Boringcha sevdim 9 qism
Biroz achchiq ta'mga ega bo'lgan vino uni tomog'idan o'tarkan, Dohyunni yuzida hech qanday o'zgarish bo'lmadi. Oshxonaga borib, muz solingan temir idishga yangi vino shishasini solib qaytganda, eshik qo'ng'irog'i bosilib, Dohyun eshik tomonga bordi va uni ochdi.
β Sen ? Bu yerda nima
qilyapsan ?
β Ichkariga kiritsang, bafurja gaplashib olardik.
Dohyun labini chetida tabassum qilib:β Qiziq nima haqida ?
Qiz eshik yonidan o'tib, ichkariga kirarkan muz solingan temir idishdagi vino shishasini ko'rib, Dohyunga yuzlandi.
β Demak, yolg'iz o'zim dardlarimga ko'milib o'tiribman de!
β Imm maqsadga o'tishimni xohlaysanmi ? Yaxshi...Ismim Yeona. Kecha bu yodingda qoldimi yo'qmi bilmayman.
Keng divanning yumshoq o'rindig'idan joy olgan Yeona oyoqlarini chalishtirib, unga qarab turgan yigitni ko'zlariga tik qaradi.
β Seniki esa Dohyun...Jang Dohyun. Shunaqami ?
β Nima tanishish marosimini o'tqazish uchun keldingmi bu yerga?
β Aysh, besabir! Menimcha tinglashni o'rganishing kerak.
β Qiziq, sevgan yigiti uni sevmay, begona insonlar oldida bir chaqaga ham ilmay unashtiruvini bekor qilgan qizni tinglashim qanchalar joiz? O'z qalligβi uni tinglamagan yerda...Sen menga tinglash haqida maβruza o'qimay qo'ya qol!
Yeonani ustidan g'alaba qilganini sezgan Dohyun vino idishidan qadahiga solib, uni bir ho'plagancha kinoyali tabassum bilan qosh qoqib qo'ydi. Dohyun ham Yeonani to'g'risidagi divanlardan biriga joylashgach, xonani Yeonani kulgu ovozi qopladi. Yeona bir necha soniya boshini ortga tashlagancha kulib, qayta jiddiy qiyofa bilan Dohyunga tikildi.
β Uhm so'z boyliging juda ham ajoyib! Menga yoqdi. Ammo bu yerda "lekin" degan tushuncha bor...Menku har holda buning uchun kurashyapman, mitti sichqonchaga o'xshab berkinib o'tirganim yo'q.
β Nima demoqchisan bu bilan?
β Sen o'sha qizni sevasan! β Yeonani qat'iyat bilan aytgan gapini eshitgan Dohyun qadahidan xo'plagan vino qultumini og'zida aylantirib, qizni eshitishda davom etdi.
β Bingo! To'g'ri topdim. Sen buni hattoki inkor ham etmading. Kechagi holatingni ko'rib taxmin qilayotgandim. Aysh, ming afsuslar bo'lsinkim taxminim to'g'ri chiqdi.
β Xo'sh buni tushunib yetganing uchun senga "Nobel" ni olib berishim kerakmi yoki "Oscar" ni ?
β Jeon Jungkookni! Menga uni olib berishing kerak!
β Nega buni qilishim kerak ?
β Xo'sh, men bilan kelishuv tuzasanmi? Bunda ikkimiz ham o'zimiz istagan narsaga ega bo'lamiz.
β Agar bunga rozi bo'lmasamchi?
β Nahotki?! Unda sendan bir narsani so'rasam bo'ladimi ? O'sha qiz ...
β Heh, Yn hozir kim bilan ekanligini bilasanmi ? ...Bilmaysan. Chunki qo'rqoqlardek mana shu yerda yashirinib o'tiribsan. U esa hozir Jungkook bilan birga go'zal damlarini o'tqazmoqda!
β Sen bu haqida qayerdan bilasan ?
β Yaxshi, aytaqolay. Jungkook bugun uni o'g'irlab ketdi. Do'stining yordamida! Pul esa hamma narsani qila oladi. Meni tushungandirsan?!
β Yana bir marotaba so'rayman. Kelishuv tuzasanmi ?
Yeona biroz Dohyun tomon egilib, unga qo'l uzatdi...
β Aysh, Yn yetar! Kel shuni menga beraqol.
