EBULET ( Hayot umidi )
Sovuq. Juda ham sovuq. Avzoyi badanim sovuqdan muzlab qoldi. Qaltirayapman. Kim ham qishning qoq o‘rtasida yupun kiyimda bu ahvolda turadi. Biroq qo‘llarim bilan o‘zimni isitolmayman. Chap ko‘zimni ochishga qiynalyapman. Menimcha sal avvalgi yegan zarbam tufayli bo‘lsa kerak. Og‘zimda qon tami bor. Yuzimga urulgan kuchli tasaki tufayli labim ham qonayapti menimcha. Oyoqlarimni va qo‘llarimni his qilmayapman. Ular allaqanday tasma bilan o‘rindiqqa shunchalar mahkam bog‘langanki hatto tomirlarimda qon yurimagani uchun ular hatto ko‘karishni boshlagan.
Qarshimda esa yettita erkak menga g‘azab va nafrat bilan tikilishyapti. Boshim egik bo‘lsada ularning menga qanday qarayotganlarini bilib turibman.
Ha bu mening nihoyam ekanligini anglayapman. Boshimni sekin ko‘tardim. 45 chi kalibrli to‘pponcha ajoyib qurol. Yana biroz teparoqqa ko‘tardim. To‘pponcha egasi. O‘ta sovuq va qandaydir achinish bilan jiddiy termulayotgan chehra. Ana endi ko‘zimdan o‘zim bilmagan holda yosh chiqdi. Bunday achinarli o‘laman deb hech o‘ylamagandim.
-nega buncha qaysarsan Sanni - nihoyat undan sado chiqdi. Bu ovoz...... men doim bu ovozning samimiy ohanggiga yengilganman. Ammo hozir buni mavridi emas. Hissiyotga berilishim mumkin emas.
-senga ziyon yetkazishni istamayman. Qaysarlikni bas qil. Bunday o‘lib ketolmaysan axir. Bor yo‘g‘i bir nechta raqamlarni deb hayotingdan kechmoqchimisan. O‘ylab ko‘r o‘zing tanimaydigan odamlar uchun joningni qurbon qilmoqchimisan. Ular sening bunday jasorating haqida bilishmaydi hatto. Bugun qarshilik qilib o‘lib ketganing bilan ertaga baribir bu ish bo‘ladi. Baribir o‘sha lanati raqamlarni bilib olishadi. NEGA SHUNI TUSHUNMAYSAN AXIR JIN URSIN HAMMASINI. O‘Z SINGLIMNING QOTILI BO‘LISHNI ISTAMAYMAN.MENI BUNGA MAJBURLAMA.
Nihoyat....singlisi ekanligim esidan chiqqan deb o‘ylayotgandim. To‘pponchani tushurib asabiy yer tepindi. Menimcha jim turganimga battar asabiylashyapti. Ha juda achinarli eshitiladi. " Akasining qo'lidan o‘lim topgan singil " bundan battari bo‘lmasa kerak. Ko‘z yoshlarimni tiyib gapirishga qaror qildim - nega endi minglab odamlarni qutqarib qolish imkoni turganda o‘z hayotimni tanlashim kerak.Qachon bunchalar razil bo‘lishga ulgurdingiz aka. Qanday qilib bunday ablahlar tomoniga o‘tdingiz. Axir vatan uchun xizmat qilishga ont ichgansiz. Uning har bir qarichini himoya qilishingiz kerak emasmi. O‘sha raqamlarni aytganim bilan bu hayotda yashab qolganim bilan " hoinning singlisi " degan tamg‘a bir umr peshonamda turadi. Bunday yashagandan ko‘ra o‘lganim afzal - gaplarimdan so‘ng yerga qarab turgan yuzini men tomonga o‘girdi.
Uning bunday nigohidan doim qo‘rqqanman. Tan olishni istamasamda to‘g‘ri eshitdingiz akam vatan hoini. Bir paytlar vatanini himoya qilishga ont ichgan askar. Endi esa minglab insonlarni o‘limini istayotgan hoin. Qanchalar achinarli eshitiladi. Birdan tepamizda olomonning kuchli baqirig‘i eshitildi. Menimcha Koreya terma jamoasi gol urdi. Lablarim beixtiyor jilmaydi. Bu golni ancha kutgandim axir. Endi o‘lsam ham armonim yo‘q. Jilmayganimni sezgan boshqa erkak kelib yuzimga shunchalar kuchli tarsaki tushirdiki chap qulog‘imda baland chiyyillashni eshitdim. Menimcha quloq pardam teshildi. Endi o‘lsam ham kodni aytmayman. Chunki kar bo‘lib yashagandan ko‘ra o‘lganim afzal. O‘sha erkak sochlarimga chang solib yuzimni o‘ziga qaratdi. Manimcha endi kal ham bo‘laman.
