Eternal bond 4 qism
Yuragim og‘riqdan ezildi… Men sendan qattiq ranjidim. Nega deb so‘raysanmi? Chunki bir vaqtning o‘zida ikki qizning ko‘nglini o‘ynading. Huddi kitoblardagi kabi bizning sevgimizni uchinchi shaxsga aralashtirib qo‘yding. Men bunga arzimadimmi? Yoki qaysi qiz bunga arziydi?
Eng achinarlisi, sen o‘zing ham nima istayotganingni bilmasding. Kimni tanlashni, kimga sodiq bo‘lishni, kimni chin dildan sevishingni ajrata olmading. Sen hal qilolmagan jumboqni men kunlab, oylab yechishga urinib boshim qotdi. Ammo javobni topganimda ham fikrlarim chigallashib, qalbim alangaga to‘lib ketardi. O‘zimni yo‘qotib qo‘ygandim. Holatimga qarab o‘zimga achina boshladim — va bu achinishga sababchi sen eding.
Hayotimdagi barcha ranglar birma-bir so‘na boshlaganini sezganman. Esingdami, oxirgi paytlarda biz doimo urushardik? Shu bilan hammasiga nuqta qo‘ydim. Chunki borgan sari o‘zgarib borayotganing meni qo‘rqita boshladi. Men esa o‘zimga qat’iy va’da berdim — hayotimni o‘zgartiraman, o‘zimni o‘zgartiraman, deb.
Boshida og‘ir bo‘ldi, ammo taslim bo‘lmading. O‘zimni qabul qilishni o‘rgandim. Shundan so‘ng hammasi asta-sekin rang oldi, yangi ma’no kasb etdi.
Shu bois bugun senga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki sen mendan yana bir bor “Meni” yaratding. Kuchli, mustaqil, o‘z ustida tinmay ishlaydigan, hayotdan zavq oladigan, o‘zini qadrlashni va sevimli bo‘lishni biladigan qizni yaratishga turtki berding.
Rahmat senga — hayotimga kirganing uchun, unda iz qoldirganing uchun. Iliq va yoqimli xotiralar esa doimo qalbimda yashab qoladi…
Kechasi quvonchi ichiga sig‘magan qiz tongga yaqin uyquga ketdi. Soatning tinmay jiringlashi-yu, dugonasining baqirib chaqirishi tinmagach, arang ko‘zlarini ochdi.
Areum: Uf, Hyejin, muncha ertalabdan xo‘rozga o‘xshab qichqirmasang. Mana bu jin urgurni ham ovozi o‘chay demaydi.
Uyqusirab soatning ovozini o‘chirib, sochlarini qo‘llari bilan biroz tartibga keltirdi-da, telefonini qo‘liga oldi.
Areum: Soat necha bo‘ldi o‘zi?
Yo, Xudoyim!..
Uhlab qolibman! Endi nima qilaman?.. Axir tayinlab aytgandi… Uffff…
Shosha-pisha yuz-qo‘lini yuvib, kiyimlarini almashtirdi, eng sodda make-up qilib, sumkasini qo‘liga oldi-da, Jiminning uyiga otlandi.
Hyejin: Hoy, nega pati yulingan tovuqqa o‘xshab tipirchilayapsan? Qayerga, bari bir nonushta qilib ol.
Areum: Uhlab qolibman. Kech qolyapman. Seni yaxshi ko‘raman, xayr!
Shoshib, dugonamning yuzidan o‘pib uydan chiqdim. Taksiga o‘tirib manzilim tomon yo‘l oldim. Yuragim go‘yo ko‘ksimdan otilib chiqay deyayotgandi. Aksiga olib uxlab qolganim-chi… Uning oldida mas’uliyatsiz bo‘lib ko‘rinishni istamasdim. Hayajondan qaltiramagan birorta tukim qolmagandi. O‘zimga-o‘zim gapira-gapira, manzilimga qanday yetib kelganimni ham bilmay qoldim.
Taksichiga hamyonimdan pul uzatib, Jiminning uyi tomon shoshildim. Ko‘p qavatli binoning 45-qavatiga ko‘tarildim. “Shunday baland qavatdan ham uy oladimi odam? Ha-a, bu ham osmon uyidan qolishmas ekan…” deb qo‘ydim ichimda. Kerakli xonadon qo‘ng‘irog‘ini chaldim.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, eshik ochildi va kalta shortik ustiga qora futbolka kiygan Jimin ko‘rindi. “Nega u doim qora kiyimlarda yuradi? Filmlarda yovuzlar ham, mafiyalar ham doim shunday qora libosda bo‘lishardi-ku… Yo‘q, u ham mafia bolsachi? Meni uyida olib qolib, o‘ziniki qilmoqchimikan?.. Ey, nimalar deyapsan, tentak qiz! Kitoblarda, filmlarda mafiyalar bir qizni sevib qolib, uni o‘ziniki qilishadi. Boshida qiz qarshi bo‘ladi, ammo keyin u ham sevib qoladi…”
Mafiya sevgisiga havas qilardim. Chunki ular oxirigacha faqat bitta insonni chin dildan sevishardi. Ayrim yigitlar singari yuragi karvonsaroy bo‘lib, kelib-ketuvchilarga to‘lib-toshmaydi. Ularning yuragida faqat bitta odam joylashib, so‘nggi nafasigacha ham uni sevib qoladi.