Qo'lida chelak va shvabra bilan qarshilik qilayotgan qiz Jungkook qarab o'qrayigandan so'ng Jungkook undan orqaroqqa surildi.
β Yn qaysarlik qilmasangchi, kel shuni menga beraqol. Biroz avval yiqilib tushganing yetadi. Yana sirpanib ketishingni xohlamayman.
Yn shvabrani yuqoriga ko'tarib, Jungkookga tiradi.
β Hey, nima qilyapsan? Yn men pol emasman! β Jungkook Ynga ko'zlarini katta-katta ochib qaradi.
" Sousni deb yiqilib tushdim! Uni tag-tugi bilan yo'q qilib, artib tashlayman! "
β Xo'p azizam, lekin bu shunchaki sous xolos. U bilan bunchalik jang qilishing shartmas.
" Hozir sizni ham shu pol latta bilan artib, yo'q qilib tashlayman. Jim bo'ling! "
β Xo'p, xo'p, yaxshi. Lekin shuni tushiraqol.
Yn shvabrani pastga tushirgach, jahl bilan biroz avval o'zlari to'kib yuborgan sousni artib tozalab oldi. Biroz vaqtdan so'ng ikkisi dasturxon bo'yida o'tirisharkan, sal avval yoqimtoylik bilan tortishayotgan qiz ayni damda likopchasidagi taomlarni yegisi kelmay, qoshiq bilan o'ynab o'tirardi. Jk egilib, uni yuziga qaradi.
β Nima bo'ldi jang qirolichasi ?
" Meni uyimga olib borib qo'ya qoling "
β Sen uchun zimistonga aylangan o'sha uyni nima qilasan ? β jiddiylik bilan so'radi Jungkook
" Amakim...Ular havotir oladilar "
Undan javob kutish ichimni yondirayotgandi. Amakim xabar topsa, keyin nimalar bo'lishidan qo'rqaman. Jungkookni yuziga qarab turarkanman, u menga e'tibor bermay harakatlar qila boshladi. Hech nima demasdan o'rnidan turib, yonimga keldi. Qo'limdan ushlab turg'izgach, meni o'zi bilan birga tashqariga olib chiqdi. Nahotki ?! U hozir meni olib ketyaptimi ? Mashinasi eshigini ochgach, o'tirishim uchun imladi. O'zi ham ro'lga o'tirgach, mashinani haydab ketdi. Kuni bo'yi meni kuldirishga harakat qilib, jig'imga tekkan inson hozirda yo'ldan ko'zini uzmasdan ketayotgandi. Unga biror nima deyishga ham qo'rqyapman. Lekin unga qarab ko'proq qo'rquvni emas, mazlumlikni, ojizlikni his qilyapman. Nahotki uni xafa qilgan bo'lsam ?!
Yn bilan kunimiz juda ajoyib o'tdi. Avvallari Yuna bilan shunday hazillar qilib turardik. Men taslim bo'ldim. Qilayotgan ishlarimga ham hayronman. Zo'rlik bilan bu muhabbatga erisha olarmidim?! Mayli, hammasi u istagandek bo'lsin. Uni tinch qo'yaman. Shundoq ham tinch hayotini buzib yubordim.
Jungkook chuqur xo'rsingach, Yn unga yarq etib qaradi. Ular o'zlariga tanish bo'lgan yerlardan kelisharkan, biroz muddatdan so'ng mashina Jang qo'rg'oni darvozasi yaqinida to'xtadi.
β Mana yetib keldik. Boraqol. Men sen kirib ketguningga qadar kuzatib turaman.
Uyim yonida to'xtashimiz bilanoq Jungkook uyga borishimni ta'kidladi. U hatto yuzimga ham qaramadi. Ikkilangancha mashina eshigini ochib, tushishga shaylandim. Ammo birozdan so'ng mashina eshigini qayta yopib, qo'llarimni ko'ksimga bog'lab, joylashib o'tirib oldim.
Vanihoyat menga qaradi. Jonimga tegdi. Ha, uni sevaman. Mana shu telba oz vaqt ichida meni ham o'zidek oshiq qildi. Uni xafa bo'lishini istamayman. Xuddi u kabi. Gapira olmayman, afsus. Uni sevishimni qo'l harakatlarim orqali ifodalashim mumkin. Lekin buni istamayman. U men uchun shuncha jasurliklar qildi. Men esa doim qo'rqoqqa o'xshab qochdim. Endi xohlamayman. Bu dunyoda meni dunyolarcha sevadigan insonim bor ekan, demak undan voz kechmayman. Balki men doim izlagan, istagan baxt udir. Uni qo'yib yubormayman. Sizni sevaman Jeon Jungkook....
