August 27

Eternal bond

13 qism

Bir kunda hayotim shunchalik o'zgarib ketadi deb kim o'yladi deysiz. Jimin akam bilan hammasini hal qilib olibdi. U dadil.. Aytganini qiladigan yigit.. Agar Jin ham mening qarshiliklarimga qaramay avvalroq akam bilan gaplshganida. Bularning bari yuz bermagan bo'larmidi?
Hozir huddi shu o'ylar bilan yo'l chetidan uyim tomon harakatlanmoqdaman.. Hayollarimni yonginamda to'xtagan mashina to'zon misol to'g'atib yubordi. Eshik ochilib ko'zlari qonga to'lgan Jin jahl bilan tushib keldi.

Jin: AREUMI

U ismimni aytib qichqirar ekan tikka bo'lmagan tukim qolmadi. Jinni jahli chiqqanda juda dahshatli. Ayniqsa vaziat men bilan bog'liq bo'lganda. Ikki yelkamni siltalab mendan hisob so'ray boshladi

Jin: ESHITGANLARIM ROSTMI. SEN OSHA MARAZ BILAN TURMUSH QURAYAPSANMI? YETMAGANIGA U BILAN BIR TUN HAM O'TKAZDINGMI? AYT NEGA? NIMA UCHUN BUNDAY QILDING? QANDAY QILIB BIZGA BUNI RAVO KO'RA OLDING. GAPIR

Uning ko'zlari shu darajada qonga to'lgan ediki qo'rquvimni tasvirlashga ojizman. Nima bo'lganda ham menga bunday muomila qilishga haqqi yo'q. Hozir qo'rqoqlik vaqti emas. Endi ustunlik meni qo'limga o'tdi. Uni qo'llarini siltab tashladim va ovozimni unikidanda yuqori qilib ko'ksini mushlab qichqira boshladim

Areumi : SIZ MENGA NIMA QILGAN BO'LSANGIZ MEN HAM SHUNDAY QILDIM. BIZNI MUNOSABATLARIMIZ ALLAQACHON YAKUNLANGAN. HOHLAGAN INSONIM BILAN HOHLAGAN ISHIMNI QILA OLAMAN. HUDDI SIZDEK. HA JIMIN BILAN BIRGA BO'LDIM. U JUDA YOQIMLI..

JIN: BAS QIL.. BAS QIL..
GAPIRIMA

AREUMI: ENDI JUNGKOOKGA TEGISHLIMAN. BORLIGIM RUHIM TANAM BARI BARI UNIKI. BIZ

Yuzimga tekkan tarsaki zarbidan achishishni his qildim. Yuragimda bir tola uzulganday bo'ldi. U hozir menga qo'l ko'tardi..

Areumi : S. S..... Siz

Yuzimni ushlab unga hayrat bilan tikilar ekanman uning ko'zlari ham allaqachon qizarib namlanib bo'lganini ko'rdim. Qilmishidan og'ir ho'rsinib labini tishladi. Men butunlay to'kildim.. Qalbim yonayapti.. Naxot menga joni achimasa

Shumi uning sevgisi.. Yuragimda saqlanib qolgan zarra muhabbat uchqunlari ham so'nib bitdi. Qalbimda senga boshqa o'rin yo'q Kim Seokjin..

Jin : bizdan shunchalik oson voz kechasan deb o'ylamagan edim. Bir yigit qo'yniga o'zingni shunchalik oson topshirishingni bilmagan ekanman. O'sha fohishlardan seni nimang kam?
Bu gaplar keragidan oshib ketdi.. Endi tarsaki tushurish navbati meniki

Areumi : Nafratlanaman... Qaniydi ismingizni ham siz bilan bog'liq barcha hotiralarni unitib yuborsam.. Qaniydi siz bilan uchrasmasam. Qaniydi sizni sevib qolmasam. Baribir bunga arzimas ekansiz.. Arzimas inson uchun bekorchi Vaqt sarflamas edim..

Jin: Sen..