Bizning hikoyamizning “mafiyasi” esa… men bo‘lsam kerak.
Jimin: Shunday tikilib turaverasanmi?
Bir qoshini ko‘tarib, lab chetida kulib qo‘ydi.
U o‘zini kulgudan arang tiyib, qizga ortidan yurishiga ishora qildi.
Pov Areum
Nega har safar uni ko‘rsam, unga termulib, xayollarga berilib qolaman? Gaplarim ham chalkashib ketadi. Uning ko‘zida men dovdir va biroz yengil tabiatdek ko‘ringandirman, balki.
Uyiga kirarkanman, hamma joy oq va qora ranglardan iborat, tartibli va o‘zgacha did bilan jihozlangandi. Ammo shu go‘zallik ichida fayz yo‘q edi. Uyi ham o‘ziga o‘xshardi: ustidan chiroyli, ammo ichida iliqlik sezilmas. Xuddi Jiminning qalbidek — sovuq, toshday.
Jimin: Qani, bu yoqqa kel.
U oshxonada stol ustiga nimalarnidir qo‘yib, meni yoniga chaqirdi.
Jimin: Uhlab qolib, nonushta ham qilmagandursan. Och yurish sog‘liq uchun zarar ekanini mendan ham yaxshiroq bilishing kerak emasmi?
Uning ohangi odatdagidek sovuq edi.
Jimin: Buni bilish qiyin emas. Men odamlar bilan ko‘p muloqot qilaman, psixologiyadan ham ozroq saboq olganman. Qani, o‘tira qol. Keyin esa yarani ko‘rib qo‘yasan.
Stol ustidagi turli xushbo‘y taomlarni ko‘rib, ishtaham ochilib ketdi. Qayerda, kim bilan o‘tirganimni unutib, ovqatlanishga sho‘ng‘ib ketdim. Qornim och bo‘lsa, hamma narsani unutaman — hayolimni faqat mazali taomlar egallaydi.
Areum: Sizning bunday mahorat egasi ekanligingizni bilmagan ekanman. Bu taomlarda gap yo‘q.
Jimin: Sen bilmagan ancha mahoratlarim bor.
Qarshimdagi qiz berilib, men pishirgan taomlarni tanovul qilardi. Menimcha, u qayerdaligini unutib qo‘ygandi. Huddi ancha yillik yaqin kishisi bilan o‘tirgandek xotirjam va erkin edi. Yana juda yoqimtoy ham…
Nonushta qilib bo‘lgach, birgalikda stol ustini yig‘ishtirdik. Jiminga kerakli dorilarni tayyorlab turishini aytib, o‘zim idishlarni yuvib qo‘ydim. Asosiy vazifamni bajarish uchun esa uning oldiga yo‘l oldim.
Jimin yotoqxonasida dorilarni karavot ustiga qo‘yib, o‘zi esa meni poylab o‘tirgan ekan. Xonaga kirishim bilan ustidagi futbolkasini yechib tashladi. Yana uning tanasiga mahliyo bo‘lib, sharmanda bo‘lishni istamay, ko‘zlarimni yerdan uzmay uning yoniga joylashdim.
Ishimni yakunlab, endi gapirish uchun og‘zimni juftlagandim, to‘satdan yuzini menga qarata burdi. Yuzim shu darajada yaqin ediki, issiq nafasi yuzimga urilib, terimni kuydirayotgandek bo‘ldi. Ko‘zlarimga biroz tikilib turdi va uning keyingi nishoni qo‘rquv va hayajondan titrayotgan lablarim bo‘ldi.
O‘zimni bir zum yo‘qotib qo‘ydim. “Nima, u mendan bo‘sa olmoqchimi?” Borgan sari yuragim tez ura boshladi, go‘yo ko‘ksimdan otilib chiqadiganday. U asta lablarim tomon yaqinlasha boshladi. Tanamni qo‘rquv bosib, ko‘zlarimni yumdim va hozir sodir bo‘ladigan jarayonga tayyorlana boshladim.
