Qaysar oshiqlar
Tushlik vaqtiga yaqin, kutilmaganda boshqaruv binosining eshigi ochilib, ichkariga kecha xiyobondagi qahvaxonada Jin bilan o‘tirgan o‘sha kelishgan qiz kirib keldi. Uning ustida juda rasmiy va zamonaviy kostyum-shim bo‘lib, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuz-ko‘zidan barq urib turardi.
Birozdan so‘ng Jin uning yoniga kelib, xonadagi barcha xodimlarni o‘ziga qaratish uchun chapak chaldi.
"Diqqatingizni so‘rayman, jamoa!" — dedi Jin baland va g‘ururli ovozda, yuzida samimiy tabassum bilan.
"Bugundan boshlab bizning bo‘limda yangi xodim ish boshlaydi. Sizlarni u bilan tanishtirishga ruxsat bering — bu mening tug‘ishgan singlim, Jia. Yani Kim Jia
Jin Jiani elkasidan quchib, barcha hamkasblariga tanishtirar ekan, xonada shivir-shivir va tabriklashlar boshlanib ketdi.
Buni eshitgan Jisooning qo‘lidagi ruchkasi beixtiyor polga tushib ketdi. U ko‘zlarini hayratdan katta-katta ochib, Jinga va uning yonida jilmayib turgan Jiaga tikilib qoldi.
"Singlisi?!" — Jisooning ichidan o‘tgan bu hayqiriq uning butun vujudini titratib yubordi. Demak, kecha xiyobonda u ko‘rgan o‘sha yaqinlik, o‘sha samimiy munosabat sevgililar o‘rtasidagi emas, balki aka-singil o‘rtasidagi mehr ekan-da!
Shu payt Jinning nigohi beixtiyor esankirab turgan Jisooga tushdi. U qizning yuzidagi hayrat va kechagi yig‘idan qolgan shishlarni ko‘rib, qoshlarini chimirdi-da, asta u tomonga qarab yura boshladi...
Jisoo... senga nima bo‘ldi? Tinchlikmi?" — dedi Jin ovozini pasaytirib, faqat uning o‘zi eshitadigan ohangda. "Kuni bo‘yi kayfiyating yo‘q, ko‘zlaring ham... Yig‘ladingmi?
Jisoo Jinning bunday yaqinligidan va uning ovozidagi samimiy g‘amxo‘rlikdan yana o‘sha kechagi hayajonni his qildi. Yuragi yana tez urishni boshladi, ammo u o‘zini qo‘lga olishga urindi. U stol ustidagi hujjatlarni tartibga solgan bo‘lib, ko‘zlarini olib qochdi.
"Hechqisi yo‘q, janob Jin. Shunchaki... ozgina tobi qochgan, xolos. Xavotirga o‘rin yo‘q," — dedi u ovozi titrab ketmasligi uchun quruqqina qilib.
Jin qizning gaplariga ishonmagan bo‘lsa-da, hamma xodimlarning ko‘z oldida uni ortiqcha savolga tutishni xohlamadi. "Yaxshi pakana xonim agar yordam kerak bo‘lsa yoki o‘zingni yomon his qilsang, ayt," — dedi-da, sekin ortiga o‘girilib, xonadan chiqa boshladi.
Jin koridorga chiqib, o‘z xonasi tomon yurayotganida, devorga suyanib uning chiqishini poylab turgan singlisi Jiaga ko‘zi tushdi. Jia akasining xavotirli yuzini ko‘rib, lablarida ayyorona va ma’noli tabassum yugurdi. U qo‘llarini ko‘ksiga chatishtirib, akasiga yaqinlashdi.
Iye, aka? Demak, bo‘lajak kelinoyimizning kayfiyatlari yo‘q ekanda, a?" — dedi Jia ovozini pasaytirib, akasini hazilomuz turtib qo‘ydi.
Jin singlisining bu gapidan biroz dovdirab qoldi, ammo sir boy bermaslikka urindi. U savolga javob berish o‘rniga, yuziga jiddiy tus berib, Jiani peshonasidan chertib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
"Ko‘p gapirmay, ishingni qil, bidirloq bidir bidir demasdan ," — deb to‘ng‘illadi Jin va javob kutmasdan tez-tez yurib o‘z xonasiga kirib ketdi.
Xonasiga kirib, eshikni yopgach, Jin chuqur nafas oldi.Jianing "kelinoyi" degan gapi negadir uning yuragiga g‘alati bir iliqlik yugurtirgan edi. U kreslosiga o‘tirarkan, hayoli hamon o‘sha ko‘zlari yoshli, ma’yus Jisooda edi. "Nima bo‘ldi ekan unga? Kim uning ko‘zlaridan yosh oqishiga sababchi bo‘ldi?" — degan savol Jinni qiynay boshladi.