Yn mashina eshigini ochib, tushmaganidan so'ng unga qaradim. Yana o'rniga joylashib olib, savolimga ham javob bermasdan menga tikilib qoldi. Aysh, bu qiz nega bunday qarayapti ? Hayolida nimalarni o'ylayapti ? Yo'q, qaramayman. Bu nigohlarga ortiq aldanishni, taslim bo'lishni istamayman.
β Ynnn , nega bunday qarayapsan ? Bunday qarama iltimos. Yo'qsa men ishonib qolaman. Seni nigohlaringga aldanib qolaman. Boraqol, tezroq uyingga ket. Seni ortiq bezovta qilmayman.
Boshqa tomonga qarab, Ynga gapirarkanman, to'satdan yumshoq kaftlarini yuzimga qo'yib, o'ziga qaratdi. Barchasi tugasin desam bu qiz nima qilyapti ? Endi gapirmoqchi bo'lganimda labimda qaynoq taftni his qilib, titrab ketdim. Bu bir necha soniya davom etgan bo'lsada, hayajondan tanam qizib ketdi. Shu paytgacha hech bir ayol bilan bunday bo'lmagan. Demak...Sevgi shumi ? Kichik soniyalik harakatdan so'ng shunchalik hayajonli bo'lish? U labimda qisqa o'pich qoldirgach, mashinadan tushib uyi tomon yugurib ketdi. Bu nima edi ? Nega bunday qildi ? Men ham mashinamdan tushib, u ketgan tomonga qarab baqirdim.
U ortiga qayrilib, tabassum qilgancha havoda yurak shaklini chizdi. Ishongim kelmayapti...U hozir...
Ynni sevgi izhorini ko'rgan Jungkook xuddiki qanaqadur jiddiy musobaqada g'alaba qozongan inson kabi qo'llarini yuqoriga musht qilib ko'tarib, xursandchilikdan baqirdi.
Jungkook shu qadar quvonyotgandiki, uni ko'rib meni ham yuzimdan tabassumim kengaysa kengayar ammo yo'qolmadi. Negadir men ham o'zimni erkin farishtadek his qilyapman. Qanotlarim bo'lsa uchardim go'yo...Endi sevgilim bor. Men ham sevadigan, qizg'anadigan odam bor. "Sevgi" sen shunchalik ajoyib tuyg'umisan ? Uni his qildirganing uchun shukr...Baxtdan sarmast bo'lguncha to'xtamay kulib, uyga yo'l oldim.
Amakim meni o'g'irlab ketishganidan allaqachon xabar topgandir. Hozir ularga nima deyman ? Tavakkal qilib, uyga kirdim. Eshik tagidagi qo'riqchilar meni ko'rib, shoshib qolishdi. Ular tezda qo'rg'onning eshigini ochib, menga yo'l berishdi. Bir qo'riqchi men bilan birga uyga kirgach, mehmonxonada toliqqan, ko'ylagining bir-ikkita tugmasi ochilgan amakim qo'lini peshonasiga qo'ygancha, boshini quyi solib o'tirardi.
β Nima deysan ? β amakim holatini buzmasdan, so'radi
Amakim ismimni eshitishi bilanoq yarq etib, menga qaradi. O'rnidan turib, meni bag'riga bosdi.
β Qizim, qizalog'im yaxshimisan? Hech qayeringga hech nima qilmadimi? Yn kim nima qildi senga ?
Amakim meni turli xil savollarga ko'mib tashlarkanlar, ayni vaqtda oshxonadan stakanda suv va dori olib chiqayotgan Dohyunga ko'zim tushdi. U uyga qayttimi ? Bugun faqat xursand bo'ladigan kunim shekilli. Mendan bu kunlarni tortib olma Xudoyim...Dohyun ham meni ko'rgach, dovdirab qoldi. Stakan va dorini stol ustiga qo'yib, meni bag'riga bosdi.
β Ahvoling yaxshimi ? Yn nima bo'ldi, hech qachon bunday yo'q bo'lib qolmasdingku...
