May 5, 2023

Navbatdagi hamkorlikdagi maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti.

Qutqaruv kuch tuzilmalarning hamkorlikda harakatlanish rejasini o'rganish jarayonidan FOTOLAVHA

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq ,bugun 5-may kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ qarashli togʻ-kon majmuasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boʻlimi, 42chi yongʻinga qarshi qurash boʻlimi, tuman tez tibbiy xizmati xodimlari xamda “DKZ” AJga xizmat koʻrsatuvchi “Dehqonobod” HKQVzvodi shahsiy tarkibi bilan xamkorlikda maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Oʻquv mashqlari faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarda shartli ravishda eʼlon qilingan avariyalar yoki baxtsiz xodislar sodir boʻlganda qutqaruv kuch tuzilmalarining ushbu vaziyatga qay darajada tayyor ekanliklari, hamkorlikda tuzilgan rejalarni ishlash tizimi, korxona ishchilarini avariya sodir boʻlgan xududdan evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam koʻrsatish va avariya oʻchoqlarini zudlik bilan bartaraf etish harakatlari sinovdan oʻtkazildi.