June 24

Money talks

3 qism

U aslida kambag‘al qizlar hech qachon bunday ko‘rinishda uchrashuvga chiqadi deb o‘ylamagan edi. Ammo qarshisida turgan "Y/N"ning nafis ko‘rinishi, ishonch bilan qadam tashlashi va ko‘zlaridagi porlash — uning ilgari shakllangan barcha fikrlarini bir zumda chilparchin qildi. U hozirgina kimnidir emas, butun olamni ko‘rgandek edi.

Jungkook

< FLASHBACK 4 SOAT OLDIN>
Y/N : Seni dugonam dedim, shunday emasmi?! Bir marta, faqat bir martagina yordam so‘rasam, yo‘q deyishing shartmidi?!

U ikki qo‘lini beliga qo‘ygancha, ko‘zlarini katta ochib, qarshisida sukutda turgan Minaga tikildi

Mina: Men-ku senga qo'limdan kelganicha yordam berishga roziman. Ammo sen o'zingni o'yla! Badavlat yigitni sen va menga o'xshagan nochor qizlar bilan ishi yo'q. Achchiq bo'lsada bu haqiqat! Ammo senga shunday imkoniyat kelib turganda buni rad etishing - axmoqlik!

Mina

Y/n:Meni turmushga chiqish niyatim yo'q. Men axir òqimoqchiman

Mina: Y/n! Aqlingni yig'. Bu ahvolimizda bizni o'qishni orzu qilishimiz armon bo'lib qolaveradi. Ammo o'sha yigit seni bu orzularingni amalga oshirishi ehtimoli katta! Shuning uchun, bu uchrashuvga o'zing chiq.

Y/n: Meni qarorim qat'iy! Chiqmayman. Ammo sen menga yordam bermasang, sen bilan ortiq gaplashishni xohlamayman

Y/n Minani oldidan shunchaki o'tib ketarkan, Minani tanlash uchun boshqa varianti qolmagandi ham

Mina: Shoshma Y/n mayli men róziman

Qiz yugurgancha, undan arazlagan dugonasi ortidan ketdi.

< FLASHBACK TUGADI>

Jk: Salom! Bu ajoyib gullar sizga

Jk o'zini Y/n deb tanishtirgan qizga qo'lidagi gullarni tutqazdi

Mina: Hmmm... Meni mensimaganingiz olgan guldastangizdan ham ko'rinib turibdi!

Qizning so'zlari JKni noqulay ahvolga soldi.

Jk: Men... Meni gul tanlashda tajribam yo'qroq edi, uzur! Aybimni yuvish uchun sizni biror joyga ovqatlanishga taklif qilsam bo'ladimi?

Mina: Albatta! Agar shunga ham uquvingiz yo'q bo'lsa, unda ovora bo'lishingiz shart emas Janob Jeon Jungkook !

O'ziga qaratilgan bunday so'zlar Jungkookdagi ko'plab aralash hissiyotlarga sabab bo'la oldi.


H: Bunisichi

Hana taxminan 1 soatdan beri ozi uchun koylak tanlayatgan edi

Tae: Sizni bekorga alvasti demagan ekanman. O'zingizga nima yarashishini bilmaysizmi?

H: Hm men buni haqorat deb qabul qilaman

Tae: Yo'q. Bunisi ham yarashmaganini bilib qo'ying!

Sabr-kosasi to'lgan Tae endi o'zi ishga kirishmasa bo'lmasligini tushunib yetgach, yordamchi qizlardan katalogni so'radi va uni 5 daqiqa titkilab bittasini tanladi.

Tae: Tanlaganimni kiygach, meni qanchalik mahoratli ekanligimni tushunasiz!

H: Hm hali kòramiz Kim Taehyung jaboblari

Taehyung Hana kiyinish xonasiga kirib ketgach, "uchrashuvdagi" ukasining xolidan xabar olishga qaror qildi.

Hana

Mina: Agar rostini aytadigan bo'lsam, sizga turmushga chiqishim uchun bir qator talablarim bor

Jk qizning so'zlarini jimgina eshita boshladi.

Birinchidan, men ota-onangiz bilan bir uyda yashashni istamayman,
Ikkinchidan, menga kamida beshta… yo‘q, yaxshisi to‘qqiz emas, o‘n nafar shaxsiy mashina kerak bo‘ladi. Har kuni birini tanlab yuraman.
Uchinchidan esa, uyimizda—
Qizning so‘zlari shu yerga kelganda, JKning telefoni jiringlab, sukunatni buzdi. Qiz bir lahzaga to‘xtab, qoshini ko‘tarib, unga kinoya aralash qarab qo‘ydi.

Mina ozini dugonasi orniga Y/n qib tanishtirgan

Jk: Siz o'z talablaringizni yana o'ylab turing. Men tezda javob berib qaytaman

Jk stoldan uzoqlashgach, telefon ekraniga qaradi.

<Tae aka>

Jk: Bu safar meni qutqarib qoldingiz akajon

Jk akasini qongʻirogʻiga javob berdi

Tae: Men aannniq bilaman! Sen bolajak turmush òrtogʻingni suratiga qaramagansan!

Jk: Ex aka qaragan vaqtimda ham bar bir nima ozgaradi akajon

Tae: Hoy... uka ... nimadir bo'ldimi? Ovozing ancha horg'in.

Jk: Y/nni bunchalik deb o'ylamagandim. Unda men xohlamaydigan ko'p hislatlar bor.

