May 24, 2023

Partiya vakillari “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi. 

Saylov - 2023 targibot tadbiridan fotolavha

Bugun 24-may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturiga muvofiq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVzvodiga tashrif buyurib, bo‘linma shaxsiy tarkibi ishtirokida saylovoldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ertangi kun va vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan tadbir ishtirokchilariga O‘zLiDeP "Dehqonobod" tumani kengashi deputati Mehrinoz Mengliva xamda O‘zLiDeP "Dehqonobod" tumani kengashi a’zosi Axror Boltayevlar tomonidan maktab o‘quvchilari, oliygoh talabalari qishloq xo‘jalik ishlariga majburiy jalb etishga chek qo‘yilgani, “Odamlar davlat idoralariga emas, davlat idoralari odamlarga xizmat qilishi kerak”, degan g‘oya kundalik hayotimizga chuqur kirib borayotgani, kambag‘allik rasman tan olinib uni bartaraf etishga kirishilgani, ta’lim sohasida keng ko’lamli o‘zgarishlar ro‘y berayotgani, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari yillar davomida yurtdoshlarimiz orzu qilgan ulkan bunyodkorlik jarayonini qishloqlarimizga, mahallalarga olib kirgani, bu dasturlar doirasida ko‘plab aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topilayotganligini e’tirof etishdi.