Only for you
Ba'zan biz odamlarni emas, ular haqidagi tasavvurlarimizni sevamiz..!
Zinalardan bir maromda ehtiyotkorlik bilan tushib erimning qarshisiga chiqdim. Jungkook nigohlari bilan boshdan oyoq meni skanerdan o'tkazib chiqdi. Yuzi hech qanday mano anglatmayotgandi. Bu yigitni tushunib bo'lmaydi o'zi
Yn: Xo'sh. Nima senga yoqmadimmi?
Qarshimga chiqib sochlarimni ohista silay boshladi. Uning bu harakatlariga ko'nikib ham ketdim
Jungkook : Ammo bu kiyimda hech Qayerga bormaysan
Axir yarim soat Vaqtni shu stil uchun sarfladim.Bu Tentak o'zicha nimalar deyapti
ko'ksidan itarib o'zimdan uzoqlashtirdim. Peshonamni bir qo'lim bilan ohista uqaladim. U mening asablarimni tomom qiladi. Bir oyga qolmay aqldan ozmasam bo'lgani.
Yn : Nega endi... Axir o'zing menga juda yoqdi dedingku. Senga tushunib bo'lmaydi Jungkook.. Sen o'zi qanday insonsana..
Mayli yaxshi Agar yana 1 soat kutaman desang boshqa kiyim kiyishim mumkun. Yoki shu ko'ylakda boraman yo'qsa hech Qayerga bormay uyda o'tiraman. O'zing tanla. Jungkook ham mendan kam asabiylashgani yoq. Boshini ortga tashlab chuqur uh tortdi
Manzilga yetib keldik. O'ylashimcha bu tungi klub. Tashqarida zabardast kulgu nima ekanligini bilmaydigan sovuqbashara qo'riqchilar. Atrof ochiq kiyingan aniqroq aytganda ularni kiyimini kiyib deb bo'lsa bir parcha matoni egniga yopganlar. Devorga bir birini tirab allaqanday jirkanch ishlar bilan shugullanayotganlarni korib ko'nglim ozay dedi. Tashqari shunday bo'lsa ichkarisini tassavur ham qilmay qo'yaqolay. Jungkook bilan qo'llarimizni mahkam ushlab oldik.
Jungkook : mendan uzoqlashma..
Bu qatiy buyruqday edi mening nazlimda xohlasam ham uzoqlashmayman. Bu yerdagi bir toda mahluqlardan hamma narsani kutsa boladi... Raqs tushayotgan olomon orasidan erimga yopishgancha arang o'tib oldim. Bu yerdagi manzara.. Yo hudoyim mafia filmlarga tushib qolganga o'xshayman. Ishqilib Jungkook shundaylarga aralashib qolmagan bo'lsinda. Barmen oldiga yetib keldik. Baland stollar o'tirish uchun biram noqulayki. Jungkook ikkimizga ichimlik Buyurtma qildi menga shatbat o'ziga esa viski. To'g'risi atrofga nazar tashashga ham uyalayapman. Bu behosiyat yerdan tezroq ketsak edi
Qo'rqan narsam sodir bo'ldi. Jungkook 5 daqiqada qaytaman deb meni yolgiz qoldirib ketdi. Oradan 20 daqiqa o'tdiki undan darak yoq..
Jungkook : Sen bu yerda nima qilayapsan
Minhee : Men nima qilayapman. Sen qilayotgan ishni ko'ngil yozyapman Jungkook.. Bularni qoy seni shunaqangi sogindimki
Payt tugidi deguncha Jungkookga suykalishni boshlaydi. Ilgari bu Jungkookga yoqqan bo'lsa hozir buning aksi. Bo'yniga o'ralgan qizning qo'llarini olib tashladi.
