Nizomiy Ganjaviy
Abu Muhammad Ilyos binni Yusuf Nizomiy hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. Uning hayoti haqida juda kam ma’lumot qolgan. Shoirning asl ismi Ilyos, otasining ismi Zaki bo’lgan: o’g’li Muhammad dunyoga kelgach, uning ham ismi shoirning to’liq ismiga o’tgan va uning to’liq ismi Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zaki Muayyad bo’lgan. Adabiy taxallus sifatida shoir “Nizomiy” so’zini tanlagan, buni ba’zi tazkirachilar shoir oilasining an’anaviy ravishda tikuvchilik bilan mashg’ul bo’lganiga ishora qiladilar; Nizomiy adabiyot yo’lidan boorish uchun oila kasbini rad etib, to’quvchi sabri bilan asarlari ustida ishlagan. Shoirning to’liq ismi Nizom ad-Din Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zaki ibn Muayyad bo’lgan. Yan Ripka shoirning rasmiy ismining Hakim Jamol ad-Din Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zaki ibn Muayyad Nizomiy bo’lganini aytib o’tadi. U fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko‘p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, ximiya, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan. Nizomiy Ofoq nomli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalagan, dostonlarida o‘z o‘g‘liga nasihatlar qilgan.
Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo‘lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta’sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanul-asror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Aaisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an’anasini davom ettirganlar. «Xusrav va Shirin» dostonini 1341 yilda Qutb, «Xaft paykar» asarini Ogahiy tarjima qilgan. Navoiydan tortib barcha o‘zbek shoirlari Nizomiyni ustoz deb bilishgan.
Asarlari: «Xamsa» («Panj ganj» («Besh xazina»), 1173 - 1201 yillar orasida yozilgan. Unda quyidagi dostonlar bor: 1. «Mahzanul asror» («Sirlar xazinasi», 1173 - 1179 yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab yozilgan), 2. «Xusrav va Shirin» (1180-1181, bu doston Iroq hukmdori To‘g‘rul II ning iltimosiga ko‘ra yozilgan bo‘lib, muhabbat va qahramonlikni ifodalaydi), 3. «Layli va Majnun» (1188, unga 118 ta nazira bitilgan. Bu asar Shirvonshohlardan Axsatan 1 buyrug‘iga ko‘ra yozilgan), 4.«Xaft paykar» («Yetti go‘zal», bu asar 1196 yilda Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan yuzaga kelgan. «Haft paykar» Bahrom va Fitna sarguzashtlariga bag‘ishlangan asar bo‘lib, doston voqealariga bog‘lanmaydigan besh hikoya berilgan. Nizomiyning bu dostonidagi daraxt shoxiga osib qo‘yilgan it hikoyasida Bahromshoh xiyonatkorlikdan, adolatsizlik kuchayayotganidan ogohlantiriladi. Asar so‘nggida Bahrom ov izidan g‘orga kirib ketib qaytib chiqmaydi), 5. «Iskandarnoma» (1196-1201, bu doston 2 qismdan iborat: a) Sharafnoma b) Iqbolnoma).