uzoq vaqt kuta olmaymiz. Nima qilsang qil biroq bir haftadan oshmasin
Lea ovoz chiqarib kulib yubordi - Nima? Bir hafta. Ha ha ha .... NASA da nechta dasturchi ishlashini bilasizmi ?.... Yuzlab dasturchilar ishlashadi. Ular yillab yaratgan tizimni men bir haftada buza olamanmi sizningcha. Ko‘zingizga robot bo‘lib ko‘rinyapmanmi. Buzish uchun yaratadigan algaritmning o‘ziga kamida 10 kun ketadi. Shuning uchun ham men " kamida " deb aytdim. Tushuntira oldimmi
-nima qilsang qil 10 kun vaqting bor. Senga sharoit yaratib beramiz. Agar muddat tugaguncha uddalay olmasang shaxsan o‘zim peshonangga qo‘rg‘oshin joylayman. Tushuntira oldimmi - Hyunshik so‘ngi gapini Leaga taqlid qilib gapirdi
( avvalgi qismi kamroq bo‘lgani uchun bu qismini ko‘proq yozishga harakat qildim. Iltimosim mehnatimni qadrlab fikr va reaksiya ayamang. Har qanday fanficer uchun o‘quvchilarning fikri muhim. O‘quvchilarning fikri yozuvchilar uchun kuchli mativatsiya beradi. Keyingi qismlarda ko‘rishamiz. Yoqimli mutolaa do‘stlar)