Jungkook : Sen bilan ertaga gaplashamiz.. Hozir ketishim kerak
Minhee : ket. Ketaver xotinchang yolgiz qolib ketmasin
Jungkook : Bas qil. Oilam bilan seni hech qanday ishing bo'lmasin tushunarlimi? O'zing aytganingdek u meni xotinim.. Shunday ekan uni yolgiz qoldira olmayman. Hayr
Yuziga vashxiyona tabassum ilib qizga zardaqilgancha u yerni tark etdi.. Bu paytda Yn
Yn : ufff Jungkook qayerlarda qolib ketdingga
Har yerdan erimning soyasini qidirayotganimda oldimga bir yigit kelib joylashdi. Undan alkagol va sigaretning sassiq hidi anqib turibdi.
Go'zalim? U Men bilan gaplashayaptimi? Yon atrofda mendan boshqa qiz ham yoq. Jungkook tezroq kela qolsayding
X. Yigit : o'zingni olishingga qaraganda narxing osmonga o'xshaydi
Nima bu piyonista meni kim deb o'ylayapti.
Yn: Hoy Tentak qanaqa narx. Nimalar deb valdirayapsan.
X. Yigit : o'zingdan farishtani yasama qancha xohlaysan. Xohlaganingcha beraman
Endi buni haddan oshib tushdi. Yaramas erimni kasriga qanday nadomatlarga qoldima. Bu uchun undan alohida hisob so'rayman. Avval manavi go'rso'xtaga bir tun bahosini ko'rsatib qo'yaman.. Qo'limdagi sharbatni Ustidan quyib yubordim
Yn : Mana senga narx tentak. Boshqa oldimda o'ralashma.
Yigit ko'zi qonga to'lib menga qo'l ko'tarmoqchi bo'lib qo'llari yuqoriga ko'tarilib ulgurgandi ham. Qo'rqanimdan ko'zlarimni yumib oldim. Kutilmaganda baqir chaqir boshlanib ketdi. Ko'zimni ochsam Jungkook boyagi go'rso'xtani yerga yotqizib olib boplab tazirini berayapti. Oh mening qahramonim🫠. Bu men orzu qilgan vaziat. Doim erim kuchli bo'lishni meni shunday bezorilardan himoya qilib yurishini orzu qilgandim. Orzuyimga yetdim deb hayol surib turgan vaqt Jungkook qo'limdan ushlab sudrayboshladi. Hayolotolamimdan paq etib yerga tushdim. Ortimizdan bir guruh yigitlar quvlayapti. Bu vaziat bir tomondan kulguli bir tomondan achinarli. Huddi kinolarda bo'lganidek qorongʻu ko'chaning bir burchagiga yashirindik. Jungkook bor gavdasi bilan meni devorga siqib qoydi . Bu juda hayajonli. Qisqa masofa tartibsiz olinayotgan nafas.. Jungkook bir qo'li belimda bo'lsa ikkinchisi devorga suyanib turibdi. Qo'llarim ko'ksida. Hatto yurak urishini ham his qilayapman. To'ldirib havo yutib chiqarib tepaga pastga tushib chiqayotgan ko'krak qafasi. Ko'zlarim esa uning mukammal yuzini o'rganish bilan ovora. O'ng yuzida kichik chandig'i ham bor ekan. Ingichka qoshlar. Biroz ichkariga kirgan qovoqlar. Burni esa huddi quyonni eslatadi. Shunday kelishgan yoqimtoy yigit meni erimmi? U menikimi? Hozircha qisman meniki.. Hujjatlarda. Munosabatlarda esa oqsoqlanyapmiz. Oh seni butunlay o'zimniki qilishni istayman. Meni nima jin urdi bilmadimu Jungkook yoqasidan mahkam ushlab uni o'zimga tortdim. Lablarimizni birlashtirdim. Bu mening Ilk bo'sam. Soniyalar o'tmay bo'ynimda erimning yo'g'on barmoqlarini seza boshladim. Yuragim nimani buyursa shuni qildim. O'zimni erkin qo'ydim. Bir birimizga to'yishni iloji yoqdek. Istar istamas bir birimizdan ajraldik.. Biroz nafas rostladik. Ko'zlarimiz yana toqnashdi. Yuzimizdan kulgu arimayapti
Jungkook : Bu.. Buni sendan kutmagandim rosti
Yn : o'zim ham bunday qilaman deb hech o'ylamagan edim.