Gapini tugatishga ulgurmay yuziga og'ir musht tushdi

Jm : Sen hayvon. Undan uzoq tur

Jimin vajohati Jinga qaraganda 2 barobar kuchliroq edi.
Men yana qo'rqa boshladim. O'zim uchun emas. Qoni qaynoq ikki yigit jahl ustida bir biriga og'ir jaroxat yetkazishidan.

Jiminning qo'lidan mahkam ushlab o'zim tomonga tortdim Jindan uzoqlashtirmoqchi bo'ldim

Areumi: J....Ji....Jimin Jimin iltimos boldi toxta

Biroz hovuri bosilganday bo'ldi meni o'ziga qaratib yanoqlarimni mayin silay boshladi. Ko'zida havotir sevgi ufurib turardi. Bu qarash meni ado qiladi.. Seni sevuvchi sen haqingda qayg'uruvchi insoning bo'lishi qanday go'zal tuyg'u. O'zimni ayni vaziatda baxtlidek his qilayapman.

Jm : yaxshimisan. Senga hech nima qilmadimi?

Ayni damda uni mahkam quchib bag'rida bor ko'z yoshlarimga erkinlik berib to'yib yig'lashni istayman. Huddi kichik qizchani biror kim ranjitsa yugurib otasiga shikoyat qilib o'sha odamni chaqib beradigandek. Men ham Jiminga meni hafa qilganlarni ismlarini aytib chaqmachaqarlik qilishni istayman. Afsus bu vaziatda buni iloji yoq.

O'zini o'nglab olgan Jin Jiminni o'ziga qaratib javob zarbasini berdi

Areumi: Jimin...

Yuragim ko'ksimdan otilib ketay deyapti. Oyoq qo'lim butun badanim qaltrab og'ir nafas olayapman.. Yoq yoq hozir emas. Areumi..... Borgan sari nafasim qisib yurak urishim tezlashib ketayapti. Chetdan qaralsa Huddi dunyoda kilorot qolmay ohirgi havoni to'yib to'yib yutayotganga o'xshayman. Ko'ksimda kuchli og'riq. Huddiki qattiq mushlasam ogriq o'tib ketadiganday ko'ksimni mushlayapman. Yoq boshqa ko'tara olmayman. Ohirgi aytgan so'zim Jiminni ismi edi

Areumi : Jimin

Areumi yerga quladi. Bir birini burdalashga tayyor bo'lib qirpichoq bo'layotgan ikki yigit bor etiborlarini yerda yotgan qizga qaratishdi. Jimin qanday qilib Areumk oldida paydo bo'lib qoganini ham sezmay qoldi. Yerda yotgan Areumni avaylab quchog'iga olib yuz ko'zlarini silab o'ziga kelishini yolvora boshladi

Jimin: Areumi. Yagonam.. Senga nima bo'ldi. Iltimos meni qo'rqitma ko'zlatingni och..

Jimin sho'kka tushib qoldi. Qora ko'zlaridan yoshlar dumalab tusha boshladi. Jin ham ular oldiga joylashdi. Areumiga teginmoqchi bo'lganida Jimin qizni yanada mahkam bag'riga kiritib unga qichqirdi

Jm : Yaqinlashma. Hammasiga sen aybdorsan.

Jin : uni bunday olib o'tirishingda undan ayrilib qolishimiz mumkun. Uni kasalli huruj qilgan hoziroq shifoxonaga olib borish kerak

Jin mashinasini o't oldirdi. Jimin Areumni mahkam quchgancha mashina orqa o'rindigida o'lib qolmasligini so'rab yalinib achchiq ko'z yosh to'kib ketardi. Jin kichik oynachadan ularga bir bir nazar tashlab qo'yardi. Rashk va alamdan yonsada. Baridan Areumi hayoti muhum. Muhumi u yashab qolsin

Jm : Yordam bering iltimos

Jimin qo'lidagi qizni shifokorlar ko'magida to'g'ri aperatsiya xonasiga olib kirib ketishdi. Bir burchakda hissizlarcha bir nuqtaga tikilib turgan Jimin Jinni devorga titrab yoqasidan oldi va

Jm : Agar unga biror nima bo'ladigan bo'lsa. Seni omon qo'ymayman.

