April 17, 2025

Wilful

ep 1

Tun. Barcha chirkin va jirkanch ishlar amalga oshiriladigan vaqt. Kimlardir uyiga yana kimlardir do‘stlarini yoniga, bazilar esa o‘zlarining boshqarib bo‘lmas hirslarini qondirish uchun o‘lja izlashga shoshilyapti. Omono‘par binoning eng yuqori qavati, shisha devorli nim yorug‘ xona, xona burchagida keng va hashamatli ish stoli uning ortida esa baland bo‘yli keng yelkali qimmatbaho kastyum shim kiygan yigit oynadan sershovqin tungi shaharni qo‘lida sigaret tutatgan holda tomosha qilmoqda. Xona allaqachon tutunning achchiq hidiga to‘lgan. Biroq bunga sira ahamyat bermagan yigit so‘ngi bora sigaretini chuqur tortib qoldiqni kuldonga tashlab o‘chirdi va qadahga viski quyib ho‘pladi songra aylanma kursisiga o‘zini erkin tashlab qo‘lidagi viskiga tikilishni boshladi - bir oy bo‘ldi - hamon qadahdan nigohini uzmasdan so‘zladi yigit - bir oydan buyon lanati tizimni buzib kiradigan odam topilmadi. Bir oy ichida 26 ta hakkerni yolladim lekin ularni hech biri bu ishni uddasidan chiqa olishmadi. Bilasanmi bu meni allaqachon asabiylashtira boshladi - nihoyat yigit qadahdan ko‘z uzib xona burchagiga qaradi

Park Hyunshik

-mendan nima istaysan - xonaning qorong‘u burchagidan dag‘al ovoz yangradi - sen menga dasturni keltirishim bilan oramiz ochiq degansan Men so‘zimda turdim. Buyog‘i endi seni muammoying - hamon ko‘rinish bermagan yigit ham havoga sigaret tutunini pufladi

-yollangan 26 ta hakkerning 23 tasi bu dasturni faqat SOYA laqabli hakker buzib kira olishini aytishdi. Biroq bu odamni topishning imkoni yo‘q emush. Bazilar uni hatto ko‘rinmas odam deb atashar ekan. Tae uni ikki haftadan beri izlayapti. Ammo haligacha natija yo‘q

-Taega yana biroz vaqt ber. Bilasan u xatosiz ishlaydi

-menda ortiqcha vaqt qolmadi. Tezroq o‘sha dasturni ishga tushurishim kerak. Agar maxsus xizmatdagilar dastur mendaligini bilib qolishsa barcha rejalarim chippakka chiqadi. Hozr ortiqcha muammo menga kerak emas

-seningcha bu menga qiziqmi - nihoyat biroz yorug‘likka chiqqan yigitning yuzi ko‘rinish berdi

Jeon Jungkook

-sen bilan shartnomamiz tugagan. Endi muammolaring bilan ishim yo‘q. Sening ishlaringga aralashishga vaqtim ham niyyatim ham yo‘q. Ortiq meni bezovta qilma - o‘rnidan turishga shaylandi yigit

-10 mln dollar

Bu gapni eshitgan yigit birdan to‘xtadi

-agar SOYAni topib kelsang shuncha olasan. Naqd. Hech qanday hisob raqami bo‘lmaydi - hamon kursida hotirjam o‘tirgan yigit ketishga shaylangan yigitga gapirdi - Jungkook meni bilasan har doim gapimda turganman. Hozr tang ahvolda ekanligingni ham bilaman. Bunday qaltis paytda sen va Taedan boshqa hech kimga ishonolmayman. Har xolda eski do‘stlarmiz. O‘jarlikni bas qil. Los -Anjelosga bor Tae ham o‘sha yerda uni ogohlantiraman. Agar ikkalangiz o‘sha odamni topsangiz 20 mln olasiz. Faqat tezroq menda ko‘p vaqt qolmadi

