Rudakiy
(860-941)
Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy IX asr o‘rtalarida Panj Rud (Pandjikent yaqinida) qishlog‘ida, dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Ajoyib shoirning hayoti, ayniqsa yoshlik yillari haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan.
Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy IX asr o‘rtalarida Panj Rud (Pandjikent yaqinida) qishlog‘ida, dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Ajoyib shoirning hayoti, ayniqsa yoshlik yillari haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan.
Rudakiy o‘zining ajoyib hushovozi, shoirona iqtidori hamda rud nomli musiqiy asbobni chalishi bilan yoshligidan mashhur bo‘lgan. Nasr II ibn Ahmad Somoniy (914-943 y.y.) Rudakiyni o‘z saroyiga taklif etadi va umrining katta qismi saroyda o‘tadi.
Abu-l-Fazl Bal’amiyning aytishicha, “Rudakiy shoirlik borasida nafaqat zamondoshlari, balki arab, fors shoirlari orasida ham unga teng keladigani bo‘lmagan”; u nafaqat she’r ustasi, balki ajoyib ijrochi, musiqachi va qo‘shiqchi ham bo‘lgan.
Rudakiy yosh shoirlarni tarbiyalagan va ularga yordam berganki, bu orqali uning martabasi yanada yaqori bo‘lgan.
Biroq, keksa yoshida Rudakiy ko‘p narsadan ayriladi. Qari va ko‘zi ojiz, ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha, ehtimol, Ballar bilan do‘stlashib, karmanlar harakatiga qo‘shilib qoladi va qiynoqlar sababli ko‘z nuridan qolgan. Oqibatda, saroydan quvilib, o‘z ona yurtiga qaytgan.
Shundan so‘ng Rudakiy ko‘p umr ko‘rmagan. Somoniy o‘zining “Al-Ansab” kitobida yozishicha, shoir 941 yil (boshqa manbalarga ko‘ra 952 yil) o‘zining ona qishlog‘ida vafot etgan.
Bizning davrimizgacha Rudakiyning 2000 baytdan ziyod asarlari yetib kelgan. Rudakiyning saqlanib qolgan she’rlaridan o‘z davrining barcha she’riy janrlarda yuqori mahorat ila ijod qilganligi namoyon bo‘ladi. U qasidalar, nasriy g‘azallar, katta didaktik dostonlar (“Kalila va Dimna” va boshqa mashhur dostonlar majmuidan tashkil topgan to‘plamlar), satirik she’rlar hamda matamona qasidalar yozgan.
Rudakiy oddiygina saroy qasida yozuvchisi bo‘lmagan. Uning qasidalari tabiatni yorqin tasviri, hayot hursandchiliklari va sevgini kuylash, aql va idrok, oliyjanoblik va hayot tashvishlari, inson va uning mehnatini ulug‘lash bilan boshlanadi. O‘z qasidalarida shoir hayot tajribasini ustun qo‘yodi va uni eng katta ustoz deb biladi. Rudakiy ijodida diniy mavzular, deyarli mavjud emas. Uning ko‘plab she’rlarining ma’nosi ostida chuqur falsafiy o‘ylar mavjud. Rudakiy kirib kelgan qarilikning sababi nedur, deya so‘raydi va quyidagicha javob beradi:
Ko‘z ochqucha to‘zitar u qayerda yangi esa
Dam o‘tmayin tuzatar u qaydaki vayron edi.
Talaycha bog‘ning o‘rnini cho‘l etib qo‘ydi,
Va qancha bog‘lar o‘rni burun biyobon edi.
O‘z ijodi orqali Rudakiy butun tojik-fors she’riyatiga asos soldi, asosiy janrlar va ularning shakllarini ishlab chiqdi; uning she’rlarida, deyarli barcha she’riy o‘lchamlar hamda timsol tizimlari aniq shakllandi. Rudakiy she’rlari keyingi tojik shoirlar avlodi uchun namuna bo‘ldi.
U X-XV asrlarda tojik va forslar orasida keng tarqalgan mumtoz she’riyat asoschisiga aylanib, Firdavsiy va Xayyom, Saadi va boshqa buyuk allomalarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur she’riyat ijodkorlari Rudakiyni mehr ila yodga olib, uni o‘z ustozlari deb hisoblashgan.