Yigit qo'lini siltalab o'zidan uzoqlashtirdi va

Jin : U nafas olmas ekan. Mening yashashimdan mani yoq. U yo'q dunyoga ikkilanmay nuqta qo'yaman..

Mana oradan bir oy muddat o'tdi. Osha muthish kundan buyon Jinni qarshimda ham atrofimda ham ko'rmadim. Kasalim ham kerakli payt huruj qilganday. Aks holda bu ikkisi bir birini o'ldirishga ham borishardi. Aytgancha menda "taxikardiya" kasalligi bor. Biror nimadan qo'rqsam qattiq asabiylashsam nafasim siqib yurak urishim tezlashib ketadi. Bu juda og'riqli.. His qilganlarimni tasvirlab berish ancha mushkul.. Baribir ham ko'nglim biroz gash. Jinning tinch yurishi. Bo'ron oldidan bo'ladigan sokinlikka o'xshaydi. Uni yaxshi bilaman o'ziga tegishli narsani birovga osonlikcha berib qo'yadiganlardan emas. Ammo Jiminchi. U juda boshqacha. Doim menga mehribonchilik qiladi. Hech kim bera olmagan his ettira olmagan mehrni muhabbatni u bilan his qildim. Yuzimga shunday yoqimli tabassum iladiki uni ko'rib tabassum qolmaslikni iloji yoq. Dunyoda shunday mehribon inson borligiga ishonish qiyin. Lekin bunday inson bor va u mening sevgilim. Bir kundan so'ng turmush o'rtog'im. Yillar o'tib farzandlarim otasi bo'ladi. Shularni o'ylar ekanman doim keng tabassum qilaman. Qanday Yoqimli to'g'rimi?

U bilan o'tkazgan har bir soat har daqiqam har onim yoqimli va unitilmas. Kech bo'lsa ham orzu qilganimdek insonni uchratganimdan hursandman. Men uchun Jimin eng to'g'ri tanlov... Avvalroq u bilan uchrashmaganimdan yoqimli ko'proq lahzalarni kechirish imkoni qo'ldan boy berganimni o'ylab ba'zida g'amga botaman. Muhumi bu emas. Muhumi biz uchrashdik va birgamiz. Endi doim birga bo'lamiz. Hech qanday vaziat hech qanday kuch Bizni ayira olmaydi. Albatta o'lim bundan mustasno. Ruhim tanamni tark etsa ham Ruhim doim u bilan bo'ladi. Shu bir oy Vaqt ichida unga shunchalik oshiq bo'laman deb o'ylamagan edim. Huddi avvaldan qalbim unga tegishli bo'lgandek. Yuragim ham faqat uning ismini aytib urganday..

Areumi : xatmi? Qiziq kimdan bo'ldi ekan..

Erta tongdan unga qanday hat kelganiga qiziqib yotog'iga joylashib uni ochib ko'ra boshladi

Xat..

Bilaman seni bezovta qilishim g'alati Ammo iltimos shuncha yillik sevgimiz haqqi ohirgi bor gaplashib olishga imkon ber. Seni doimgi sen borishni yoqtiradigan o'sha bog'da kutaman.

Jin

Areumi: Bu.. Qiziq u nima haqida gaplashmoqchi ekan. Yuragim notinch bo'layapti. Axir ertaga to'yim. Yangi xayotga qadam qo'yaman. Ortiqcha tushunmovchiliklar bo'lmasligi uchun so'ngi bor u bilan gaplashib olaman. Borganim bo'lsin

~

Areumi : Salom

Jin : Salom

Areumi : Xosh Men bilan nimani gaplashmoqchi edingiz. Kop qola olmayman.. Bilasiz ertaga to'yim tayyorgarlik ko'rishim kerak.

