July 27, 2023

Bo'linma kadrlar ishi va ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligini yanada rivojlantirish bo'yicha monitoring o'rganish ishlari o'tkazildi.

kadrlar ishi va ijro intizomi bo'yicha monitoring jarayonidan fotolavha

Joriy yilning 25-26 iyul kunlari “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi” kon majmualariga xizmat ko'rsatuvchi Namangan viloyati Pop tumani joylashgan 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida kadrlar ishi va ijro intizomi xamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligi bo'yicha HKQQ shtabi boshligʻining kadrlar ishi va umumiy masalalar boʻyicha yordamchisi M.Iminov va tezkor-texnik boʻlimi muxandisi O.Nazirovlar tomonidan monitoring oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Monitoring ishlari jarayonida, boʻlinmada kadrlar ishi va ijro intizomi boʻyicha yuritilayotgan xujjatlarning Yangi Mexnat Kodeksiga muvofiq ravishda yuritilayotganligiga, joriy qilingan yagona milliy bazani shakillantirishda amalga oshirilgan ishlar hamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarni sinovdan o'tkazish va ularga uslubiy yordam ko'rsatishga alohida eʻtibor qaratilindi.