August 25, 2020

Hans Kristian Andersen

(1805–1875)
Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805 yilda Odens shahrida dunyoga keldi.
Bolaning otasi kavushdoʻz, onasi esa kir yuvuvchi boʻlib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambagʻallar maktabiga oʻqishga kiradi. Oradan uncha koʻp vaqt oʻtmay, ularning oilasi Kopengagenga koʻchadi. Bolaning yashash sharoiti va oʻqishi bu yerda ancha-muncha yaxshi boʻladi. Boʻlajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda taʼlim oladi. 1828 yilda esa Kopengagen universitetiga oʻqishga kiradi.
Andersen juda koʻp mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi.
Andersenning ijodi 20 yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik sheʼrlar, roman, drama, yoʻl ocherklari, biografik etudlar yaratadi.
“Daniyalik Xolger”, “Qor malikasi”, vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan “Daniya – mening vatanim”, ozodlik gʻoyasi mujassamlangan “Soqchi”, “Shilyon asiri” va boshqa sheʼrlari sheʼriy janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.
Andersen oʻz romanlarida (“Improvizator”, “O. T” boʻlgan yoki boʻlmaydi”) zamonasi uchun juda muhim boʻlgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.
Uning ijodi koʻp qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir.
“Ertaklar” (1835–1855), “Yangi ertaklar” (1843–1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis. Etikdo‘z oilasida tug‘ilgan. «Improvizator» (1835) romanida quyi tabaqadan chiqqan xayolparast shoir va jamiyat ziddiyati tasvirlanadi. 
Andersenning «Qo‘rg‘oshin soldatcha» (1838), «Bulbul» (1843), «Irkit o‘rdakcha» (1843), «Qirolicha» (1844), «Ona» (1848) kabi mashhur ertaklari va «Suratsiz surat kitobi» (1840) shu davrda yaratilgan. 
Andersen «Mulat» (1840) pyesasini, «Shoir bozori» (1842) yo‘l xotiralarini ham yozgan. «Ikki baronessa» (1849) romanida tabaqalashtirishga asoslangan jamiyatni tanqid qiladi. 
Andersenning juda ko‘p ertaklari («Irkit o‘rdakcha», «Qirolicha» va b.) o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

''Yosh kitobxon'' kitoblari