Jin: Kop vaqtingni olmayman. Iltimos o'tir

Ikkisi bog'dagi o'rindiqlarda yonmayon so'zsiz daraxtlarga termulib o'tirishar ekan Jin xotira daftarini varoqlay boshladi

Jin : Eslaysanmi Mana shu yerda o'tirib to'yimiz kelajagimiz haqida hayol surgandik

Jin ko'z o'ngida o'sha eski hotiralar gavdalana boshladi.

Areumi : Bilasizmi Jin

Qizni gaplarini ohirgacha eshitmay mazahlab kula boshladi

Jin: Bilmayman.

Hafsalasi bir bo'lgan qiz qo'llarini ko'ksiga bog'lab yigitga teskari qarab o'tirib oldi. Qizning yosh bolacha Yoqimli qiliqlariga labiga yanada keng kulgu ildi va qizni bag'riga olib uni erkalay boshladi

Jin: Aytmasang qayerdan Bilaman.. Xo'sh nima haqida gapirayotganding

Areumi: pff endi aytmayman.

Jin kulgancha qizni yanada qattiq bag'riga bosdi va

Jin : kelajakda qizimiz bo'lsa huddi sendek yoqimtoy va erkatoy bo'ladi.. Yana juda ham go'zal

Areumi: Ona bo'lishdan avval kelin bo'laman. Dunyoning eng go'zal kelini... Oppoq libosda huddi oqqush kabi go'zal kapalak kabi nozik bo'lib ko'rinaman. Yana bizning to'yimizga juda Ko'p insonlar tashrif buyurdi. Hech qachon hech kimning yodidan chiqmaydigan to'y bo'ladi mana ko'rasiz

Ha bu hotiralar yoqimli ammo endi ularni eslashdan nima mani?

Areumi : Afsus bu orzular siz bilan ushalmaydigan bo'ldi. Albatta o'z aybingiz bilan..

Jin: Senga rahmat aytmoqchiman. Birga o'tgan barcha yoqimli damlar uchun. Sevgingni his ettirganing uchun. Baxtli bo'l Areumi. Seni tariflab bo'lmas darajada kuchli sevaman
Chuqur ho'rsinib ketish uchun shaylandi.

Areumi : Alvido Jin

Sumkasini olib o'girilib keta boshladi. Ortidan kelgan ovoz tufayli bir zum yurishdan to'xtab qoldi

Jin : Jiminning qilmishlari javobsiz qoladi deb o'ylaysanmi? O'sha qizni Jimin bizni ayirish uchun jo'natgan ekan..

Oʻsha kuni

Jm : Mana bu seni o'ljang. Shunday qilginki qiz uni yuziga hatto qayrilib ham qaramasin

Qiz : Hammasi siz xohlagandek bo'ladi.

Qiz : ish bitdi

Jm: Agar ishini chala qilgan bo'lsang mendan bir tiyin ham ola olmaysan

Qiz : bari siz istaganingizdek. Qiz uni hech qachon kechirmaydi.

Bu gaplarni eshitib Jimindan ayiriladi deb o'ylayaptimi? Hozir vaziat boshqa bari bari o'zgargan. Jiminni shundayligicha boricha Hato kamchiliklariga qaramay sevaman. Albatta bu ishni meni sevgani uchun qilgan. Soniyalar o'tmay Jinga sovuq tarzda javob qaytardim.

Areum : Buning endi nima ahamiyati bor.. O'tmish endi meni zarracha ham qiziqtirmaydi. Bari o'tib ketdi.. Xayr Jin

Ketish uchun endi o'girilmoqchi edim hamki bo'yin qismimga sanchilgan shiprsdan yuzlarim burushdi. Butun tanam bo'shashib o'zimni anglolmay qoldim.

Jinning yuziga tik boqib birgina so'z ayta oldim halos qolgani
esa zulmat.. Meni yana nimalar kutib turgani Qorong'u bo'lgani kabi.. Zulmatga cho'mib uyquga ketdim.

Areum : nega?

Qizning tanasi yerga yiqilmasligi uchun bellaridan mahkam tutib qolgan yigit uni eshitmasligini bilsada hotirjam shivirladi

Jin : Men his qilgan azoblarni Jimin ham his etishi kerak.
Kechir meni Areum. Seni sevaman