Tae: Bunga aniq amminmisan

Jk Sizni ham boshingni qotirmay qo'ya qolay. Kechqurun gaplashamiz.

Tae: Hop ukajon ozingni asra omad senga

Jk: Rahmat akajon sizga ham omad

Qo'ng'iroq yakunlangach, Jk Tae tashlagan suratni vaqt o'tkazish uchun ochishga qaror qildi.

Mina: Xo'sh, uzoq cho'zilgan suhbatingiz tugadimi?

Jk: Aslida bu savolni men sizga berishim kerak! Uzoq cho'zilgan o'yiningiz tugadimi?

Mina: Tu...Tushunmadim?!

Mina shunchalik oqarib ketdi-ki, mana endi u rostakamiga qo'rqa boshladi.

Jk: Men Jeon Jungkookman! "Jeon kompanyasinjng " prezidentining o'g'liman. Nima meni aldash shunchalik oson deb o'yladingizmi?

M: kechirasiz janob m... haligi men buni ataylab qilmadim

Jk: Xax... Bu Hazilmi? Meni qancha vaqt aldashda davom etasiz? Hoziroq bu ishni boshida turgan dugonangizni mana shu yerga 5 daqiqa ichida olib kelasiz. Bu ishni qanaqasiga qilasiz, menga qiziq emas.

M: Lekin men....

Jk: Tik tak vaqt ketmoqda

Jk

Taehyung

pardalar orasidan eshitila boshlagan qadam tovushlari Taeni diqqatini tortdi.

H: Yaxshimi? } Hana avval orqa-oldiga qaradi, so'ng undan hali beri ko'zini uzolmayotgan Taening nigohlari bilan to'qnash keldi.

H: Kim Taehyung yana tosh qotdi😒

Hana noroziligini bildirdi.

Tae: Sizga yoqdimi

H:Sen tanlaysan deb kelishdikku! Sen aytganingni olamiz.

Tae: Unda shunisi bo'laqolsin

Hana

Hana yana mamnuniyat bilan ortiga qayta boshladi.

H: Ha aytgancha, "siz" deb murojaat qilishing menga noqulay. Agar qarshi bo'lmasang, huddi eski tanishlardek gaplashamiz.

Tae qizning so'zlariga roziligini bildirdi.

Tae

Y/n: Mina... Azizam, nega xovliqasan-a?! Seni sezmadimi deb so'rayapman.

Y/N restaranga kelgach, 2 daqiqadan buyon miq etmayotgan dugonasini gapirtirish bilan ovvora edi.

M: Meni kechir dugonajon! Ammo hammasi chappasiga aylandi. Bu yog'ini o'zing eplaysan degan umiddaman!

Mina uzoqdan kelayotgan Jkni ko'rgach, shartta o'rnidan turib, shamoldek uchib chiqib ketdi.

Hali ham nima bo'lganligiga tushunmayotgan Y/n og'zini ochgancha qolib ketdi.

Vanihoyat! Haqiqiy Shin Y/n o'z oyoqlari bilan yonimga keldi.

Jk hech qanday o'ylovsiz, qizning qarshisiga keldi.

Y/n: Tushunmadim? Siz kimsiz? Bu qanaqa gapirish ohanggi bo'ldi?

Jk: Sizning qilgan ishingizni oldida meni qilayotganlarimni fil bilan sichqonchalik farqi bor.

Jkni so'zlaridan so'ng, Y/n hammasini tushundi. Endi nimadir qilishni foydasi yo'qligini angladi va ochiqchasiga gaplashib olishni afzal ko'rdi.

Yn: Tushunishim bo'yicha, o'sha oq otdagi shaxzoda sizsiz adashmasam?

Jk: Juda to'g'ri tushundingiz! Siz esa yolg'onchi Yn

Yn: Men o'zimni noto'g'ri ish qildim deb o'ylamayman. Shunchaki, siz bilan vaqt o'tkazishdan ko'ra muhimroq ishlarim bor.

Jk: Menda ham xuddi shunday. Ammo siz meni qadrli vaqtimni havoga sovurdingiz. Men hali buning uchun o'ch olaman.

Yn: Siz xudbin maraz odamsiz

Jk: ooo maqtov uchun rahman Yn xonim

Yn: Eshit, Jeon Jungkook!” Sen menga yoqmaysan! Biz bir-birimizga mos emasmiz — na xarakterimiz, na dunyoqarashimiz. Biz go‘yo butunlay boshqa olamlardanmiz. Bizni ajratib turgan devor shu qadar balandki, sen undan oshib o‘tishga urinma ham — bu befoyda.Bizning yo‘llarimiz aynan shu yerda tugaydi. Qayta uchrashamiz deb umid qilma. Men bu sahifani yopdim.

Y/N stulga ilingan sumkasini yelkasiga osdi, oxirgi marta hurmat yuzasidan bosh egib, so‘zsiz ortga burildi va yuragini qo‘liga olib bu joyni tark etdi.

Jk pov
Uning rasmini ko'rgach, avval juda jaxlim chiqdi. Men yolg'onni yomon ko'raman. Ammo, jaxlim uzoq cho'zilmadi. Chunki men hayollarimdagina seva olgan inson - bugun hayot yo'limni bog'lashim kerak bo'lgan juftim sifatida turibdi. Bu imkoniyatni hech qachon qo'ldan boy bermayman! Hech qachon!