Jungkook : Buni tez tez takrorlab turish kerak..
Yn : Ilk safargiga yomon emas shundaymi
Erimning yuzidagi tabassum yanada kengaydi
Jungkook : Shunda bu sening ilk bo'sang va men senda birinchiman. Men to'g'ri Tushundim shundaymi?
Bu uni shunchalik quvontirishini rosti o'ylab ham ko'rmapman.. O'zimni kulgudan to'xtata olmayapman. Uning porlab turgan yuz ko'zini ko'rish menga zavq bag'ishlayapti
Yn : Albatta to'g'ri tushunding. Mening qahramonim
Erkalab uni bag'rimga bosdim. Javoban u ham meni quchdi
Jungkook : Seni bir daqiqaga ham yolgiz qoldirib bo'lmaydi.
Yn: Jungkook uyga keta qolaylik.
Jungkook : Yaxshi faqat mashinam o'sha yerda qolib ketdida
Yn : Hech qisi yoq. Bu ayni muddo boldi. Senga hayotning boshqa tarafini korsataman. Qani ketdik
Jungkookni qo'lidan tortqilab uni bekat tomon sudrab bordim.
Jungkook : Kel Yn yaxshisi taksida keta qolaylik
Yn : Jungkook o'yin buzuqilik qilama. Ana avtobus ham keldi. Yuraqol
Qo'yarda qo'ymay Jungkookni avtobusga olib chiqdim. Ancha kech tushib qolganligi sabab aftobus deyarli bosh. Orqaroqdagi ikki kishilik o'rindiqa o'tirdik. Qo'llarimiz hali hamon bir biriga yopishgan. Boshimni Jungkook yelkasiga qoyib ikkinchi qo'limni barmoqlarimga qulf solib turgan qo'llariga qoydim. Yuzi menga ko'rinmasada jilmay aytganini sezish qiyin emasdi
Yn : Bilasanmi Jungkook doim shuni orzu qilardim..
Barmoqlarimni yanada mahkam siqib u ham boshini menga suyab oldi va mayin ohangda savolga tutdi
Yn : Sevgan insonim bilan tunda shunday yonmayon Tungi seul ko'chalari manzarasidan bahramand bo'lishni. Huddi kinolarda bo'lganidek sevgilim meni bezorilardan qutqarishi biz ulardan qochishimiz. Bularni bari tushga o'xshaydi. Uyg'onsam unitilib ketadiganday..
Jungkook : demak orzularing amalga oshibdida..
Yn : Qisman.. qolganlari ham asta sekin ro'yobga chiqadi.. Hosh sening ham biror ushlamagan yoki ushlagan orzuying bormi
Biroz o'ylanib song javob berdi. Jungkook meni lol qoldirishdan charchamaydi. Uning javoblarini eshitib mehrim yanada jo'shib ketdi
Jungkook : Mm. Men doim sendek rafiqam bo'lishini orzu qilardim. Kichkina shumtaka..
Boshimni ko'tarib nozori lab shishirdim. Hyshomatni qaranga..
Yn : ya. Jungkook
Hushomat qilmay qo'yaqol. To'g'risini aytsangchi.. Hech qanday hazilsiz
Jungkook : Men hozir ham mutlaqo jiddiyman. Boshqa qizga uylanganimda bir kunga ham bormay ajrashib ketgan bo'lardim. Yoki majburlikdan yashasagan taqdirimda ham butun umrim zerikish bir xillik bilan o'tib ketardi. Lekin menda sen borsan. Mening ham orzum qisman ushaldi. Yana biri bor.. Korea chempioni bo'lsam sen meni doim qo'llab quvatlab tursang. G'alaba qozongan kunimiz O'gil farzandlik bo'lsak. G'alabamni o'glimiz sharafiga atar edim. Tinch bahtiyor hayot kechirsak..
