𝗣𝗮𝘁𝗵 𝗼𝗳 𝗗𝗲𝘀𝘁𝗶𝗻𝘆
1 qism
Hayot — shamolday beqaror. Har daqiqa yangi burilishlar, yangi sinovlar va kutilmagan uchrashuvlar olib kelishi mumkin. Inson esa faqat yuragi sezgan yo‘lni tanlaydi… va taqdir uni qayerga olib borishini bilmaydi.
Maktab formasini shoshilgancha kiyayotgan qiz goh soatga goh tashqariga qarab qo‘yardi. Kiyimlarini shoshib kiyganidan hatto koftasini teskari kiyganini ham bilmay qoldi.
Yuna koftasi to‘g‘irlab qaytatdan kiydi. Sochlarini esa yig‘madi. Turmak va pardozga esa hojat yo‘q. Shusiz ham u juda chiroyli.
Tashqaridan ikki marta signal ovozi kelgandan keyin Yuna sumkasini har qayerdan qidira boshladi.
Yotoq chetida yotgan sumkani ko‘rgandan so‘ng uni va stol ustida turgan telefonini oldi va xonasidan otilib chiqdi. Zinalar bo‘ylab pastga tez tez qadamlar bilan tushdi
Yuna: Kech qolyapman oyijon xayr
Yuna yugurib borib oyisini yuzidan o‘pib quchoqladi va uy eshigidan tashqariga chiqdi.
Mashinada ichida qora ko‘zoynak taqqancha turgan qiz mashina rulini qo‘llari bilan urib turardi.
Yuna chiqishi bilan chuqur nafas oldi.
Mashina ichidagi qiz sekin ko‘zoynagini tushirdi va qizni sinchikovlik bilan kuzatdi
Yujin: Ko‘rinishingdan yana uxlab qolganga o‘xshaysan
Yuna mashinaga o‘tirishi bilan sumkasini mashinani orqa o‘rindig‘iga tashladi
Yujina mashinani o‘t oldirdi.
Yuna: Menga mashinada kelishing haqida gapirmaganding
Yuna : U mashinasini hech kimga bermasdiku. Bu mashina xuddi uni xotinidek edi
Yujina: Yalinib bir kunga so‘rab oldim. Bergisi kelmaydi. O‘z singlisidan ham qizg‘onadi.
Yujina: Bugun maktabingdan ham o‘zim olib ketaman. Yana hech qayoqqa ketib qolma.
Yuna shu bilan telefoniga sho‘ng‘ib ketdi.
Han Yujina -18 yosh. Boy oila farzandi. Oilasida eng erkatoy farzand. Oilada 2-farzand. Undan keyin farzandlar yo‘q
Kang Yuna -18 yosh. U ham boy oila farzandidan. Yolg‘iz farzand.
Ikki dugona boshqa boshqa maktablarda o‘qishadi.
Yujina mashinani maktab darvozasi oldida to‘xtatdi.
Yuna: Darrovmi. Menimcha sen tez haydading
Yujina: Hechamda 100 dan o‘tkanim yo‘qku
Yuna:bo‘pti bo‘pti. Men kettim
Yuna mashinadan tushib orqa o‘rindiq eshigini ochdida u yerdan sumkasini oldi. Yuna mashinadan uzoqlashar ekan mashina ichidan baqirgan ovoz eshitildi. Yuna orqasiga qarab boshini qimirlatib maktab darvozasidan ichkariga kirdi
Yuna airpodsini oldida quloqlariga taqib sinf xonasi tomon yo‘l oldi. Yon atrofda esa qolgan maktab o‘quvchilari bir birlari bilan gaplashar,kulishishar tortishishar edi. Yuna hech nimaga etibor bermay sinf xonasiga olib boradigan yo‘lakdan ketardi. Hozir mart oyi. O‘qish tugashiga esa 2 oy qoldi. Bu yil Yujina va Yuna maktabni tugatishadi. Yuna sinf xonasiga kirib deraza oldida bo‘lgan partasiga joylashdi. Har tong maktabga keladigan paytida musiqa eshitish Yunani kayfiyatini ko‘tarishiga sabab bo‘lardi. U yonidagi derazani ochdi. Deraza ochilishi bilan shamol uni yuziga urildi. Shabada Yunani yuzini xuddi qitiqlagandek u kulib qo‘ydi.
