August 24, 2020

Sergey Yesenin

(1895-1925)

Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda RossiyaningRyazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlog‘ida tavallud topgan. Hozirgi kunda bu qishloq Yesenin qishlogʻi deb ataladi. Yesenin 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin oʻzini osib qoʻygan.[1]Shoir Moskvada dafn etilgan.Yeseninning birinchi sheʼriy toʻplami „Radunitsa“ 1916-yilda chop etilgan. Ilk sheʼriy toʻplamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan.
„Moskva mayxonalari“ (1924) va boshqa turkum sheʼrlarida, „Qora odam“ (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan „taraqqiyot“ haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin „Anna Snegina“ (1925) dostoni hamda „Shoʻro Rusi“, „Zamin dargʻasi“ (1925) toʻplamlarida „kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus“ni anglashga harakat qilsa ham, oʻzini „oʻtmishga aylanayotgan Rus“ning shoiri deb bildi.
1924-1925-yillarda Yesenin Oʻrta Osiyo va Kavkazortimintaqalarida sayohatda boʻlgan. Yesenin qisqa boʻlsa-da Toshkentda ham yashagan, Samarqandshahrida boʻlgan. Yeseninning „Fors taronalari“(1924-1925) deb nomlangan sheʼrlar turkumi Kavkazort o‘lkalarga sayohat chog‘ida yaratilgan. „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi Hofiz, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.
„Tanlangan sheʼrlar“, „Zamin dargʻasi“, „Lirika: sheʼrlar, dostonlar“ sheʼriy toʻplamlari Erkin Vohidovtomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan.

''Yosh kitobxon'' kitoblari