-eski do‘stlar degin - lab uchida kinoyali jilmaydi Jungkook - doim gapingda turasan bu haqiqat - Hyunshikning stoliga yaqinlashish barobarida gapirdi yigit - biroq bu do‘stlikka nuqta qo‘ygan ham o‘zing emasmi ? Seni deb Tae o‘lib ketishi mumkin edi. Men 3 yil qochqin bo‘lib yurdim. Endi ham o‘sha sen aytayotgan do‘stlikni hurmati bormi seningcha - ikkala qo‘li bilan stolga tayanib biroz egildi - Taeni bilmadim biroq men sening itlaringdan biri emasman Park. Men bilan gaplashyotganda eski do‘stlikni aralashtirma. Bilib qo‘y bu ish oxirgisi keyin hech qanday kelishuv va shartnomalar bo‘lmaydi

Hyunshikning bilinar bilinmas bosh qimirlatib qo‘yishini ko‘rgan Jungkook xonadan chiqib ketti

1 kundan so‘ng. Amerika. Los - Anjeles. Tungi Club

Quloqni qomatga keltiradigan darajadagi baland musiqa aqldan ozgandek raqs tushayotgan shirakayf yoshlar bilan to‘lgan Clubning vip xonasida ikki yigit quchog‘iga deyarli kiyimsiz qizlarni olgancha viski ichib dam olishardi.

-nega unga yordam beryapsan - Jungkook quchog‘idagi qizni itarib jiddiy qiyofada ro‘parasidagi yigitga savol bilan yuzlandi

-men ham sen kabi qarzimni uzyapman

-qarzingni ortig‘i bilan uzib bo‘lgansan Tae. U bunga loyiq emas. Bu ishni oxirida sen va meni sotmasligiga kafolat yo‘q

Kim Taehyoun

-unda nega o‘zing bu ishga rozi bo‘lding. Axir o‘tgan gal sen u bilan shartnomani yakunlagansan..... Tan ol Jungkook o‘tgan davrlar hurmati uchun ham uni qiyin vaziyatda qoldirolmaysan. Bu darajaga yetishgunimizcha bizga ancha mehnati singgan. Ko‘chada qolganimizda u bizni qanotlari ostiga olgan. Birgina qilgan xatosi uchun undan kechib ketolmaymiz buni bilasan

-bu so‘nggisi. Shu ishdan keyin u bilan ortiq ishlamayman. O‘sha SOYAni topishimiz bilan men o‘yindan chiqaman.

-ikki haftadan buyon uni qidiraman. Ishon hech bir o‘ljamni buncha uzoq vaqt izlamagandim. Aytishganidek haqiqatdan ham ko‘rinmas odam shekilli. So‘rab ko‘rmagan bironta ham kalamushlar qolmadi. Ammo hech kim uni ko‘rmagan. Na surati na jinsi na ismini hech kim bilmaydi. Hatto kuzatuv kameralariga ham tushmagan

-janob biz bir odamni topdik. Aytishicha u bilan uchrashgan ekan - eshikdan shoshib kirgan yordamchising og‘zidan bu gapni eshitgan yigitlar biroz sergaklanishdi -uni yonimizga olib kel

*

-mening sobiq xo‘jayinim senator bo‘lgan qaynotasining kompyuterini buzish uchun maxsus virus yaratib bera oladigan odam izlashimni buyurdi. Men bir nechta mayda hakkerlar bilan uchrashdim va ular menga SOYA ni tavsiya qilishdi hatto u bilan bog‘lanish yo‘lini ham aytishdi. Bog‘lanish biroz qiyin bo‘ldi biroq men uddaladim va buyurtmani aytdim. Bir haftadan so‘ng telefonimga nomalum raqamdan qandaydir manzil va uchrashuv vaqti yozilgan SMS keldi. Manzilga yetib borganimda u yer tungi club ekanligini bildim. Clubga kirganimdan so‘ng uni izlay boshladim. Bar oldiga borib ichimlik buyurtma qilganimdan so‘ng yon tomondan menga qandaydir kanvert uzatishdi. Kimligini ko‘rish uchun unga qaraganimda butunlay qop qora rangda kiyingan biroz bo‘yi pastroq boshida kapishon va kepka kiygan yuzida niqobi bor yigitmi yoki qiz aniq bilmadim chunki kiyimlari keng edi hullas shu odamni ko‘rdim. U hech nima demadi faqat haqini berishimni imo qildi va men kelishilgan pulni unga berdim keyin u ketti. Bori shu - yoshi 40 dan oshgan erkak ro‘parasida o‘tirgan ikki yigitga borini aytib berdi.

