August 24, 2020

Ivan Turgenev

(1818-1883)

Ivan Sergeyevich Turgenev [1818.28.10 (9.11), Oryol — 1883.22.8 (3.9), Parij yaqinidagi Bujival qishlogʻi; Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Peterburg untining falsafa ftini tugatgan (1837). T.ning dastlabki romantik sheʼrlari va "Steno" dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. T.Peterburgdagi oʻqishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik filol. boʻyicha maʼruzalar tinglagan. 1841 y. Moskvaga kaytib kelgan, N.V.Gogol, S.T.Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shugullana boshlagan. T.ning shu kezlarda yozgan "Parasha" dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi.

T. 1844 yilda "Andrey Kolosov" qissasini, keyinroq krepostnoylik xulqatvorini tasvirlovchi "Pomeshchik" dostoni (1846), "gʻayritabiiy" hisoblangan kishining qipqizil xudbin ekanligini fosh etuvchi "Uch surat" (1846) va "Breter" (1847), shuningdek, gogolona hajviy ruh bilan yoʻgʻrilgan "Petushkov" (1848) qissalarini eʼlon qilgan. T. 1847 yildan boshlab Parijda yashaydi. Shu yili "Sovremennik" ("Zamondosh") jurnali da chop etila boshlagan "Ovchining maktublari" asari bilan T. ijodida yangi davr boshlangan. T. turkum hikoyalardan iborat bu asarida rus dehqonlariga xos ezgu va olijanob fazilatlarni tasvirlagan. U tasvir etilayotgan qahramon yeki voqeaning mazmunmohiyatidan kelib chiqqan holda maishiy ocherk, hikoya, psixologik novella, lirik etyud singari nasriy janr shakllaridan unumli foydalangan. T. ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham kalam tebratib, "Sarmoyasizlik" (1846), "Yoʻlboshlovchining nonushtasi" (1849 yilda sahnalashtirilgan) bir pardali hajviy pyesalarini, "Boʻydoq" komediyasi (1849), "Tekinxoʻr" maishiy dramasi (1849) va "Qishloqda bir oy" liropsixologik dramasi (1850) ni yozgan. Shundan soʻng "Mumu" (1855), "Ortiqcha kishining kundaligi" (1850), "Yakov Pasinkov", "Karvonsaroy" (1855) va "Yozishma"(1856) singari qissalarini yaratgan. 1852 y. "Ikki avlod" romani ustida ish olib borgan, ammo asar nihoyasiga yetmagan. Rossiyaga qaytgach (1850), SpasskLugovinovo qishlogʻida yashab, eng yaxshi asarlaridan biri — "Rudin" romani(1856) ni yozib tugatgan. Ushbu romanda Gegel falsafasiga mahliyo boʻlgan dvoryan ziyolilarining 30—40-yillarda rus jamiyatining maʼnaviy hayotida tutgan oʻrni badiiy taxlil egilgan.

50-yillarning oʻrtalarida yozilgan "Faust" (1856) va "Polesye safari" (1857) qissalari T.ning "Dvoryanlar uyasi" romani (1859) ning maydonga kelishida etyud vazifasini bajargan. T. bu asarida Pyotr I dan keyingi dvoryanlar Rossiyasidagi tarixiy taraqqiyotning turli davrlariga nazar tashlagan va Lavretskiylar sulolasi tarixi misolida avlodlarning almashinish jarayonini kuzatgan. Shaxsiy baxt va burch oʻrtasidagi ziddiyatlar asarning maʼnaviy kolliziyasi sifatida tasvirlagan. "Dvoryanlar uyasi" T. ijodining barkamol namunalaridan biri boʻlib, unda 2 oy ichida boʻlib oʻtgan voqealar T.ga xos katta mahorat bilan aks ettirilgan.

T. "Rudin" va "Dvoryanlar uyasi" romanlari bilan rus realizmining mashxur namoyandalaridan biri sifatida shuhrat qozongan. U 60-yillarning boshlarida, avvalgi romanlaridan farqli oʻlaroq, "Arafa" (1860) da zamonaviy mavzuga murojaat etgan va rus jamiyatida boshlangan ruhiy uygʻonish jarayonini badiiy kuzatishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. T. "Otalar va bolalar" romani (1862)da bu gʻoyani yanada rivojlantirgan. Bosh kaxramon Bazarov obrazida DM.Pisarevt xos xurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Mazkur asar rus jamiyatida ilgor sinf hisoblanib kelingan dvoryanlar sinfiga qarshi qaratilgan. Bazarov jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki shu chiriy boshlagan jamiyat poydevorini tagtugi bilan buzish va yangisini barpo etish tarafdoridir. T. Bazarovdagi ana shu nigilizm (barcha narsalarni inkor etish)ni tasvirlash orkali rus inqilobchiligiga xos salbiy jihatlarni, birinchi navbatda, tarixiy jarayon qonuniyatlari bilan hisoblashmaslikni Oktyabr tuntarishidan 55 yil muqaddam bashorat kilgan. "Otalar va bolalar" romani rus adabiyotshunosligida T. ijodining choʻqqisi sifatida talqin etiladi. Mazkur asarda rus voqeligi, T. ning boshqa asarlariga qaraganda, ayniqsa, keng qamrab olingan.

1861 yilda krespostnoylik islohotining oʻtkazilishi rus jamiyatini ikkiga ajratib yubordi. Chor generallari va aristokratlaridan iborat dvoryanlar guruhi islohotga qarshi chiqib, eski krepostnoylik tartiblarining tiklanishini orzu qildi. T. "Tutun" romani (1867)da zodagonlar muhitida avj olgan ana shu aksilharakatni asarga mavzu qilib olgan.

T. hayotining soʻnggi 20 y.i xorijda oʻtgan: dastlab BadenBadenda, soʻngra Parijda yashagan. U shu davrda mashhur fransuz yozuvchilari va sanʼatkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlib, hatto 1878 yilda Parijda oʻtkazilgan xalqaro yozuvchilar anjumaniga V. Gyugo bilan birga rahbarlik qilgan. 60-yillarning 2yarmi — 70-yillarda T. "Brigadir" (1868), "Choʻl qiroli Lir" (1870), "Bahor toshqinlari" (1871) singari qissalarini, "Qoʻriq" (1877) romani va boshqa bir qancha asarlarini yozgan.

Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

''Yosh kitobxon'' kitoblari