Afsuski, men kutgan narsa sodir bo‘lmadi. Lablarimiz orasida yarim millimetr qolgan payt, u yo‘nalishni keskin burib, qulog‘imga shivirlay boshladi…
Jimin: Bemani hayollarga ko‘p berilma.
U shunday deb futbolkasini ilib, xonani tark etdi.
O‘zimni yig‘idan zo‘rg‘a tutib turardim. U hozir meni g‘ururimni yer bilan bitta qildi. Hislarimni o‘yinchoq qildi. Umrim davomida bunday xo‘rlikka uchramagan edim. Ha, u haq – bemani hayollarga berildim. Ammo baribir uning g‘ururimni toptashiga yo‘l qo‘ydim.
Areum: Endi unday bo‘lmaydi. Meni yerga urishga, g‘ururimni oyoq osti qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Hali bu qilgan ishing uchun javob berasan…
Hyejin: Areumi tezroq bo'la qolsangchi kech qolamiz axir
Yana o'sha kulub... Faqat odamlar va vaziyat boshqa.
Areumi : Yana bir bor tabriklayman Dugona Jon.
Dugonamni yana bir bor tabriklab, biroz tomog‘imni ho‘llash uchun bar yoniga borib, stullardan biriga joylashdim. Mast qilmaydigan ichimlik olib, ermak qilib icha boshladim. Yonimga bir yigit kelib o‘tirdi va menga tegajoqlik qila boshladi.
Yigit: Salom, go‘zalim. Nega yolg‘iz o‘tiribsan?
Yigit: Yaxshi. Biror darding bo‘lsa, ayt — birga hal qilamiz. Unutishni istayotgan bo‘lsang, bu qo‘limdan keladi. Senga xohlaganingni beraman… evaziga menga yoqimli tun baxsh etolsang.
Atigi bitta tundan so'ng o'zing yana meni hohlab qolasan
Areumi : Tentakmisan qanaqa tun. Tinch qo'y meni.
Yigitni gaplarini eshitib ichimda vulqon qaynab chiqa boshladi. Nima Men yengiltak qizga o'xshayman i? Jimin ham meni shunday hisoblagan bo'lsa kerak. Har holda menga qilgan munosabatidan tushinib olsa bo'ladi. Ortiq bu Bemani gaplarini eshitishni istamay barberga pul uzatib ketish uchun qo'zg'aldim hamki Haligi yigit qo'llarim i ushlab o'ziga tortdi. O'zimni o'nglab ulgurmasimdan bellarimdan o'tgan yo'g'on qo'llarni his qildim. Yigit meni o'ziga battar tortib bo'sa olish uchun lablarimga yopisha boshladi. Unga imkon bermay yuzimni undan olib qochdim yigitni qo'llaridan chiqish uchun harakat qila boshladim. To'satdan kimdur meni yigit quchog'idan tortib oldi. Yuziga tushgan qattiq mushtdan yerga yiqilgan yigitni yana bir ikki Qorin qismiga qattiq zarba tegdi. O'zimni o'nglab u tomon qarar ekanman ne ko'zlar bilan ko'rayki u Jimin edi. Ha ha adashmadim.
Jimin : U qiz band tushunarlimi
U shunday deb barmoqlarim bilan o'zining yo'g'on uzun barmoqlarini birlashtirib qattiq siqib meni u yerdan olib ketdi. Bu vaziyat menga erish tuyilayapti. Qo' rquvdan bir o'g'iz ham so'z ayta olmadim. Kulub tashqasiga chiqishimiz bilan qo'limni siltab tashlab meni devorga tiradi
Jimin : MEN SENGA U SENI OPDIMI DEDIM
Jahl qilib devorni mushtladi. U avvalgidankin ham sovuqqon, qo‘rqinchli bo‘lib ketdi. Unga yoqmaydigan javob aytsam, go‘yo meni burdalab tashlaydiganday edi. Oyoq-qo‘lim uvishib, ularni sezmay ham qoldim. Savoliga javob ololmagach, yanada g‘azablandi.
So‘zlarim oxiriga yetib bormay, Jiminning nam, qaynoq lablarini lablarimda his etdim. Bellarimdan bir qo‘lini o‘tkazib meni yanada o‘ziga tortdi, bir qo‘li bilan bo‘ynimdan ushlab qattiq bo‘sa ola boshladi.
Men butunlay o‘zimni yo‘qotib qo‘ygandim. U hech qachon sodir bo‘lmaydi degan narsa sodir bo‘layotgandi. To‘g‘ri, bu mening ilk bo‘sam emasdi — ilk bo‘samni sarxush bo‘lib qolib, o‘z ixtiyorim bilan bergan edim. Lekin men sevib qolgan inson bilan bunday holatga tushish… yetti uxlab tushimga kirmagan edi.