-akangni hurmati uchungina tirksan. Biroq bu degani yashab qolasan degani emas. Bu rejani bir yil tuzdim. Bir yil umrimni manashu lanati stadionni portlatish uchun sarfladim. Agar sen burningni suqmaganingda allaqachon rejam amalga oshardi. Aqillilik qilib bombaga kod kiritmaganingda hozr bu ahvolda bo‘lmasding. Doim senga aytardim manashu qiziquvchanliging boshingga yetadi deb. Nega hech qachon gapga kirmaysan. Nega o‘z bilganingdan qolmaysan. Nega meni kompyuterimni titasan. Shu ishlar tugaganidan so‘ng qo‘lingni so‘ramoqchi edim. Sen bilan oila qurib baxtli yashamoqchi edim. ENDICHI AHVOLINGGA QARA. O‘Z SEVGILIMNING QOTILIGA AYLANISHIMGA MAJBUR QILYAPSAN MENI.
Menga hozrgina qo‘l ko‘targan bu lanati ablah esa mening sevgan yigitim. Akamning esa eng yaqin do‘sti.Umrimning ikki yilini shu ovsarga sarflaganimga hech ishonolmayapman. Qaysi axmoq sevgan qizi kompyuter dasturchisi ekanligini bilsa ham kompyuteriga tug‘ulgan yilini parolini qo‘yadi.Telefonimdagi birga tushgan rasmlarimizni uning kompyuteriga joylayman deb ularning rejasini bilib qoldim. Shu kungacha akam va sevgilimni sodiq askar deb bilardim. Biroq adashgan ekanman. Endi ular uchun ham bu sodiqlikni men bo‘ynimga olyapman.
-bilganingni qil Jungkook.Baribir fikrimni o‘zgartira olmaysan. Istagingcha ur haqoratla. Tahdid qil. Endi bari ahamiyatsiz. Birozdan so‘ng o‘yin tugaydi va olomon tarqalishni boshlaydi. Ularning bari o‘z uylariga oilasining bag‘riga borib xotirjam yashashlarini bilishning o‘zi menga yetadi. Mening fidokorligimni bilmasliklari haqidagi safsatanggiz esa fikrimni o‘zgartira olmaydi. Sen va akam uchun ham sodiqlik tushunchasini o‘z zimmamga olaman. Buning uchun o‘lib ketsam ham mayli
Yana bir zarba. Akam va Jungkook chetga chiqishdi. Ularni o‘z tomoniga og‘dirib olgan razil esa qarshimda turibdi. Sanatning haqiqiy namunasi. Jin ursin. Nega hamma ablahlar bunchalik kelishgan bo‘lishadiya.
Og‘zimdagi qonni chetga tupurib tashladim. U esa hech ikkilanmay yana bir musht urdi. Lanati. Bir nechta tishlarimning singanini aniq eshitdim. Tirik qolgan taqdirimda ham endi avvalgiday go‘zal yuzga ega bo‘lmasligim aniq. Bunday yashashning nima keragi bor. Tentaklar. Qachon shu qurolni peshonamga tirab otib tashlashar ekana. Agar bunday qilishmasa sovuqdan o‘lishim aniq. Jin ursin nimalar deyapman o‘zi
-isming Sanni shundaymi. Jasurligingga qoyil qoldim. Shu jumladan tentekligingga ham. Akang bu haqda aytganda ishonmagandim ochig‘i. Sen hozir qaysarlik qilib bir to‘da keraksiz odamlarni qutqarayotgandirsan. Lekin men keyingi o‘yinda yana bir bomba topib kelib baribir bu stadionning kulini ko‘kka sovura olaman. Agar akang va sevgilingga ishonayotgan bo‘lsang axmoq ekansan. Hozirni o‘zidayoq ularning ikkalasini ham sendan avval jahannamga yubora olaman. Ko‘z o‘nggingda peshonalaridan darcha ochaman va keyin seni shunaqa azoblaymanki umringning qolgan har bir daqiqasini o‘lishni istab o‘tkazingga kafolat beraman. Gapimga ishonaver. Shunday ekan erkalikni yig‘ishtirib aqilli qiz bo‘lishingni maslahat beraman qizaloq.
Bu tentakning sport ustasi ekanligimdan xabari bormikin. Har holda taekvandodan qora belbog‘im bor. Biroz oldingi jangda ularning hammasining basharasini yerga ishqardim ammo akam va Jungkook meni chalg‘itishdi.
Meni hayratlantirgan narsa shuki nega akam va sevganim meni yonimni olishga urunishmayotgani bo‘ldi. Qarshimdagi bu kelishgan ablah menga qo‘l ko‘tarsa ham ular hatto pinagini ham buzushmayapti. Demak tushundimki ular ham undan qo‘rqishadi.
