Zarnigor
@nigor
53 posts

"Godoni kutib" - Samuel Bekket

"Godoni kutib" pyesasi eslangan zamon "absurd adabiyot", "absur teatr" atamalari tilga olinadi. Absurdizm nima o‘zi? Absurdizm - inson borligining, hayotining hech qanday ahamiyatga ega emasligi haqidagi qarashlar tizimi. Absurd esa "kelishmagan", "kulguli", "aqldan tashqari" degani. Bu XIX asrda faylasuf Syoren Kerkegora tomonidan shakllantirilgan oqim. Hayotning absurdligi haqida faylasuf shunday deydi: "Hayotning ma‘nosiz ekanligiga eng yaxshi isbot uning ma‘nosi borligini isbot qilishga keltirilayotgan argumentlardir". Keyinchalik Kerkegora g‘oyalarini davom ettirgan fransuz adibi Kamyu asarlari orqali absurdizm atamasi yanada tushunarli bo‘ldi.

N. A. Nekrasov

Nikolay Alekseyevich Nekrasov [1821.28.11 (10.12), Podolsk gubernyasi, Nemirov-Vinnitskiy uyezdi — 1877.27.12 (1878.8.1), Peterburg] - rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida taʼlim olgan (1832—37), Peterburg universitetida erkin tinglovchi boʻlgan (1839— 40). "Orzular va sadolar" (1840) nomli ilk sheʼrlar kitobi tanqidchilar tomonidan takdidiy sheʼrlardan iborattoʻplamsifatidabaxrlangan. N. 1841 yilda "Literaturnaya gazeta" va "Otechestvennie zapiski" jurnali bilan hamkorlik qilib, ularda hikoya va qissalardan tashqari tanqidiy maqolalar ham eʼlon qilgan. N.ning "Vatan", "Yoʻlda" (1845) sheʼrlari va "Ayoz" dos-toni (1863) da boylar va kambagʻal deh-qonlar hayoti aks etgan. V. G. Belinskiy va uning maslakdosh doʻstlari N. dunyoqarashida...

Gogol

Nikolay Alekseyevich Nekrasov [1821.28.11 (10.12), Podolsk gubernyasi, Nemirov-Vinnitskiy uyezdi — 1877.27.12 (1878.8.1), Peterburg] - rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida taʼlim olgan (1832—37), Peterburg universitetida erkin tinglovchi boʻlgan (1839— 40). "Orzular va sadolar" (1840) nomli ilk sheʼrlar kitobi tanqidchilar tomonidan takdidiy sheʼrlardan iborattoʻplamsifatidabaxrlangan. N. 1841 yilda "Literaturnaya gazeta" va "Otechestvennie zapiski" jurnali bilan hamkorlik qilib, ularda hikoya va qissalardan tashqari tanqidiy maqolalar ham eʼlon qilgan. N.ning "Vatan", "Yoʻlda" (1845) sheʼrlari va "Ayoz" dos-toni (1863) da boylar va kambagʻal deh-qonlar hayoti aks etgan.

Gogol

Nikolay Vasilyevich Gogol [1809.20.3(1.4), Poltava gubernyasi, Mirgorod uyezdi — 1852.21.2 (4.3), Moskva] — rus yozuvchisi. Rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. Nejin gimnaziyasini tugatib (1828), Peterburgga kelgan. Rassomlik qilgan, drama toʻgaraklarida faol qatnashgan, ayrim yumoristik rollarni ijro etib, badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. V. Alov taxallusi bilan yozilgan "Gans Kyuxelgarten" romantik dostoni (1829) salbiy baxrlangach, chet elga ketgan. Germaniyaning Lyubek, Gamburg sh.larida boʻlgan. Peterburgga qaytib, davlat mahkamalarida xizmat qiladi. Mahkamalardagi qogʻozbozlik, sansalorlik kabi illatlar G. uchun boy mavzu boʻldi ("Peterburg qissalari, 1830). A.S. Pushkin bilan uchrashuvi (1831) G. ijodida burilish...

Kaykovus

Unsurulmaoliy Kaykovus ibn Iskandar hijriy 412 yil (milodiy 1021-1022) da boy-badavlat oilada tug‘ilgan. U Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarida yashagan «gilon» qabilasidan bo‘lgan. Bobosi Shamsulmaoliy Qobus qahri qattiq, biroq o‘qimishli amaldorlardan bo‘lgan. Kaykovus ziyoli kishilardan bo‘lib, musiqa va tibbiyot ilmida ancha muvaffaqiyatlar qozondi, pand-nasihat tarzida bitilgan «Qobusnoma» asari bilan mangulikka daxldor siymolar qatoridan o‘rin oldi.

Paulo Koelo

Paulo Koelo bugungi jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan. U Braziliyada yashaydi, portugal tilida ijod qiladi. Uning romanlari jahonning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. XX asrning 90-yillarida yaratilgan «Alximik» va «Beshinchi tog’» romanlari, ayniqsa, katta shuhrat qozondi. «Alximik»ni ajoyib ibratli ertak, deb ham atashadi. Adibning o’zi yozganidek, romanda hikoya qilingan yosh cho’pon yigit Santyagoning sayohati bilan bogiiq voqealar asosida yotgan tub ma'no-mazmun — bu «o’z Taqdiring» tushunchasidir. Asar qahramoni Santyago o’z orzu-niyati yo'lida vatani Andaluziya (Ispaniya)dan Misrga safarga otlanar ekan, bu yolda turli-tuman sarguzashtlarni boshidan kechiradi, xilma-xil odamlarga duch keladi, ulardan...

Ernest Xeminguey

Amerikalik yozuvchi. 1917 yildan Kanzas-Sitida journalist-reportyor sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (1914-18). Xeminguey 1928 yilgacha Parijda, 1939-60 yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — «Bizning zamonda» (1924). «Quyosh chiqadi» (1926, inglizcha nashrlarda «Fiesta» nomi bilan chop etilgan), «Alvido, qurol!» (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan. 1930-yillarning 1-yarmida Xeminguey ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yo‘lini qayta mulohaza qilib ko‘rishga, o‘z ijodining muayyan yo‘nalishlarini aniqlashga...

Erix Remark

Erix Mariya Remark (1898.22.6, Osnabryuk — 1970.25.9, Lokarno, Shveytsariya) — nemis yozuvchisi. G‘arbda «Yo‘qotilgan avlod» deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashchisi. Asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, ma’naviy ezilgan, o‘zini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan: «G‘arbiy frontda hech qanday o‘zgarish yo‘q» (1929) asari uchun gitlerchilar Remarkni nemis fuqaroligidan mahrum etgan. 1932 yildan muhojirlikda. Urushda ma’naviy shikastlangan avlodning ayanchli hayoti «Qaytish» (1931) romanining asosiy mazmunini tashkil etadi. «Uch do‘st» (1938), «Zafar darvozasi» (1946), «Hayot alangasi» (1952)...