August 3, 2023

Otryad saf ko'rigi o'tkazildi.  

Bo'limma saf tayyorgarligi jarayonidan fotolavha

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon – qutqaruv otryadida, saf tayyorgarligi bo'yicha bo'limma shaxsiy tarkibining o'quv mashqlarga faolligini yanada oshirish, egallagan bilim va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish xamda kon qutqaruvchilar o'rtasida o'zaro munosabat va harbiy intizomini mustahkamlashga qaratilgan usulbiy-amaliy o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Bo'linma kun tartibiga muvofiq ravishda o'tkazilgan o'quv mashg'ulotda, otryad komandirining tezkor ishlar bo'yicha yordamchisi rahbarligida, bo'limma shaxsiy tarkibining safda turish va yurish usullarini behato bajarish, komandir (boshliq) tomonidan berilgan komandalarni aniq va tezkorlik bilan amalga oshirish, joyda turib burilishlarda to'g'ri harakatlanish ko'nikmalari mustahkamlanib borildi.

Mashg'ulot jarayonida saf usullarini bajarish chog'ida hatolikka yo'l qo'ygan shaxsiy tarkibga yakka tartibda mashg'ulotlar olib borilishi to'g'risida ko'rsatmalari berildi.