Uning gaplaridan so‘ng nigohimni akamga qaratdim. Akamning yuzida qo‘rquv bor edi. Keyin Jungkokka nazar tashladim. U ham achinish va qo‘rquv bilan menga boqdi. Tushundimki qarshimdagi bu ablah gapining ustidan chiqa oladi. Demak akam va Jungkookka xavf solmaydigan yo‘lni topishim kerak. Ular menga yordam bermagan bo‘lsa ham men ularni o‘ylayapman.Jin ursin hatto miyyam ham muzlab qolgan ko‘rinadi. O‘ylay olmayapman.
-keyingi o‘yin bo‘lishi mumkin ammo keyingi bomba bo‘lmaydi. Chunki bor budingizni shu o‘yinga tikkansiz. Buyurtmani ham aynan shu o‘yinga olgansiz. 10 mln dollar sarflab eng kuchli bombani topgansiz. Endi esa u hatto chiqindiga ham arzimaydigan matohga aylanib qoldi. Ishonchim komilki hozir meni o‘ldirgan taqdiringizda ham bu ishning ortida turganlar sizni ham tez orada ortimdan yuborishadi. Shunday ekan azob uqubat haqidagi gaplaringga ishonishimni kutma. Meni tirik qo‘ymasligingni ortingdagi oltita axmoq ham bilib bo‘lishgan. Seningcha daho bo‘la turib men bilmaymanmi - yana bir zarba bu galgisi qattiqroq tegdi. Chunki yuzimning o‘ng tomonini sezmayapman
Boshimni pastga egib bir necha bor silkitdim. Tepamda esa to‘pponcha o‘qlanganidagi ovozni eshitdim
Yuqoriga qaradim. Jahli chiqqani malum. Shu payt Jungkook uni oldiga kelib yalinishni boshladi - Unday qilma Tae. Uni ko‘ndira olaman. Manga biroz vaqt ber. Ishon menga albatta o‘sha raqamlarni aytadi. Iltimos uni o‘ldirma
Jungkook unga gapirayotgan vaqtda u mendan umuman ko‘zlarini uzmadi. Hatto qurolni ham tushirmadi. Shu jumladan men ham bor nafratim bilan unga qarab turdim. Chunki bolaligimdan ko‘z urushtirish o‘yinini yaxshi o‘ynaganman.
Barini tushungan Jungkook unga gapirishning foydasi yo‘qligini bilib mening oldimga tiz cho‘kib yolvorishni boshladi
-Sanni sevgilim iltimos qaysarlik qilma. Agar bugun ishimiz o‘xshasa ont ichaman bu ishlarni yig‘ishtiraman. Bu so‘ngisi ishon menga. Keyin turmush quramiz farzandlarimiz bo‘ladi baxtli oilamiz bo‘ladi. Seni yo‘qotishni istamayman. Vada beraman boshqa bu yo‘lga kirmayman. Iltimos kodni ayt iltimos qilaman sendan. Aytaqol. Akang ham bu yo‘ldan qaytadi ho‘pmi. Menga ishonasana - gaplarini tugatgandan keyin ko‘zidan yosh oqdi. Afsuski endi kech. Yoshga to‘lgan ko‘zlarim bilan boshimni inkor manosida qimirlatdim.
Uning buyrug‘i bilan ortidagi odamlarning to‘rttasi Jungkookning qarshiligiga qaramasdan nari olib ketib qo‘llarini va tinmay kechirishni so‘rayotgan og‘zini bog‘lab qo‘yishdi
Akam yonimga kelmadi. Fikrimdan qatmasligimni biladi. Shuning uchun ham menga juda achinarli nigoh bilan qarayapti. Yuqorida yana g‘ala g‘ovur boshlandi. Menimcha o‘yin tugadi. Olomon esa tarqalyapti. Nihoyat men kutgan onlar. Ko‘zlarimda yosh oqyapti shu bilan birga kulyapman ham. Endi hotirjamman. O‘sha razil esa qo‘lidagi to‘pponchani peshonamga to‘g‘irladi. Akamga qaradim ko‘zlarini yumib ortidagi beton devorga qattiq musht tushirdi. Yordam berolmasligini tushundim. Jungkook esa tinmay boylangan og‘zi bilan gapirishga urinardi.
Boshimni tik tutib ko‘zlarimni yumdim. Men tayyorman.
Xonada o‘q ovozi yangradi. Singlisiga yordam berolmaga aka ko‘z yosh to‘kkancha devorga sirg‘alib pastga o‘tirib qoldi.
Sevgilisini qutqara olmagan yigit esa orqaga bog‘langan qo‘llarini yexhishga urunib g‘azab va afsus aralash faryod qilardi
Afsus qilsak ham xatolarimizni tushunsak ham yo‘qotganlarimiz hech qachon qaytmaydi. Balki bu yaratganning bizga bergan eng og‘ir jazosidir