Jisoo kuni bo‘yi o‘zini ishga ko‘mdi. Ko‘z oldidagi raqamlar va hisobotlar unga ortiqcha o‘ylardan qochish uchun eng yaxshi vosita bo‘lgandi. Nihoyat, ish vaqti tugab, koridordagi shovqin-suron bosildi. Atrofga qorong‘u tushganda, uning xonasiga eng yaqin dugonasi va hamkasbi Rose kirib keldi.
Rose sumkasini yelkasiga ilib, Jisooning stoli qarshisiga keldi-da, qo‘llarini beliga qo‘ydi: — Nima bo‘ldi senga? Ertalabdan beri xomrayib yuribsan.
Jisoo charchagan ko‘zlarini kompyuterdan uzmay, quruqqina javob berdi: — Hech nima bo‘lmadi.
— Aldama, senga biror narsa bo‘lgan, sen buni yashiryapsan, — Rose uning bu holatiga ishonmay, qat’iy ohangda gapirdi.
— Aytdim-ku, hech narsa bo‘lgani yo‘q! — Jisoo ovozini biroz balandlatib, qo‘lidagi hujjatlarni stolga tashladi.
Rose uning bu asabiylashganidan hammasini tushundi. Dugonasini ortiqcha siqmaslik uchun ohangini yumshatdi: — Xo‘p, mayli... Balki biror joyga borib, soju icharmiz?
Jisoo chuqur xo‘rsinib, biroz o‘ylanib turdi-da, oxiri rozi bo‘lgandek bosh silkidi. Uning hozirgi holatida barchasini unutish uchun aynan mana shu narsa kerak edi.
Ular shahar chetidagi kichik, sokin bir tamaddixonaga borib o‘tirishdi. Stol ustida birin-ketin soju shishalari bo‘shab borardi. O‘zini tutib turgan Jisoo bir necha qadahdan so‘ng butunlay bo‘shashdi. Ko‘zlaridan yana yosh sizib chiqa boshladi.
— U meni aldabdi, Rose... — dedi Jisoo mast ovozda, qadahni aylantirib. — Minho... u boshqa qizni sevar ekan. Menga uylanmoqchi bo‘lgan qizi borligini aytdi. Men esa jinnidek unga ishonib yuribman!
Rose eshitgan gaplaridan hayratda qolib, Jisooning qo‘llaridan tutdi va uni yupatishga urindi. Ammo Jisooning dardi faqat Minho emas edi. U sojudan yana bir qultum yutdi-da, ovozini pasaytirib, davom etdi:
— Eng dahshatlisi nima bilasanmi? U menga xiyonat qilganini aytganda... mening yuragim og‘rimadi. Chunki mening xayolimda o‘sha... o‘sha olifta Jin bor edi! Kecha uni boshqa qiz bilan ko‘rib, rashkdan o‘lishimga sal qoldi. Bugun bilsam, u qiz uning singlisi ekan... Men jinniman, Rose, butunlay jinniman!
Rose shoshib qolganidan qo‘lidagi yarim qultum sojuga tiqilib qoldi. Yo‘talib-yo‘talib, bokalni stolga taqillatib qo‘ydi-da, joyidan sapchib turib ketdi. Ko‘zlari qinidan chiqqudek bo‘lib, Jisooga yaqinlashdi.
Rose: — Shoshma, shoshma... Nima deding hozir?! Qaytariq, qulog‘imga noto‘g‘ri eshitilmadi-mi ishqilib?
Jisoo: Aniqrogi bilmayman lekin uni korganimda har lahza yuragim qattiq uradi
Rose: sen qiz sevib qolgansan lekin buni ozing tan olmayabsan
Ayni shu daqiqada Jisooning stolda turgan telefoni baland ovozda jiringlab, ekranida
"Janob Jin" degan yozuv paydo bo‘ldi.
Jisoo ekranga qarab, to‘satdan kulib yubordi va telefonni qo‘liga oldi:
— Ooo... olifta janoblari qo‘ng‘iroq qilyapti!
Rose ko‘zlarini katta-katta qilib, shoshilib so‘radi: — Kim u?
— Jin janoblari-da! — Jisoo tilingan ovozda gapirib, Rosening qaytarishiga ulgurmasdan yashil tugmani bosdi va telefonni qulog‘iga tutdi.
