January 22, 2025

Hearts in agony

Ep 3

G‘azabdor qiyofada offis xonasiga kirgan Jungkook xonaning uyog‘idan buyog‘iga borib kelib oxiri chidolmay ish stoli ustidagi bir nechta terilgan fayllarni uloqtirib yubordi. Shunda ham hech g‘azabini bosolmay chuqur chuqur nafas olib o‘zini bosishga urundi - shunaqayam qiz bo‘ladimi. Qaysi qiz bo‘lajak eri bilan uchrashuvda sevgani borligini aytadi. Shartnoma tuzamiz deganichi. Yana kiyib kelgan kiyiminichi. Sport kiyimida ham uchrashuvga keladimi. Ey xuyim o‘zing sabr ber -o‘ziga o‘zi gapirib turgan yigitning hayollarini eshikning ogohlantirishsiz ochilishi buzub yubordi

-ahvolingga qaraganda uchrashuv senga yoqmagan ko‘rinadi - beso‘roq kirish barobarida to‘g‘ri borib divanga joylashgan yigit oyoqlarini stol ustiga qo‘yib chalishtirib oldi - yoki to‘g‘risini ayt xunuk ekanmi yo semiz ekanmi balki bo‘yi pakanadir gapirsangchi nega mum tishlagandek o‘tiribsan

-asabimni buzma Jimin bo‘masa alamimni sendan olaman - do‘stiga jahl qilib ish stoliga joylashdi Jungkook

-nega qovog‘ingdan qor yog‘yapti. Qiz yoqmadimi. Yoki feli yomon ekanmi. Nega buncha tez kelding. O‘zi uchrashuvga keldimi javob bersangchi - savol berishdan to‘xtmatotgan Jimin o‘zi tomon uchib kelayotgan ruchkaga chap berib qoldi

-birinchidan o‘zi nega ruxsatimsiz xonamga kirding ikkinchidan stoldan oyog‘ingni ol bu odating yoqmasligini avval ham aytganman uchinchidan savollaring tugagan bo‘lsa xonamdan qorangni o‘chir. Hozir gaplashadigan ahvolda emasman. To‘rtinchidan nega ish vaqtida ish stolingda o‘tirmay meni xonamda yalpayib o‘tiribsan

-qizg‘onmaganing o‘zi bir shu divan qolgandi. Shuni ham ko‘p ko‘rdinga. Do‘stim deb hol ahvolingni bilgani kelgandim. Sen bo‘sa meni haydayapsanmi. Qanaqa do‘stsan o‘zi

-bu binodan tashqarida do‘stimsan. Bino ichida esa mening xodimlaridan birisan. Shunday ekan mendan ortiqcha mulozamad kutma. Agar Park amakimga ishda ham qizlar bilan o‘ralashib yurganingni aytsam busafar sog‘ qolmaysan. Shunday ekan divanimni tinch qo‘yib xonamdan daf bo‘l. Men biroz yolg‘iz qolmoqchiman.

-divaning ham xonang ham boshingda qosin. Hali yordam so‘rab yonimga kelasanku. Oshanda gaplashamiz sen bilan -ketishga shaylandi jimin

-yo‘qol dedim

Jimin xodan chiqib ketgach Jungkook o‘rindiqqa suyanib chuqur nafas chiqardi

Do lar xonodoni

-xo‘sh yigitga yoqdingmi. Ortiqcha gapirib yubormadingmi. Bo‘mag‘ur qiliqlaringni qilgan bo‘lsang adabingni beraman aytib qo‘yay - qizi uyga kirgandan buyon tinmay savol berayotgan Do honim ortidan qolmay Anyaning xonasigacha birga kirdi

Ortidan bidirlab kelayotgan onasining savollarini javobsiz qoldirgan qiz to‘g‘ri borib o‘zini yotoqqa tashladi - qoyilman oyi senga yigit yoqdimi deyish o‘rniga yigitga yoqdingmi deganiz nimasi. Shunchalik mendan bezdizmi.