Ko'zlaridan bir ikki tomchi yosh ham dumalab tushdi. U buni shunchalik istaydiki. Ammo huddi ushlamas armonga aylanib qolishini bilganday tushkun. Ko'z kosamga yosh tolib ulgurgan
yiglab yubormaslik uchun arang o'zimni ushlab qoldim. Jilmaygancha o'zimni ham Jungkookning ham kayfiyatini ko'tarmoqchi boldim va dedim
Yn : o'g'limiz juda omadli bo'lar ekan. Kimsan Korea chempionining ogʻli. Men ham chempionining xotini bo'lar ekanmanda..
Jungkook : Sen shundoq ham chempionning xotinisan
Uyimizga yaqin bekatda tushib qolganiga yoqimli suhbatlar ila uyga qanday yetib kelganimizni bilmay ham qoldik. Kiyimlarni almashtirib yotish uchun tayyorlandim. Jungkook ham yonimga joylashdi. Bir birimizga tikilib so'zsiz qoldik. O'rtadagi zerikarli sukunatga yakun yasadim
Gaplarimni anglay qolmadi yoki tushunmadi. Nima deding deganday yuzimga termulib qoldi
Ym : Doim uhlaganimda quchib yotasanku. Uygoqligimda ham quchib yot.
Gaplarimga doimgiday yoqimli jilmayib meni quchog'iga oldi. Men ham uning bag'riga yaxshilab o'rnashdim. Sochlarimni erkalab silay boshladi. Hozir o'zimni mutloq boshqa olamda his qilayapman. Barcha g'am tashvish yomonlik zulmat faxsh to'lgan dunyodan yiroq. Qani endi vaqt to'xtab qolsa. Umrbod shu yoqimli quchoqni his qilib o'tsam. So'ngi nafasimni olayotgan vaqtim ham huddi shunday yonimda bo'lsa. Nahot uni sevib qoldim. Sevgi o'zi qanday bo'ladi. To'g'ri hamma ham yaxshi ko'rishi mumkun ammo sevib qolish boshqacha. Buni hatto tasvirlashga ojizman. Oddiy kichik narsalaga ham quvonish. Uning kulganini korishdan zavqlanish. Doim qarshingda ko'rish. Bir havodan nafas olish. Bir gumbaz ostida yashash.. Shumi haqiqiy sevgi
Yn : Seni yaxshi ko'rishimni bilasanmi?
Yuzini men tomon burdi. Barmoqlari ohista yuzlarimni silay boshladi.
Yn : senchi nima meni yaxshi ko'rmaysanmi?
Hozir aytadigan javobi taqdirimni hal qiladiganday. Mushikning ko'zlari singari ko'zlarimni mo'ltiratib umid bilan tikilib turibman. Atay sabrimni sinab javob bermay vaqtini cho'zayapti
Yn : aytma shart emas. Bilaman senga qizig'im ham yoq..
Unga teskari qarab yotib oldim. Ortimdan mahkam quchib iyagini yelkamga tiradi. Uni his qilish yoqimli... Unga erkalik qilish... U bilan birga kulishish.
Jungkook : javobini biladigan savollarni berishni hush ko'rasan. Yoki atay o'zingni jinnilikka solasan. Yoki haqiqatdan ham hech narsani anglamaysan. Kelajakdagi orzularimda sen bor ekansan qanday seni yaxshi ko'rmay. Kichkina jodugar meni afsunlab qoygansan
Yana butun gavdamni u tomon burdim. Endi oldingidek masofa qisqaligi meni u qadar hayajonga solmayapti. Aksincha unga yanada yaqinroq bo'lishni istayman.
