August 26, 2020

Vasiliy Shukshin

(1929-2974)

Rus yozuvchisi, kinorejissyor, ssenarist. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1969).
Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Qishloq odamlari» (1963). 1964 yilda Shukshin ssenariysi asosida «Shunday yigit yashaydi» filmi suratga olingan va ushbu kartina Venetsiyada bo‘lib o‘tgan 16-Xalqaro kinoforumda «Oltin sher» mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Shukshinning «Lyubavinlar» (1965) romani, shu roman asosida ishlangan «Lyubavinlarning tugatilishi» (1972) filmida, Stepan Razin hayoti va uning kurashiga oid «Sizga erkinlik bergani keldim» kinoromanida (1971), «Xarakterlar», «Sizning o‘g‘lingiz va akangiz» (1966), «G‘aroyib kishilar» kabi kartinalarida insonning teran ichki kechinmalari, orzu va umid sari talpinishlari, ba’zi bir kimsalarda uchraydigan meshchanlik falsafasining fojiaga olib kelishi mahorat bilan tasvirlangan.
Shukshinning adabiyot va kino sohasidagi faoliyatida turli toifa kishilarining yorqin obrazlari yaratilgan. Shukshinning badiiy adabiyot va kinodagi uslubi ishontirish san’atining kuchi bilan chuqur hayotiylik kasb eta olgan.
Shukshin S. Gerasimovning «Ko‘l bo‘yida» filmidagi Chernix rolining ijrosi uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1971). «Ular Vatan uchun jang qildilar» filmini suratga olish chog‘ida to‘satdan vafot etgan.
Ayrim asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

''Yosh kitobxon'' kitoblari