August 26, 2020

Daniel Defo

(1661-1731)

Daniel Defoe (talaffuzi: Daniyel Defo) (tahminan 1659—1661 yillarda Londonda tavallud topgan — 1731-yil 24-aprelda Londonda vafot etgan) Ingliz buyuk yozuvchisi va jurnalisti. Oʻzining ''Robinzon Kruzo''(1719) shoh asari bilan dunyoga mashhur boʻldi. Daniel Defoe bu asari bilan ingliz romanchiligiga katta hissa qoʻshgan.

Daniel Defoe yozuvchilik bilan birga jurnalistlik ham qilgan. U koʻplab asar yozgan: Defoening qalamagia 500 dan oshiq kitob, pamflet va siyosiy risolalar mansubdir.

"Loyihalar to'g'risida tajribalar" (1697) pamfletila bir qator siyosiy va iktisodiy islohotlar oʻtkazishpi taklif etgap Koʻpgina asarlarida tadbirkorlik, akl-idrok, eʼtiqod va soʻz erkinligini yoqlagan, demokratiya gʻoyalarini ilgari surgan ("Xokisor odamning tavsiyanomasi", 1698 va boshqalar). D. maqtanchoq aslzodalarni fosh etadi ("Aslzoda ingliz", 1701). 1702 yilda pinhoniy nom bilan "Dissenterlardan kasos olishning eng oson yoʻli" nomli pamfletini eʼlon qilgani uchun qamaladi. D.ning "Robinzon Kruzoning hayoti, ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari" (1719) romani unga olamshumul shuhrat keltiradi. "Kapitan Singlton" (1720), "Polkovnik Jak tarixi", "Moll Flenders" (1722), "Roksana" (1724) sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida "Robinzon Kruzo" romaniga taqlidan juda koʻp asarlar yaratilgan. Bu roman Yoʻldosh Shamsharov tarjimasida oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.

''Yosh kitobxon'' kitoblari