O‘qituvchi: Qani bolalar barchamiz joyimizni egallaymiz.
Yuna derazani ochiq qoldirib joyini egalladi.
O‘qituvchi: Qani darsni boshladik. Bugun algebradan sinuslar teoremasini takrorlaymiz
O‘qituvchi doskaga sana va mavzuni yozishni boshladi.
Yuna ham daftariga mavxuni yozishga kirishdi.
Shu payt xonaga bir yigit kirib keldi.
X: Meni direktor yubordi. Shu sinfda o‘qir ekanman
O‘qituvchi: Janob Lee aytgan bola senmisan. Mayli kel.
O‘qituvchi: Oldin o‘zingni tanishtir
X:Ismim Jeon Jungkook. Bo‘ldimi endi qayerga o‘tiray
O‘qituvchi: Qizni ko‘ryapsanmi o‘shani orqasidagi joyga o‘tir
Jungkook partalar yonidan o‘tar ekan qizlar undan ko‘zini uzmasdi.
X: Dongjin maktabidan haydalgan bola shu ekanda.
Jungkook esa ularga qaramasdan o‘z joyiga joylashdi.
Yuna esa bir doskaga bir daftariga qarab yozardi xolos
Shu payt orqa tomondan kimdir uni sochini tortdi
Jungkook:meni kimligimni bilasanmi
Yuna : Aqldan ozdingmi,sochimni tortib keyin beradigan savolingni qara. O‘zi hozir keldingku yana kimman deb so‘rashinichi
Jungkook: Demak bilmas ekansan. Dugonalaring biladi chog‘i. Ulardan so‘rab olarsan
Yuna: Sen bilan ishim yo‘q. Bilishni esa xohlamayman
Jungkook: Hali afsus qilasan qizaloq
Yujina maktabga borish o‘rniga yana o‘sha unga tanish bo‘lgan shaxar arxivi tomon yo‘l oldi. Eshikdan kirib yana o‘sha tanish qiyofani ko‘rdi.
Mia: Salom xonim. Yana shu yerdasiz
Mia :2 soatdan keyin keladilar. Iltimos o‘tkan safargidek bo‘lmasin. Bilishlariga sal qolgandi.
Yujina o‘tkan voqeani eslab kulib yubordi.
Yujina arxiv malumotlarini titkilar ekan ancha qorong‘ulashib qolgandi. Lekin hali hamon u shu yerda. Miani bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan "10 daqiqa " degan bahona bilan qolayotgan Yujina ishiga kirishib ketgandi. Birdan xona chiroqlari o‘chib eshik taq etib yopildi. Bu ovozdan esa Yujina cho‘chib tushdi.
Yujina eshik tomon qadam tashlar ekan xona qonrong‘u bo‘lgani uchun yerda yotgan qutilarga 2marotaba qoqilishga ulgurdi. Shundan keyingina u telefonini fonarini yoqdi.
Eshik qulf edi. Yujina sekin qulog‘ini eshikka qo‘ydi. Eshik orqasida esa Mia va boshlig‘i gaplashishar edi.
Mia boshlig‘i kelgani uchun Yujinani ko‘rib qolmasin deb eshikni qulflagandi.
Shu bilan 1,5 soatdan keyin eshik ochildi. Mia eshikni ochgandan keyin varoqlar bilan uxlab qolgan Yujinani ko‘rdi.
Yujina :bo‘pti 1 soatda chiqaman.
Yujina kalitni olib arxiv eshigini ochdi. To‘xtab qolgan joyidan boshlab yana xujjatlarga nazar tashlay boshladi
Yujina pov:
Mana deyarli 1 haftadan beri men ularni qidiryapman. Arxivda ham kunim yeldek o‘tyapti. Qachon topaman.
Yujina yana shunday deb tug‘ilish malumotlarini qidira boshladi
Yunaning maktabida 1 soat tugadi. Suna partasidan turib Yunani partasini yoniga keldi.
Suna: Tur hozir jismoniy tarbiya darsi narsalarimizni kiyishimiz kerak.