Tayinli malumot yo‘qligini sezgan Jungkook divan suyanchig‘iga o‘zini tashladi - bundan bir ish chiqmaydi Tae

-sen jim tur - aytingchi uning biron bir alohida belgilari ko‘zingizga tashlanmadimi

-yo‘q uning hatto qo‘lida ham qo‘lqopi bor edi. Men hech qanday belgi ko‘rmadim ochig‘i - erkak biroz yelka qisdi

-tushunarli. Qaysi clubda uchrashgandingiz aniq sanasini ham eslay olasizmi

-ha taxminan bir oy avval edi. Ha yana telefonimga kelgan manzil va vaqt yozilgan SMS ham o‘chib ketibdi

-sizga u bilan bog‘lanishni o‘rgatgan mayda hakkerlarni topishning iloji bormi - oraga suqulgan Jungkook erkakka savol berdi

-yo‘q men ularni keyin yana qidirdim. Biroq topolmadim

-unda bizga club nomini va aniq uchrashgan vaqtingizni ayta olasizmi -Tae sokin ovozda so‘radi

-ha albatta. Faqat evaziga meni muammoyimni hal qilib bera olasizmi. Sobiq xo‘jayinim qaynotasining kompyuterini buzib buni meni bo‘ynimga qo‘ydi. Endi meni izlashyapti. Hatto oilamning oldiga ham borolmayapman

-muammo emas.

*

Shahar chekkasida joylashgan kichik clubga kelgan yigitlar club xo‘jayini bilan gaplashib bir oy avvalgi videoyozuvlarni tekshira boshlashdi. Yozuvlarda nihoyat o‘ziga kerakli odamni ko‘rgan yigitlar haqiqatdan butunlay yopiq kiyingan odamni ko‘rishdi. Erkakdan pulni olgan va clubdan chiqib ketgan. So‘ng kirish eshigi yozuvlarini tekshirishganda g‘alati hodisaning guvohi bo‘lishdi. Qandaydir mast ayol o‘sha odamning ustiga to‘satdan qayt qilib yuborgan. U esa ayolni o‘zidan itarib ustki kiyimini yechib tashlagan. Buni ko‘rgan yigitlar bir-biriga hayron qiyofada qarab qo‘yishdi

-demak ayol kishi ekan - Jungkook lab uchida jilmayib qoydi - shoshma shoshma tasvirni biroz kattalashtira olasanmi - nimadir payqadi Jungkook

-nimadir ko‘rdingmi - so‘radi Tae

-ha qara uning bo‘ynida..... men bu tattoni bilaman - keng jilmaydi do‘stiga qarab

-demak endi sening do‘stlaringni ziyorat qilarkanmizda - do‘stining yelkasiga qo‘lini qo‘ydi Tae

*

-men bu tattooni so‘nggi bir yil ichida 31 kishiga chizganman - izlayotgan odamining bo‘ynida tatuirovka borligini bilgan yigitlar Jungkookning rassom do‘stining oldiga borishdi va taxmin qilinganidek bu tatuirovka uning ishi ekanligini bilishdi

-ulardan nechtasi ayol kishi edi

-9 tasi

-nechtasi bo‘yniga chizdirgan

-bittasi

Nihoyat maqsadlariga yetishgan yigitlar bir biriga mag‘rur jilmayib qo‘yishdi

-demak endi uning kimligini bilamiz

1 - qism tugadi

( Mana birinchi qismni olib keldim. Sizdan ijobiy fikrlar va reaksiya kutib qolaman. Yoqimli mutolaa do‘stlar )