Jorj Oruell
(1903-1950)
Jorj Oruell (ingl. George Orwell), haqiqiy ismi — Erik Artur Bler (ingl. Eric Arthur Blair; 1903—1950) — ingliz yozuvchisi va publitsisti. «Hayvonlar xo‘jaligi haqida g‘aroyib qissa» va «1984» asarlari bilan mashhur.
Jorj Oruellning «Hayvonlar xo‘jaligi haqida g‘aroyib qissa” asarida mantiqiy obrazlar orqali “Manel ferma”sida ro‘y bergan voqealar tasvirlanadi. Sobiq Sovet Ittifoqi mustabid tuzumining g‘aroyib “o‘yinlari” asar mazmuniga singdirib yuborilgan. Hayvonlar mustaqillik, erk, ozodlik, baxt, farovon hayot uchun kurashadilar. Lekin ularning maqsadlari sarobga aylanaveradi. Asarda qatog‘onlik davrining xalq boshiga solgan fojealariga alohida e’tibor berilgan.
Jorj Oruellning “Qil ovi”, “Birma kunlari” romanlari ham mashhur.
Motihari (Hindiston)da, britaniyalik savdo agenti oilasida tavallud topgan. Oruell avliyo Kiprian maktabida tahsil olgan, 1917-yili shunday nomli stipendiyaga sazovor boʻladi va 1921-yilgacha Iton kollejida oʻqiydi. 1922-yildan 1927-yilgacha Birmadakolonial politsiyada hizmat qiladi, soʻng ancha vaqt Buyuk Britaniya va Yevropada yashaydi. Oʻsha paytda u badiiy nasr va publitsistikani yozishni boshlaydi. 1935-yildan "George Orwell" taxallusi ostida ijod qiladi. 1937-yili Ispaniyada Frankoning fashistik tuzumiga qarshi urushda qatnashadi. Ijtimoiy va madaniy harakterdagi koʻpgina esse va maqolalar yozgan. Ikkinchi Jahon Urushi davrida BBCda antifashistik koʻrsatuvni olib borgan.
"Mollar hovlisi" (1945) satirasida qoʻzgʻoloniy prinsiplar va dasturlarning qayta tugʻilishini koʻrsatgan: "Mollar hovlisi" - Rossiyadagi 1917-yil qoʻzgʻolonining yilnomasidir.
Antiutopiyaviy roman "1984" "Mollar hovlisi"ning davomi boʻldi. Oruell kelajakdagi dunyo jamiyatini totalitar ierarxik tuzum qilib tasvirlaydi. Bu tuzum oʻtkir jismoniy va ruhiy quldorlik jamiyati boʻlib, u umumiy qoʻrqinch va nafrat bilan toʻla. Aynan shu kitobda mojaroviy mashhur "Katta aka seni kuzatmoqda" yozilgan, shuningdek, "ikkifikrlik", "fikriy jinoyat" kabi keng yoyilgan terminlar kiritilgan.
Oruell tuberkulyoz tufayli Londonda vafot etgan.
Oruellning ijodida koʻpchilik totalitar tuzumning satirasini ilgʻay olganlariga qaramay, yozuvchining oʻzini hukumat uzoq vaqt davomida kommunistlar bilan yaqin aloqada boʻlganligidan shubhalangan. 2007-yili yozuvchining shaxsiy ishi oydinlashtirilgandan keyin ma'lum boʻldiki, britan kontrrazvedkasi MI-5 1929-yildan boshlab, deyarli yozuvchining vafoti 1950-yilgacha izidan yurgan.