September 23, 2023

Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topganiga 63-yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 21-sentabr kuni Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topganiga 63-yil bo‘ldi. Shu munosabati bilan, 22-sentabr kuni Angren shahar tarixi muzeyi tomonidan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Angren shahar xokimiyati vakillari, ichki ishlar xodimlari hamda HKQOtrad shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

HKQQ shtabining 2023-yil 22-iyuldagi 21-son farmoyishi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 22-sentabrda Angren shahar tarixi muzeyi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda HKQOtradi shaxsiy tarkibining madaniy-estetik savodxonligini oshirishga maqsadida Angren shahar tarixi muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi.

Ekskursiyada muzey xodimi tomonidan Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topishi tarixi va muzeyda mavjud tarixiy konchilik sohasiga oid eksponatlar hamda Yangiobod va Angren shaxarlari tabiati manzaralari shuningdek, Toshkent viloyati rassomlari plenarida chizilgan va muzeyga takdim etilgan tasviriy sanat asarlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida muzeyda mavjud tarixiy konchilik sohasiga oid eksponatlar, tasviriy san’at asarlari bo‘yicha HKQOtrad shaxsiy tarkibi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, madaniy-estetik savodxonligini oshirib qaytishdi.