Hayollarim butunlay chalkashib ketdi. Hozir xursand bo‘lishim kerakmi? Yoki aksinchami? Na yig‘lashimni, na kulishimni bilmay qoldim. Borgan sari nafas ololmay qolyapman. Yuz yil sahroda qolgan odamdek lablarimni qiynab o‘pardi. Oxirgi bor pastki labimni qattiq tishlab tortib, bo‘sadan uzildi.
Ikkimiz ham chuqur-chuqur, tartibsiz nafas olar ekanmiz, ko‘zlarimiz go‘yo suhbatlashardi.
Jimin: — Mashinaga o‘t ir, uyinga olib borib qo‘yaman.
To‘g‘risi, hozir unga rad javobi berishga kuchim ham, xohishim ham yo‘q edi. Oyoqda zo‘rg‘a turardim. Bugun boshimdan o‘tgan voqealarni hazm qilishga urinyapman.
Uyimga yetib kelgach, indamay mashinadan tushib ketdim. U ham bir so‘z demadi.
Xonamga arang yetib kelib, shu zahoti o‘zimni yotoq ustiga tashladim. Bo‘lib o‘tgan voqealarni ko‘z oldimdan o‘tkaza boshladim.
Pov Jimin
Unga boshqa birov teginganini ko‘rib, o‘zimni tiyib tura olmadim. Umrim davomida meni rashkdan quturtirib, ichimdagi mahluqni jonlantira olgan ikkinchi ayol u. Uning ifori shu darajada yoqimliki, dunyoning barcha hushbo‘yliklari unda jam bo‘lganday go‘yo.
Lablariga to‘yishning iloji yo‘qdek. Bu yumshoq, qo‘rquvdan titrab turgan yoqimli lablardan hech ajralgim kelmadi. Axir kechagina unga xom hayollarga berilmasligini aytgandim. Bugun esa undan o‘zim bo‘sa olib o‘tiribman.
Bu hayot shunday ekan-da: bo‘lmaydi degan ishlarimizni bo‘ldirib, kutganlarimizni esa ro‘yo qilib qo‘yishi mumkin…
Hyejin: Bu qiz yana qayerga g‘oyib bo‘ldi ekana...
Hyejin odamlar orasidan dugonasini qidirib yurib, bir yigitga turtilib ketdi.
Hyejin yigitning yuziga e’tibor qildi.
Jungkook: Men… Nima balo, meni kuzatib yuribsanmi? Hamma qizlar bir go‘r: kelishgan boy yigitni ko‘rib qolishsa, uni o‘ziniki qilish uchun har narsani qilib ko‘rishadi.
Hyejin: Ha, siz esingizni yeganmisiz?! Nega sizni kuzatarkanman? Uni ustiga, kelishgan ham emassiz.
Hyejin lab chetida kulib, Jungkookni qoldirib, klubdan chiqib ketdi. Jungkook esa uning ortidan chiqib, Hyejinga yetib borib gap boshladi.
Jungkook: Xo‘sh, unda nima qilayotganding?
Hyejin: Dugonamni yo‘qotib qo‘ydim.
Jungkook: Ha, menda ham shunday. Do‘stimni topa olmayapman. Hech nima demay g‘oyib bo‘lib qoldi. Ha, aytgancha, isming nima edi?
Bir qo‘li bilan boshini asta qashlab
Jungkook: Tanishganimdan hursandman.
Jungkook shunday deb Hyejinga qo‘l uzatdi. Hyejin biroz o‘ylanib turib, javoban qo‘lini uzatdi.
Jungkook: Boyagi qo‘polligim uchun uzur so‘rayman. O‘zing tushunasan, atrofimda doim shunday soxta boyligimga uchuvchi qizlar girgitton.
Hyejin: Mayli, hechqisi yo‘q. Hijolat bo‘lmang.
Jungkook: Aybimni yuvish maqsadida seni uyinga kuzatib qo‘ysam. Albatta qarshi bo‘lmasang.
Hyejin: Taklif uchun rahmat. Sizni ovora qilmay qo‘ya qolay.
Jungkook: Hech ham ovora bo‘lmayman. Ko‘chada har xil yomon odamlar bor. Yolg‘iz o‘zingni qo‘yib yubora olmayman. Bahonada yaqinroq tanishib olar edik.
Hyejin: Bilmasam... Yaxshisi, taksida keta qolaman.
Jungkook: Hech qanday bahona o‘tmaydi. Qani, ketdik.
Ular Jungkookning mashinasiga o‘tirib, Hyejinning uyi tomon harakatlana boshlashdi.