Kaykovus
(XI asr)
Unsurulmaoliy Kaykovus ibn Iskandar hijriy 412 yil (milodiy 1021-1022) da boy-badavlat oilada tug‘ilgan. U Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarida yashagan «gilon» qabilasidan bo‘lgan. Bobosi Shamsulmaoliy Qobus qahri qattiq, biroq o‘qimishli amaldorlardan bo‘lgan. Kaykovus ziyoli kishilardan bo‘lib, musiqa va tibbiyot ilmida ancha muvaffaqiyatlar qozondi, pand-nasihat tarzida bitilgan «Qobusnoma» asari bilan mangulikka daxldor siymolar qatoridan o‘rin oldi.
Muallif bu asarni o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab, dastlab «Nasihatnoma» deb atagan, keyinchalik bobosi sharafiga «Qobusnoma» nomini bergan. Bu asar hijriy 415 yilda, milodiy 1082-1083 yillarda yozilgan bo‘lib, 44 bobdan iborat. «Qobusnoma» asari mazmunan juda ko‘p va inson uchun zarur masalalarni qamrab olgan. Bu asar 1702-1705 yillarda turk tiliga, 1786-1787 yillarda Rashidiy tomonidan uyg‘ur tiliga, 1881 yili Nosiriy tomonidan tatar tiliga hamda XIX asrdayoq ingliz, farfng, olmon, rus tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda «Qobusnoma» o‘zbek tiliga birinchi marta Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Adabiyotshunos olim Sobutoy Dolimovning katta sa’y-harakatlari bilan bu asar 1965, 1973 va 1986 yillarda nashr etilgan.
"QOBUSNOMA" - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va "Nasihatnomai Kaykovus" deb atalgan. "Q." shu ayearning oʻzbekcha tarjimasidir. muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan.
"Q" asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik.
Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa "jon" bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni "sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim", deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, sheʼr va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.
"Q." rus va Gʻarb sharqshunoslarining , Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi SanktPeterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. "Q."ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan.