July 31, 2023

Xondiza kon boshqarmasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

maxsus-taktin o'quv mashg'uloti yig'inidan fotolavha

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga hamda “Olmaliq” KMK AJ boshqaruv raisining 2023-yil 25-yanvardagi 87-sonli buyrug‘iga asosan, 20 iyul kuni “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Xondiza kon boshqarmasi”da qutqaruv kuch tuzilmalarning taktik harakatlari yordamida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa'y-harakatlari majmui va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

Tadbir “Xondiza” kon majmuasida “Xavfli tabiiy jarayonlar (ko‘chki) bilan bog‘liq avariyaviy vaziyatda 10-sonli alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi, “Xondiza” kon majmuasi muxandis-texnik xodimlari, Surxondaryo viloyati FVB yong‘in-qutqaruv qismi hamda ob'ekt fuqaro muhofazasi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida, “Avariyalarni bartaraf etish rejaning amaliy bajarilishi” o‘zaro hamkorlik harakatlari mavzusida tashkil etildi.