September 5, 2023

Bo'limma saf tayyorgarligi ko'zdan kechirildi

Bo'limma saflanishi jarayonidan fotolavha

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo'linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning yuksak harbiy intizomini mustahkamlash, o'z xizmat burchiga bo'lgan sadoqat va masʻuliyat hissini oshirish, komandir va shaxsiy tarkib o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni qo'llab-quvvatlash hamda professional kasbiy mahoratlarini yanada rivojlantirish maqsadida, bo'linma kun tartibiga muvofiq saf tayyorgarligi mashg'ulotlari o'tkazilib kelinadi.

Shu munosabat bilan kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi HKQOtryadi va “Chodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvod shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash maqsadida, “safda yurish va turish usullari” mavzusida amaliy saf mashg'uloti o'tkazildi. Mashg'ulot davomida shaxsiy tarkibning oldiga qo'yilgan topshiriqni tezkorlik, aniqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi, maxsus xizmat kiyim-kechak orastaligi va qatʻiy ijro intizomga rioya etilishiga baholanib borildi.