January 20, 2025

Hearts in agony

Ep 2

-hoy qiz tur o‘rningdan yana qancha yotmoqchisan. 2 soatdan keyin uchrashuvga borishing kerak. Bunaqada kech qolasan -Do honim hamon bemalol uxlayotgan qizining honasiga taqqillatmasdan kirib pardalarni ochdi. Yuziga quyosh nuri tushgani uchun biroz g‘ingshingan Anya ko‘rpani boshiga o‘rab uxlashda davom etdi toki ko‘rpa ustidan yulib olinmaguncha - tur dedim senga kech qolasan deyapman. Yana qancha takrorlashim kerak.Jeonlar juda tartibli oila. Vaqtida bormasang yomon tassurot qoldirasan. Turib yuvunib chiq. O‘zingga qara chiroyliroq kiyim kiy.

-oyi tinch qo‘ysangizchi. Yana biroz uxlamoqchiman - hamon ko‘zlarini ochmasdan mingg‘irladi Anya

-bunaqada qachon yuvinib qachon kiyinasan. O‘zingga qara huddi alvastiga o‘zshab qolibsan. Tur o‘rningdan

-o‘sha lanati bilan uchrashishim shartmi. Baribir hammasini hal qilib qo‘yibsizlarku

-bu nima deganing. Uchrashmasdan qanday turmush qurasan. To‘ygacha bir biringizga o‘rganib oling. Uni ko‘nglini olishga harakat qil. Agar bilsang uning ortidan yuzlab qizlar yurishadi. Sen esa uni lanati deb chaqiryapsan. Bunday hurmatsizlik qilayotganingni otangga aytsam seni sog‘ qo‘ymaydi.

-uffff mana mana turdim. Endi ko‘ngliz joyiga tushdimi oyi

Erinibgina yostiqdan boshini ko‘targan qiz ko‘zlarini ishqab o‘rnidan turdi - jonga tegdi uxlashga ham qo‘yishmaydi. Tinchlik bormi o‘zi men nima yomonlik qildim axir-yuvinish xonasiga kirguncha ming‘irlab ketgan qizini ortidan hafsala bilan qarab qolgan Do honim asabiy ko‘zlarini yumdi -bu qizni feliga chidasinda ishqilib -sekin shivirladi

Otasi tomonidan band qilingan stolda yarim soatdan buyon uchrashishi kerak bo‘lgan qizni kutayotgan Jungkookning allaqachon jahli chiqishni boshladi - masulyatsizlarni yoqtirmayman - sekin o‘zi eshitadigan darajada vishshilladi. Qo‘liga telefonini olib endi otasiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan yigitning hyollarini ortidan kelgan yumshoq tomoq qirishi buzdi.

-ko‘p kuttirib qoymadim deb o‘ylayman- yigitning qarshiga joylashish barobarida gapirdi Anya

Qizning yuziga tikilib qolgan Jungkook qarshida o‘tirgan bu go‘zallikdan ko‘z uzolmay qoldi

Pov Jungkook.

Bu qanday go‘zallik bo‘ldi. Bu ko‘zlar bu nigohlar g‘uncha kabi pushti lablar. Nahotki shu qiz mening bo‘lajak rafiqam bo‘lsa. Ishonolmayapman. Ilgari unga o‘xshagan qizni uchratmagandim. Hozir yuragim ko‘ksimdan chiqib ketadi. Nima men sevib qoldimmi yana bir ko‘rishdiya eh hudoyim buncha yoqimtoy bo‘lmasa

-hoy meni eshityapsizmi

Hayollar qurshovida qolgan yigitni qizning gaplari o‘ziga kelishga majbur qildi.

-ha uzr so‘rayman. Bir muddat chalg‘ib qoldim.

-hech qisi yo‘q. Siz Jeon.... haligi...... nima ediya...... ismingizni unutib qo‘ydim

-Jungkook

-ha ha Jeon Jungkooksiz shundaymi

-ha

-tanishganimdan xursandman. Men Do Anyaman - gapirish barobarida yigitga qo‘l uzatdi qiz

-men ham xursandman Anya honim - qizning qo‘lini sekingina siqib qo‘ydi yigit ham

-hosh biron nima buyurtma qildingizmi - yonidagi menyuni qo‘liga olish barobarida gapirdi Anya

-yo‘q kelishingizni kutayotgandim

-Yaxshi unda biron nima buyurtma qilaylik men nonushta ham qilmaganman

-albatta istagan taomingizni tanlang - yigit ham menyuni qo‘liga oldi

Buyurtmadan so‘ng ovqatlarning kelishini kutayotgan juftlikning orasida bir muddat sukunat hukm surdi

-sizni ham majbur qilishdimi bu yerga kelishga - nihoyat sukutni buzdi Anya

Qizning savolidan biroz gangip qolgan Jungkook jiddiylikni yo‘qotmagan holda shunchaki tasdiq manosida bosh qimirlatib qo‘ydi

-demak siz ham to‘yga qarshisiz shundaymi - savol berdi yigit ham

-keling ochiqchasiga gaplashamiz maylimi- biroz yigit tomon egilib so‘radi Anya

-mayli - bilinar bilinmas jilmaydi yigit qizning dadilligini ko‘rib.