— Alooo? Janob olifta?
Telefonning narigi tomonidan Jinning biroz jahldor, ammo xavotirli ovozi eshitildi: — Jisoo? Qayerdasan? Soat nechchiligini bilasanmi? Ishxonadan qachon chiqib ketding, Ovozngga nima bo‘ldi, ichdingmi?!
Jisoo telefonga qarab shirin jilmaydi, ko‘zlari suzilardi: — Ha, ichdim! Nima, pakana xonimga ichish mumkin emasmi?
Jin qizning yig‘lamsiragan, ammo mast ovozini eshitib, o‘rnidan qanday turib ketganini bilmay qoldi. — Jisoo, qayerdasan, dedim?! Menga manzilni ayt, hozir boraman! — deb baqirdi Jin, mashinasining kalitini stol ustidan yulqib olarkan.
Jin mashinasini tamaddixona yonida keskin to‘xtatib, ichkariga otilib kirdi. Atrofga ko‘z yugurtirarkan, burchakdagi stolda bir-biriga suyanib o‘tirgan g‘irt mast Jisoo va Roseni ko‘rdi. Stol ustidagi bo‘sh soju shishalari ularning qay ahvolda ekanidan darak berib turardi.
Jin chuqur xo‘rsinib, ularning yoniga keldi.
"Keling, keling, janob olifta!" — Jisoo Jinni ko‘rishi bilan qo‘llarini havoda siltab, kulib yubordi. "O‘ziyam rosa kelishgan-da bu odam..."
Jin uning gaplariga e’tibor bermay, ikkalasini ham amallab o‘rnidan turg‘izdi va qo‘ltiqlab tashqariga olib chiqdi. Tungi salqin havo yuzlariga urilgach, Rose biroz o‘ziga kelgandek bo‘ldi. Jin ularni mashina orqa o‘rindig‘iga o‘tqazmoqchi bo‘lganida, Rose to‘xtadi.
"Yo‘q, yo‘q, janob Jin... Men o‘zim ketaman. Uyim mana shu yaqin atrofda," — dedi Rose tili zo‘rg‘a aylanib.
Jin ortiqcha tortishib o‘tirmay, darhol telefonda Rose uchun taksi chaqirdi va uni mashinaga o‘tqazib yubordi. Endi u ko‘chada Jisoo bilan yolg‘iz qolgan edi.
Jin burilib Jisooni mashinaga mindirmoqchi bo‘ldi, ammo qiz to‘satdan uning qo‘lidan yulqinib chiqdi.
"Men mashinaga o‘tirmayman!" — dedi Jisoo qoshlarini chimirib, lablarini burgancha. "Piyoda yurishni xohlayman. Havo zo‘r ekan!"
Jisoo, jinnilik qilma, g‘irt mastsan. Yurishga holing yo‘q, qanaqa piyoda?" — Jin uning bilagidan tutib, mashina eshigi tomon tortdi.
"Qo‘yvoring dedim! Siz har doim o‘z bilganingizni qilasiz!" — Jisoo o‘ta qaysarlik bilan oyoqlarini yerga tirab oldi. "Siz... siz juda takabbursiz, janob Jin! Men esa shunchaki... pakana xonimman, to‘g‘rimi?
Jin uning gaplarini eshitib, beixtiyor jilmayib yubordi. Qiz mast holatida ham juda shirin va qaysar edi. Ammo yarim tunda uni ko‘chada bu ahvolda olib yurish niyati yo‘q edi.
"Xo‘p, pakana xonim, o‘zingizdan ko‘ring," — dedi Jin ayyorona jilmayib.
U gapini tugatishi bilan birdan engashdi va Jisooni kutilmaganda dast ko‘tarib oldi.
Voooy! Nima qilyapsiz?! Qo‘yvoring!" — Jisoo osmonda qolgandek bo‘lib, qo‘llari bilan Jinning yelkalariga ura boshladi. Ammo uning zarbalari shunchalik kuchsiz ediki, Jin buni sezmadi ham.
Jin mashina eshigini ochib, uni ehtiyotkorlik bilan oldingi o‘rindiqqa o‘tqazdi va o‘zi ham tezda haydovchi joyiga o‘tdi. Mashina eshiklarini qulflab, Jisooning xavfsizlik kamarini taqish uchun unga yaqinlashdi. Oralaridagi masofa bir necha santimetr qolganda, Jisoo to‘satdan Jinning ko‘zlariga tik qarab oldi.
Mana azizlarim 4 qism ham tugadi keyingi qismda korishguncha😁