Tushunmay qora qoshlari yuqoriga ko'tarildi. Nega u bunchalik yoqimtoy
Yn : nimafisenta emas. Maleficentman. Filmni kormaganmisan
Jungkook yoq deganday boshini qimirlatdi. Qancha uzoq gapirsam ham uning meni berilib Jon dili bilan tinglashini sevaman
Pov Jungkook
Qancha uzoq gapirsa uni shuncha kop tinglashga roziman. Ayniqsa o'ziga yoqqan mavzuda gaprganida ko'zlari porlab ketadi. Bu quvonchni hech qachon so'nishini istamayman. Umrim ohirgacha jim uni tinglab o'tishga ham roziman
Yn : U ham malika ham farishta boladi.yuzi kabi go'zal qatnotlari ham. Bir kuni bir yigitni uchratib qoladi. Ular bir birini sevib qolishadi. Vaqt otgach yigit unga hiyonat qiladi. Boylik sabab. Qizning sevgisidan foydalanadi. Song qizni uhlatib qoyib qanotlarini kesib ketadi. Qirolning qizga malikaga ulanib oladi
Jungkook : bemani film ekan 😒🙄
Y : keyin u yomon yani haqiqiy jodugarga aylanadi. Film songida u osha hiyonatkorni balandlikdan tashlab oldiradi
Songi jumladan song Jungkookning kozi katta katta bolib ketdi.
Jungkook : Sen bunday bemani filmlar korma .Hayoling buziladi. Sen yaxshisi multfilm kor. Senga shu mos
Yoshim unikidan 10 yosh kichik bo'lgani u meni ustimdan bemalol mazahlay oladi degani emas. Yoshi shuncha katta bo'lsa ham zarracha aqli yoq. Yaramas tentak
Yn : Qissadan qissa shuki agar meni aldab shunday sevgimdan foydalanadigan bo'lsang. Seni yotoqxonamiz balkonidan uloqtirib yuboraman. Zarracha achinmayman ham. Yana bir gap o'lganingda ham senga tinchlik bermayman. Ortingdan o'zimni ham tashlayman. Hullas qadrli erginam men bor joyda Boshqasiga o'rin yoq. Sen uchun faqat men boraman tushunarlimi?
Pov Jungkook
Uning tahtidlari ham yoqimli. Kichkina deb doim ustidan kulaman. Ammo shu kichkina qiz menga o'z tasirini o'tkaza olayapti.. Nahot uni sevib qolayotgan bo'lsam.
Minhee : Jungkook ancha o'zgarib qolding. Kechalari kelmaysan ham. Doim vaqting osha xotining bilan o'tadi.
Jungkookni o'zida olib qolishga bor kuchi bilan urinayotgan Minhee nima qilsa ham foydasi bolmayotgan edi.
Minhee: Bugun bizga hech kim halaqit bera olmaydi. Oldimizda uzun tun..
Yopishqoq zuluk kabi mahkam yopishib olgan. Suymagan insonga suykaladi. Jungkookning yuz kozidan uni xohlamayotganini shundoq anglab olish mumkun. Jismi bu yerda bo'lsa ham hayoli uyda yolgiz qolgan Ynda. Yana bir palakatni boshlamadimikan deb havotirlanib o'tiribdi
Qo'ng'iroq. Huddi najot farishtasi kelib uni qutqarganday quvonib ketdi. Tezlik bilan o'rnidan qo'zg'atdi. Unga suykalib tizzasida o'tirgan Minhee gursullab polga yiqildi
Yn : JUNGKOOK.. JUNGKOOK YORDAM BER. QO'RQIB KETAYAPMAN..ILTIMOS MENGA KERAKSAN..
Jungkook : Y...Yn....Yn.....
Eshitayapsanmi senga nima boldi. Ahvoling joyidami
Yn : JUNGKOOK. QO'RQIB KETYAPMAN. AAAA...
aloqa uzuldi. Jungkookning Yuragi go'yo urishdan to'xtadi.