Yuna o‘rnidan turishi bilan Jungkook unga gapirdi.
Jungkook: Menga kiyinish xonasini ko‘rsata olasanmi. Xar xolda yangiman
Suna: Albatta biz bilan yuring
Yuna : Bizga nima o‘zi topib olsin
Suna: U yangi. Bilmaydi. Yordam berishimiz kerakku
Ular orqasidan erashiyotgan Jungkook ularni suhbatini eshitib miyig‘ida kulib qo‘yardi.
Ular yo‘lak bo‘ylab chapga burilishdi.
Suna:hozir to‘g‘ri borsangiz oxirgi eshik
Jungkook ko‘rsatilgan xonaga kirib ketdi
Yuna: Biz ham narsalarimizni tezroq kiyaylik. Kech qolsak yana urushadi
Suna va Yuna xam kiyinish xonasiga kirishdi.
Barcha qizlar kiyim almashtirar ekan Suna va Yuna har doim kiyim almashtiradigan joylari yani kiyimlari ilingan burchakka borib kiyim almashtirishni boshlashdi
Suna: Beraver ahir bilasan hamma narsani bilaman
Yuna: Jungkook kim o‘zi. Menga kimligingni bilasanmi deb savol berdi. Xuddi uni hamma taniydi
Suna: Naxotki bilmasang, Jungkook xavfli bezorilardan biri. Aytishlaricha u eski maktabida kimnidir o‘latdek do‘pposlagan ekan. Shuning uchun uni maktabdan xaydashgan
Yuna: Lekin uni nega bizni maktabga qabul qilishdi. Axir u zo‘ravon. Uni bolalar koloniyasiga jo‘natishlari kerakku
Suna: Bu haqida xabarim yo‘q. Bilganlarim shu xolos.
Qizlar kiyinish xonasidan chiqib sport zal tomon yo‘l olishdi. Kirishlari bilan tizilib turgan yigitlar bor edi. Qizlar yugurib borib qatorga qo‘shilishdi.
O‘qituvchi: Bugun basketbol yoki voleybol tanlanglar
O‘quvchilar:basketboll.basketbol
O‘quvchilar orasidan volleybol degan ovoz chiqsada lekin basketboll ovozi buni bosib ketardi.
O‘quvchi:Demak basketbol. Unda jamoaga bo‘linamiz. 2 ta.
Qani jamoa sardorini tanlanglar.
Qatorda turgan Jake
Jungkookga gapirdi:
Jake: Balki sen bo‘larsan. Eshitishimcha basketbolda mohirsan
Jungkook qatordan 1 qadam oldinga chiqdi
Qatordan yana bir yigit chiqdi
O‘qituvchi: Demak Jungkook vs Yeonjun.Endi ikkilangiz ham jamoangiz uchun azolar tanlang.Ular navbat bilan qatorda turgan o‘quvchilarni tanlay boshlashdi. Yigitlar soni tugadi. Endi navbat qizlarga
Yeonjun koʻrsatkich bormogʻi bilan Sunani koʻrsatti
Jungkook Yunaga ishora qilardi
Yuna yon atrofga qaradi.
Jungkook:ha sen,isming Yuna edimi
Yuna Jungkookni kamandasiga qo‘shildi
Yuna pov:
O‘zini katta tutishinichi buni,xuddi bu yerni sotib olgandek.
Hamma o‘z joyini egalladi. Jamoa boshliqlari o‘rtaga turib olishdi. Murabbiy esa ularni yoniga kelib koptokni ushlab turardi. U koptokni tepaga otib hushtak chaldi. Ikki yigit tepaga sakrab koptokni o‘zlariga olish uchun harakat qilishar ekan,Jungkookning bo‘yi balandlik qilib ustuvorlikni qo‘liga oldi. Tezda koptokni olib yerga utib urib o‘z jamoasindan bo‘lgan Jakega berdi. O‘zi esa koptok tushishi kerak bo‘lgan savatni yoniga borib oldi.
Jakeni esa bu vaqtda narigi jamoadagi Yeonjun chalg‘itishga urinardi.
Jake koptokni mohirlik bilan o‘ynatib, sakrab Jungkookga otdi. Jungkook uni ilib olib savatga tushirdi.