- buni so‘rab nima qilaman. sening topib olgan fermeringdan ancha yaxshi ekanligiga amin bo‘lgandirsan endi

-haaaa zo‘rakan. Chiroyli ekan endi ko‘ngliz joyiga tushdimi oyi - boshini yotoqdan ko‘tarmay jahl aralash gapirdi Anya - endi meni tinch qo‘ying. Uxlab olmoqchiman

-o‘zi tushgacha uxlagan bo‘lsang yana yotmoqchimisan

-yana nima qilay oyi. Hech tinch qo‘ymadiz

-turib darsingni tayyorla ertadan o‘qishga chiqasan. Dadang oliygohingni gaplashib qo‘ygan allaqachon

Bir haftadan so‘ng

-shu kelin ko‘ylakni ham o‘zlari tanlashmabdida

Mashina ichida Anyaning norozi ohanggi yangradi. Haydovchi o‘rindig‘ida mashina boshqarib ketayotgan Jungkook yonidagi o‘rindiqda bidirlab ora orada qo‘lidagi sendvichdan tishlab yeb ketayotgan qizning gapiga etibor bermaslikka urunardi.

Bir haftadan buyon uchrashmagan juftlikni kelin ko‘ylak tanlash baxonasida yana uchrashishga majbur qilishdi. Tabiiyki bu ikki yoshga ham yoqmadi. Kelin ko‘ylaklar saloniga yetib kelishgach Anya tugagan sendvichning qog‘ozini mashina oldiga tashlab yigitni ham kutmasdan tushib salon ichiga kirib ketti. Bir do‘konga kirib ketayotgan qizga bir ushoq bo‘lib ketgan o‘rindiqqa qaragan yigit chuqur xo‘rsinib boshini bir ikki silkib mashinadan tushdi - mashinamni rasvo qildi - do‘konga kirish barobarida o‘zi eshitadigan darajada gapirdi. Ichkariga kirib uyoq buyoqqa qarab qizni qidirayotgan yigitning yoniga do‘kon xodimlaridan biri kelib yengil tazim qildi - marxamat janob men bilan yuring - xodimning ortidan borgan yigit ko‘rsatilgan joyga borib o‘tirdi - shu yerda biroz kuting hozir sevgilingizning kiyinishiga yordam berishyapti birozdan so‘ng chiqishadi - xodima yana tazim qilib yigitning yonidan ketti

-allaqachon kiyinishni boshladimi. Biroz avval kelishni istamayotgandi -yana o‘zi etishitadigan qilib gapirdi Jungkook

-janob baho berasizmi - jurnallarni ko‘zdan kechirayotgan yigit ovoz kelgan tarafga qarab qotib qoldi. Qarshisida xuddi quyosh singari porlayotgan qizdan ko‘zlarini uzolmay qoldi. Oppoq hamma yeri yopiq bo‘lgan libos qizni xuddi farishtaga aylantirgandek edi.

Yigitdan sado chiqavermagach Anyaning o‘zi gap boshladi - nima tilizni yutib yubordizmi. Biron nima desanggizchi. Yarashmadimi yo bo‘laveradimi

Qizning qo‘pol ohanggidan o‘ziga kelgan Jungkook biroz esankirab qoldi va tezda o‘zini yig‘ib o‘rnidan turdi - ozingga yoqdimi - so‘radi ozini xotirjam tutishga urunib

-menga farqi yo‘q. To‘yni o‘tkazsa bo‘ldida. Ortiqcha ovoragarchilikning nima keragi bor. O‘zim sevgan yigitga turmushga chiqayotganim yo‘qku bir haftalab bir to‘da ko‘ylak kiyib ko‘rsam - qizning yoqimsiz gapidan keyin ko‘zlarini kosasida aylantirgan Jungkook jahlini bosishga urundi

-menga ham farqi yo‘q. Tanlab bo‘lgan bo‘lsang tashqariga chiqaver. Men mashinada bo‘laman

Yigitning ketayotganini kuzatib turgan qiz mamnun jilmayib qo‘ydi - senga buyam kam ovsar