-mening sevganim bor. Va tabiiyki bu to‘yga qarshiman ammo ota onam meni tushunishmayapti. Shuning uchun balki siz bu to‘yni to‘xtatarsiz. Ko‘rinib turubdiki sizga ham bu to‘y maqul emas.

Qizning gapidan biroz jahli chiqqan Jungkook qo‘lini musht qilib stol tagiga oldi - men allaqachon bu masalada otam bilan tortishib ko‘rdim va foydasi bo‘lmagani uchun ham qarshingizda o‘tiribman. Otalarimiz allaqachon kelishib bo‘lishgan. O‘zimning ham uylanish niyatim yo‘q aslida.

Yigitning gapidan so‘ng biroz mayus bo‘lib qolgan Anya pastki labini biroz ishirdi - demak to‘yni to‘xtatolmaymizmi. Men sevgan yigitim bilan baxtli bo‘lishni xohlayman. Ammo ota onam uni boy oiladan bo‘lmagani uchun mensimay yerga urushyapti. Keling to‘y kuni siz kelinni men esa kuyovni almashtiramiz. Sevganingiz bormi ? Uni to‘yga kelin ko‘ylakda olib keling men jam yigitim bilan boraman ota onalarimiz hech narsa qilisholmaydi nima dedingiz

-afsuski buning iloji yo‘q - xotirjam ohangda gapirdi yigit

-nega iloji yo‘q. Bir ko‘rishda sevib qoldim demang faqat

-gap bunda emas.

-unda muammo nimada

-siz aytayotgan sevgan qiz menda yo‘q,bo‘lmagan ham

-nima sevgan qizingiz yo‘qmi. Axir qanaqasiga sizday kelishgan yigitda sevganingiz bo‘lmaydi - og‘zidan chiqib ketgan gapidan so‘ng og‘zini qo‘li bilan yopgan Anya ko‘zlarini yigitdan olib qochdi

Qizning gapidan keyin miyig‘ida jilmaygan Jungkook boshini parstga egib qo‘li bilan chap qoshining chetini biroz qoshib qo‘ydi - ha to‘g‘ri eshitdingiz. Menday kelishgan yigitning sevgan qizi yo‘q bo‘lmagan ham

-nahotki shu yoshga kirib bironta qiz bilan munosabat o‘rnatmaganmisiz - hamon hayratini yashirmay gapirdi Anya

-mening bunday munosabatlarga vaqtim bo‘lmagan va shuning uchun ham bugun meni bu yerga kelishga majbur qilishdi

-Keling unda shartnoma tuzamiz

Qizning bolalarcha gapidan kulgisi qistagan Jungkook o‘zini tiyib " sizni eshitaman " deb qoya qoldi

-mayli shu to‘yni qilamiz. Bir muddat birga yashab keyin kelisholmagan juftlik sifatida ajrashamiz nima deysiz

-sizga maqul bo‘lsa mening qarshiligim yo‘q

-faqat shartlarni kelishib olaylik. To‘ydan keyin er xotin o‘rtasida bo‘ladigan ishlar bo‘lmaydi alohida xonalarda yotamiz. Men sizning hayotingizga siz esa mening hayotimga aralashmaymiz. Bir muddat oilalarimiz oldida baxtli yosh oila ro‘lini o‘ynaymiz keyin biron nima o‘ylab topib ajrashishga baxona qilamiz rozimisiz

Biroz o‘ylanib qolgan Jungkook jiddiylikni yo‘qotmagan holda biroz bosh silkib qo‘ydi - lekin bir narsani unutmang. To‘ydan keyin sevgilingiz bilan uchrashayotganda ehtiyotkor bo‘lasiz. Internet yangiliklarida "xotini xiyonat qilayotgan lapashang erkak " ko‘rinishida bo‘lishni istamayman.

-havotr olmang yigitim Germanyada. Ajrashganimizdan keyin men ham Germaniyaga ketaman

-unda kelishdik - qisqa qilib rozilik berdi Jungkook

-to‘g‘risi ancha yengil tortdim. Katta rahmat sizga. Meni tushunganingiz uchun sizdan minnatdorman. Keling bugun sizni men mehmon qilaman. Istagan taomongizni buyurtma qiling. Bari meni hisobimdan

-shart emas mening muhim majlisim bor edi. Kech qolishni yoqtirmayman. Siz bemalol ovqatlanavering. Men ketishim kerak- o‘rnidan turib ketishga shaylandi Jungkook

-shundaymi unda keyingi safar albatta mehmon qilaman. Yaxshi boring. Kuningiz yaxshi o‘tsin

-mayli yaxshi qoling mis Anya - Jungkook restorandan ketish barobarida hisobni ham to‘lab ketdi.

Hech bo‘lmasa kelishuv tuza olgan Anya esa miriqib ovqatlanishga tushdi