Dastlabki holat. Koptok bu safar Yeonjunni qo‘lida edi. Lekin Yeonjun sal xato qilib koptokni qo‘lidan chiqarib yubordi. Yuna koptokni ushlab oldi.
Yuna unga qarab gapirayotgan Jungkookga emas Jakega koptokni otdi. Jake koptokni o‘ynatib savatga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Jungkook: Nega menga otmading. Axir menga ot dedimmi nimaku. Yo qulog‘ing og‘irroqmi
Yuna unga etibor ham bermay joyiga bordi.
Bu safar ham o‘yin qizg‘in davom etardi. Yuna esa koptok orqasidan u tomondan bu tomonga yugurardi. Negadir unga kimdir ismini aytgandek bo‘ldi. Shuning uchun u to‘xtab orqasiga qaradi. Shu paytda esa koptok u tomonda edi. Jungkook Yunani ismini aytib chaqirardi..ammo Herin eshitmay qoldi. Jungkook esa koptokni o‘zi borib oldi. Koptokni olib Yunani boshiga otdi. Koptok Yunani boshiga kelib urildi.Oradagi masofa qisqa bo‘lgani uchun koptok zarb bilan uni boshiga tegmadi.
Yuna: ayshsh. Qaysi axmoq qildi buni.......
Yuna boshini ushlab orqaga qarab Jungkookni yuziga qaradi
Yuna :sennn..-yuzlari g‘azabga to‘lib qizargandi.
Jungkook: Kamroq xayol qilish kerak,sen o‘yindasan.
Jungkook borib uni yonidan koptokni egilib olar ekan Yuna uni qorniga oyog‘i bilan tepdi.
Yuna sport zaldan chiqib ketdi.
Jungkook: Sen qiz hali shoshmay tur
Jungkook qornini ushlab qaytib tik turdi.
Yuna sport zaldan chiqib to‘g‘ri yuvinish xonasiga bordi. Eshikni qarsillatib yopgandan ichkaridagi qizlar cho‘chib tushishdi.
Baland chiqqan tovushdan qo‘rqib ketgan qizlar pardoz buyumlarini olib tashqariga chiqib ketishdi.Yuna oynaga qarab asabiylashardi.
Yuna : Bu Jungkook deganlari o‘zidan ketyapti shekilli. Men bilan o‘ynashish qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman. Koptokni menga otdimi. Ayshsh...boshim.
Yuna boshini ushlab o‘ziga o‘zi tinmay gapirardi...
Yujina nihoyat o‘ziga kerakli malumotnomani topdi.
Mina manzilni telefoniga yozib oldi.
Yujina: Bu yana bitta urunish, ish bermasa...
Yujina barcha malumotlarni joyiga qo‘ygancha xonadan chiqdi.
Yujina: Ha hozir dugonam bilan boraman.
Mia : Biror narsa chiqsinda. Shunga umidvorman.
Yujin mashinasiga mingancha o‘zining maktabiga yo‘l oldi
Yujina: Oyimga yetkazishmagan bo‘lishsinda qizingiz kelmadiku deb.....
Yujina hozir yashayotgan oilasiga qisman boqib olingan. U biladigan bitta narsa bor:
Uni kimdir shu oila eshigi tagiga qo‘yib ketgan. Tug‘ilgan kuniyoq.
Bu gaplarni u 1 oy oldin oyisi va dadasining suhbatidan eshitib qolgandi. Shundan buyon u haqiqiy oilasini qidiradi. Uni qiynayotgan yagona savol:
Meni aybim nima,nega mendan voz kechishgan....
Yuna tushlik qilish uchun maktab oshxonasiga yo‘l oldi. Ancha uzoqda joylashgan stolda o‘tirgan Suna unga qarab qo‘llarini silkirdi. Yuna o‘ziga ovqat olish uchun patnis bilan oshpaz yonida qatorlatib qo‘yilgan turli tuman yeguliklar oldiga bordi...
Patnisi ustiga o‘zi xohlagan yeguliklarni olar ekan uni oldiga Jungkook kelgandi. Uni ham qo‘lida patnis.
Yuna uni yuziga norozi ifoda bilan qaradi.
