August 21, 2020

Lev Tolstoy

1828-1910

Tolstoy Lev Nikolayevich [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hozirgi Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844—47 yillarda Qozon universitetining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan. 1851—53 yillarda Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yil Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga koʻra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T. 1855 yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng "Sovremennik" ("Zamondosh") jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Chernoʻshevskiy va boshqalar) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin sheʼrlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati taʼsirida sheʼrlar yozgan. Birinchi yirik asari — "Inson kamolotining toʻrt davri" avtobiografik asari ("Bolalik", 1852; "Oʻsmirlik", 1852-54; "Yoshlik", 185557; "Yigitlik", yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning "Sevastopol hikoyalari" (1855) toʻplamiga kirgan hikoya va ocherklarida oʻz ifodasini topgan.
50-yillar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uygʻunlashtirishga harakat qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil "Kazaklar" qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bu asarda oʻz inʼikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri T.ning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan "Urush va tinchlik" (1863—69) epopeyasi T. ning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning oʻz davri muammolaridan qochishi, deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan oʻz davrida roʻy bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuyiga murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr oʻrtalarida epik asarlar davri o‘tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa "Urush va tinchlik"dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin boʻla olmas edi. 1812 yilda Rossiyaning Napoleon qoʻshinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uygʻonishga murojaat etishi "Urush va tinchlik" romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini oʻtadi.
T.ning 70-yillar ijodida "Anna Karenina" romani alohida mavqega ega. "Urush va tinchlik"dan bu romanni yozguniga qadar boʻlgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat toʻgʻrisidagi orzu umidlari roʻyobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli oʻylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizigʻiga ega boʻlgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta eʼtiqod qoʻygan, hayotda roʻy berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga boʻlgan munosabatiga, shakshubhasiz, taʼsir oʻtkazgan. T.ning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir boʻlayotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat aʼzolarida qanday chirkin xislatlar mavjud boʻlmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi.
70-yillarda ruhiy iztirob iqdimida yashagan T. oʻz hayot yoʻlini qayta nazardan oʻtkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yoʻli bilan bogʻliq jamiyat qatlamining maʼnaviy asoslari yolgʻonga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari "Iqrornoma" (1880) va "Eʼtiqodim nimada?" (1884) asarlarida oʻz ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida "Ivan Ilichning ulimi" (1886), "Kreyser sonatasi" (1889) qissalari, ayniqea, eʼtiborga loyiq.
T. 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, "Zulmat hokimiyati" (1886) dramasi va "Maʼrifat mevalari" (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.
T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning soʻnggi yirik asarlaridan biri — "Tirilish" romani (1889—99)da oʻz aksini topdi. Xdyotda boʻlib oʻtgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, maʼnaviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi masalasi "Hojimurod" (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.
T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, oʻzi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning soʻnggi asarlari ("Tirik murda", 1890; "Baldan soʻng", 1903 va boshqalar) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya Polyanadagi soʻnggi kunlari ruhiy iztiroblar poʻrtanasida kechdi. U yaqin kishilari toʻqigan igʻvo va fasod toʻridan qochib, 1910 yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yoʻlda shamollab, vafot etadi.
Oʻzbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning "Odamlar nima bilan tirik?", "Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi" makrlalari 1887—1902 yillarda "Turkiston viloyatining gazeti"da oʻzbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi "Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi" degan maqola esa 1889 yil shu gaz.da tanikli maʼrifatparvar Sattorxon Abdugʻafforov tarjimasida bosilgan. T.ning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy ("Us todi avval", 1902), Aliasqar Kalinin ("Muallimi soniy", 1903), Abdulla Avloniy ("Birinchi muallim", 1909; "Ikkinchi muallim", 1912) singari jadid maʼrifatparvarlarining oʻquv qoʻllanmalari va darsliklarida eʼlon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida oʻqitilgan.
T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham oʻzbek jadidlarining eʼtiborini uziga jalb etgan. Birinchi oʻzbek advokati Ubaydulla Xoʻjayev 1909 yilda T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi taʼlimoti yuzasidan xat yozib, oʻsha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910 yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, T. bilan bir necha marta muloqotda boʻlgan. Ammo oʻzbek xalqining T. ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

''Yosh kitobxon'' kitoblari