Viktor Gyugo
(1802-1885)
Viktor Mari Gyugo (1802.26.2, Bezanson â 1885.22.5, Parij) â fransuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari â «Qasidalar» (1821) sheârlar toâplami monarxiya gâoyalari taâsirida boâlib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyonkorlik ruhi bilan sugâorilgan «Kromvel» (1827), «Sharq motivlari» (1829), «Marion Delorm» (1829), «Ernani» (1830), «Ryui Blaz» (1838) va boshqa sheâriy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» (1831) tarixiy romani voqealari oârta asrda boâlib oâtadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848 yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat toântarishini (1851) qoralagan. Shundan soâng 18 yil surgunda boâlib, qator romanlar yozgan. «Pakana Napoleon» (1852), «Xoârlanganlar» (1862), «Dengiz zahmatkashlari» (1866), «Kulib turuvchi kishi» (1869), «Bir jinoyat tarixi» (1877â78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning ogâir hayoti va kurashini tasvirlaydi. Gyugo romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. «Dahshatli yil» (1872) sheârlar toâplami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bagâishlangan. Soânggi «93-yil» romani (1874)da inqilobga xayrixoxlik bilan qaragan. «Dengiz zahmatkashlari» (1938, 1965), «Xoârlanganlar»ning «Kozeta» va «Gavrosh» boâlimlari (1952, 1955), «Byug Jargal» (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida oâzbek tilida nashr qilingan, «Kulib turuvchi kishi» Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).