August 26, 2020

Ezop

(VI asr)

Tahrirlash

Ezop (miloddan avvalgi 6-asr) — yunon masalchisi. Rivoyatlarga qaraganda, E. frigiyalik qul boʻlib, soʻng ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda boʻlgan, Delfada oʻldirilgan. Antik davrda maʼlum boʻlgan deyarli barcha masallarning syujeti E.niki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi 4—3alardan boshlab toʻplangan va "Ezop masallari" kitobiga kiritilgan. Milodiy 10— 15-asrlardagi qoʻlyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan.
E. masallari gʻoyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) oʻta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan; tili sodda, jonli tilga yaqin. E. masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-asr)dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovtacha E. masallari syujetini davrga moslab ijodiy rivojlantirganlar.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Ezop 400 ga yaqin masal bitgan.
Ezopning nomi birinchi marta Herodot (V asr) asarlarida yo‘l-yo‘lakay tilga olinadi. Herodot Ezopni yetarlicha mashhur bo‘lgan tarixiy shaxs sifatida tasvirlaydi va quyidagi to‘rt sifatni keltiradi:
1. Ezop masalchi edi.
2. U Samos orolida yashagan va Iadmon ismli kishining quli bo‘lgan.
3. Ezop taxminan miloddan avvalgi 560 yillargacha yashagan.
4. Uni qandaydir sababga ko‘ra Delfada o‘ldirishgan.

        Birov Ezopning yoniga kelib «Sen haqingda shunday yomon gaplar aytishyaptiki…» — dedi va eshitgan gaplarini bir boshdan gapirib berdi. U gapini tugatgach Ezop dedi: «Xanjar yasovchilar emas, o‘sha xanjarni qo‘liga olib odamlar joniga qasd qilayotganlar qotildir; men haqimda bo‘lmag‘ur gaplarni to‘qiyotganlar emas,  ularning ig‘volarini boshqalarga aytib yurgan,senga o‘xshagan kimsalar, ig‘vogardir».

''Yosh kitobxon'' kitoblari