Jungkook:Seni bitta narsadan ogohlantirishim kerak
Jungkook: Yana meni sevib qolma
Yuna bu gapdan keyin butun tanasi bilan Jungkook tomon burildi.
Yuna: Xaddingdan oshmayapsanmi.
Jungkook: Nima xato gapirdimmi,kinolarda shunaqaku qizni qiynasa sevib qoladi
Yuna: Gʻirt axmoq ekansan,sendek jinnini sevib o‘libmanmi
Jungkook: Meni sevgan qizim bor..
Yuna: Sendek jinnini qaysi axmoq qiz sevgan ekanaa
Yuna sharbatlar turadigan joyga keldi. O‘ziga kerakli narsani ko‘rmagach asabiylasha boshladi.
Yuna :Inso opa nega meni yoqtirgan yogurtim yo‘q
Inso: Kechir u hozirgina tugab qoldi
Yuna stolda turgan 1tagina qolgan bananli yogurtga qo‘lini cho‘zdi.
Jungkook: Uni men olmoqchi edim, u meni yoqtirgan yogurtim
Yuna Jungkook tirjaygancha yogurtni olib unga uzatdi.
Jungkook endi olaman deganda Yuma qo‘lidagi yogurtni patnisiga qo‘ydi.
Yuna: Bilasanmi menga bananlisi ham bo‘laveradi.
Yuna patnisini olib Sunani yoniga borib o‘tirdi.
Jungkook esa yangi do‘stlarining oldiga yani Yunaning qarama qarshisidagi stolga joylashdi.
Suna: Nega bananli yogurt olding
Yuna :ee qulubnaylisi tugab qolibdi,shunga oldim
Yuna sekin ovqatni og‘ziga solishni boshladi
Suna: Axir men senga olib qo‘ygandim oxirgisini.
Suna ko‘zi bilan patnisda turgan 2 ta qulubnayli yogurtga ishora qildi.Yuna yeyayotgan ovqati tiqilib qoldi. Orqadan esa bu gaplarni eshitib turgan Jungkook Yunaga jahl bilan qarab turardi.
Yuna Jungkook unga qarayotganini ko‘rib bananli yogurtini ichdi. YUNA bananli yogurtni ko‘tarib Jungkookga qarab tirjaydi....
Darslar tugadi. Yuna sumkasini olib sinf xonasidan chiqar ekan eshik yonida telefonda gaplashayotgan Jungkookni ko‘rdi. Uning kayfiyati yaxshi ko‘rinardi. Buni uni kulib gapirishi bildirib turardi.
Jungkook: Chagiya meni qo‘y o‘zing yaxshimisan
Jungkook: Xaa,hozir nima qilyapsan
Yuna sekin uni oldiga keldi. Bildiki u sevgan qizi bilan gaplashyapti.Yuna Jungkookning orqasidan sekin bordida qulog‘iga qo‘yib gaplashayotgan telefoniga yaqinlashib, ovozini mayinlashtirib gapirdi;
Yuna :OOOOPPPPAAAAAA kim bilan gaplashyapsiz
Jungkook keskin ortga burildi.
Jungkook qo‘li bilan ovoz eshitilmasligi telefonni mikrafonini yopti.
Jungkook telefonini qulog‘iga qo‘ydi
Jungkook:bir axmoq qiz etibor berma
Yuna maktab darvozasidan chiqishi bilan eshik oldida turgan tanish mashinani oldiga bordi.
Eshikni ochdi. Telefonda gaplashayotgan Yujina uni ko‘rib suhabtni yakunladi.
Yuna: Meni tezroq o‘sha Jk bilan tanishtirishing kerak,kim ekan u dugonamni o‘rab olgan yigit
Yujina: Tanishtirarman biror kun...
Yuna: Aytgancha ishlaring nima bo‘ldi
Yujina : Shifoxonaga bordim. Men tug‘ilgan kunda o‘sha kasalxonada mendan boshqa chaqaloq tug‘ilmagan ekan. Lekin malumotlar bari o‘chirilgan
Yuma Yujinani homush tortganini ko‘rib unga dalda sifatida gapirdi
Yuna: Bo‘ldi ularni qidirishni bas qil. O‘zingni qiynaganing qoladi. Biror kun albatta ular o‘zi seni topadi.