Nazirov O.U
@nazirov1984
engineer of the operational and technical department
91 posts

Тезкор шахсий таркибнинг тиббиёт соҳасидаги билим ва кўникмалари янада мустаҳкамланмоқда.

Жорий йилнинг 28 апрел куни ОКМК АЖ Чодак кон бошқармаси кон мажмуаларида кон қутқарув ишларини олиб борувчи 5-Алоҳида ҳарбийлаштирилган кон қутқарув взводи тезкор шахсий таркибнинг тиббий тайёргарлик бўйича билимларини ошириш мақсадида, ҲКҚҚ тезкор тиббий соҳасида кўп йиллардан бери хизмат қилиб келаётган тажрибали командир ёрдамчилардан бири Ю. Хусенов томонидан тиббий билим сабоқлари берилди.

Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topganiga 63-yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 21-sentabr kuni Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topganiga 63-yil bo‘ldi. Shu munosabati bilan, 22-sentabr kuni Angren shahar tarixi muzeyi tomonidan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Angren shahar xokimiyati vakillari, ichki ishlar xodimlari hamda HKQOtrad shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Bo'limma saf tayyorgarligi ko'zdan kechirildi

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo'linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning yuksak harbiy intizomini mustahkamlash, o'z xizmat burchiga bo'lgan sadoqat va masʻuliyat hissini oshirish, komandir va shaxsiy tarkib o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni qo'llab-quvvatlash hamda professional kasbiy mahoratlarini yanada rivojlantirish maqsadida, bo'linma kun tartibiga muvofiq saf tayyorgarligi mashg'ulotlari o'tkazilib kelinadi.

HKKQ boʻlinmalari shaxsiy tarkibining jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringi.

Joriy yilning 24-25 avgust kunlari, HKQQ shtabining tegishli buyrug'iga muvofiq, Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) bo'linmalarida jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringini olib borish hamda shaxsiy tarkib xarbiy intizomi holatini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida, HKQQ shtabi tezkor-texnik bo'limi muxandisi tomonidan “Dehqonobod” HKQVzvodiga tashrif buyurdi.

Xavfsizlik birinchi navbatda!                    Xizmat ko'rsatiluvchi korxona va inshootlarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha  

HKQQ bo'linmalari tomonidan xizmat ko'rsatiluvchi kon majmualarining yong'inga qarshi himoya tizimini barqaror ishlashi xamda avariyalar sodir bo'lganda tezkorlik bilan bartaraf etish chora-tadbirlarini samarali amalga oshirilishini taʻminlash maqsadida, korxona raxbariyati bilan kelishilgan rejaga muvofiq profilaktik tadbirlar o'tkazilib kelinadi.

Otryad saf ko'rigi o'tkazildi.  

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon – qutqaruv otryadida, saf tayyorgarligi bo'yicha bo'limma shaxsiy tarkibining o'quv mashqlarga faolligini yanada oshirish, egallagan bilim va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish xamda kon qutqaruvchilar o'rtasida o'zaro munosabat va harbiy intizomini mustahkamlashga qaratilgan usulbiy-amaliy o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Xondiza kon boshqarmasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga hamda “Olmaliq” KMK AJ boshqaruv raisining 2023-yil 25-yanvardagi 87-sonli buyrug‘iga asosan, 20 iyul kuni “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Xondiza kon boshqarmasi”da qutqaruv kuch tuzilmalarning taktik harakatlari yordamida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa'y-harakatlari majmui va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

Bo'linma kadrlar ishi va ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligini yanada rivojlantirish bo'yicha monitoring o'rganish ishlari o'tkazildi.

Joriy yilning 25-26 iyul kunlari “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi” kon majmualariga xizmat ko'rsatuvchi Namangan viloyati Pop tumani joylashgan 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida kadrlar ishi va ijro intizomi xamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligi bo'yicha HKQQ shtabi boshligʻining kadrlar ishi va umumiy masalalar boʻyicha yordamchisi M.Iminov va tezkor-texnik boʻlimi muxandisi O.Nazirovlar tomonidan monitoring oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

AVTOMOBILINGIZNI YONG‘INDAN ASRANG!

Transportdagi yong‘in kutilmaganda sodir bo‘lishi va juda tez rivojlanishi bilan xavflidir. Bunday vaqtda nima qilish kerak?! Quyida avtomobilda yong‘inga sabab bo‘luvchi omillar, ularni bartaraf etish va yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakatlanish tartibi haqida so‘z yuritamiz. Aslida, avtomobillarda yong‘in kelib chiqishining sabablari juda ko‘p. Amaliyotda eng ko‘p uchraydiganlari bu – elektr simlarining qisqa tutashuvi hamda yonilg‘ining sizib chiqishidir. Benzin va dizelda harakatlanuvchi avtomobillarda yonilg‘i sizib chiqishini darhol payqash qiyin. Agar dvigatel' sovuq holatda bo‘lsa, yonilg‘i hidini salonda ham sezish mumkin. Ammo, dvigatel' qizib turgan holda yonilg‘i juda tez bug‘lanadi va uni sezish mushkul. Benzin bug‘lari...

Partiya vakillari “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi. 

Bugun 24-may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturiga muvofiq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVzvodiga tashrif buyurib, bo‘linma shaxsiy tarkibi ishtirokida saylovoldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi hamkorlikdagi maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti.

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq ,bugun 5-may kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ qarashli togʻ-kon majmuasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boʻlimi, 42chi yongʻinga qarshi qurash boʻlimi, tuman tez tibbiy xizmati xodimlari xamda “DKZ” AJga xizmat koʻrsatuvchi “Dehqonobod” HKQVzvodi shahsiy tarkibi bilan xamkorlikda maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.