" Hammasi joyida. Shunchaki bugun maktabdagi bir o'quvchim meni uyiga olib bordi. Uni oyisini ahvoli yaxshi emas ekan. O'sha ayol ham gapira olmas ekan. Uni uyiga bordik...Bolani uyi maktabga yaqin edi. Oyisini ahvoli yaxshi emasligi uchun bolaga qarash uchun ham biroz ko'proq qolib ketdim. "
β Huh...Yn bizni boshqa bunday qo'rqitma.
Janob Janv: O'g'lim, u nima dedi ?
β Hammasi joyida dada. Bir o'quvchisini uyiga borgan ekan.
Janob Jang: Qizim, boshqa bunday bexabar ish qilma. Men juda qo'rqdim. Senga nimadir bo'ldimi deb qo'rqdim.
Amakimga boshimni ha deb chayqaganimdan so'ng Dohyun ularni o'rniga o'tqazib, dorini ichirdi. Men ham biroz ular bilan birga o'tirib, amakimni yaxshi ekanligini ko'rgach, yuqoriga xonamga chiqdim. Xonamga kirishim bilanoq yumshoq yotog'imga o'zimni otdim va bugungi, avval sodir bo'lgan, Jungkook bilan qanday bog'liq narsalar bo'lsa barini yodga olib, uni bugungi holati bilan taqqosladim. U bunchalik xursand bo'ladi deb o'ylamagandim. Hayollarga berilib yotganimda xonam eshigi taqilladi. O'rnimdan turib eshikni ochdim.
Dohyun agar uyga qaytgan bo'lsa, bundan juda ham xursandman. Xonamga kirishiga ruxsat berib, ichkariga kirg'izdim.
β Hammasi joyidami ? Ya'ni rostdan hech qanday yomon hodisa ro'y bermadimi ?
" Yo'q, hammasi yaxshi. Sen meni qo'y...Uyga qaytdingmi ? "
β Uhm, qaytishimni xohlaysanmi ?
" Ha, sensiz bu uyda zerikib qoldim " β lablarimni shishirib, unga gapirarkanman Dohyun yoqimli tabassum qilib qo'ydi.
β Ha, uyga qaytdim. Yn men uzr so'ramiqchiman. Kecha senga qilgan muomalam va boshqa qo'polliklarim uchun..
" Menda hammasi joyida. Shunchaki kecha meni ham biroz jahlim chiqdi. Men ham uzr so'rayman "
β Xursandman. Yn agar o'sha yigit bilan birga bo'lishni xohlasang, men doim seni yoningda bo'laman.
Yn Dohyunni quchib, yuvinib chiqishini aytib, yuvinish xonasiga kirib ketdi.
β Demak, rostdan ham uni sevasan Yn.
β Hammasi sen o'ylaganing kabi davom etmaydi Jeon Jungkook. O'sha qizdan o'zing voz kechasan va menga qaytasan. Meni akamni yillari qamoqda chiriyotgan paytda sen va'dangni buzib, mendan shunchaki voz kechib keta olmaysan! Seni qilgan xatoying sabab ular hozir to'rt devor orasida. U sovuq devorlarga boshini qo'yib suyanayotgan bo'lsa, sen suyanadigan yagona devor men bo'laman.
Yeona o'zini qo'lga olib, tokcha ustidagi kichik ramkadagi akasini suratiga qarab, o'sha eski xotiralarni yodga oldi.
Hali yosh bo'lgan Jungkook o'zi bilmagan holda kompaniyada noqonuniy savdo uchun hujjat imzolagani uchun kompaniyani politsiyachilar bosishiga to'g'ri kelgandi. Xonaga taqillatmasdan kirib kelgan kotib barcha yangilikni Janob Kimga yetkazdi.
β Nimalar deyapsan Mingyu ?
Qanaqa noqonuniy savdo ?
β Kompaniyada bu to'g'risida bitim tuzilgan janob va prokuratura hozir hamma narsani tekshirmoqchi
β Jin ursin Mingyu bu gaplar qayoqdan chiqdi ?
β Hujjatlarda ... Jungkook imzosi bor
β Menimcha uni ham bundan xabari bo'lmagan. Kichik kompaniyada bular topilgach, ular asosiy kompaniyamizni ham tekshirishmoqchi. Kontrabandaga aloqamiz bormi, yo'qmi shuni bilishmoqchi
β Hujjatlarni Jungkook imzolagan bo'lsa, demak uni bu ishda ayblab qamashadimi ?
β Ming la'nat, qanday qilib bunga yo'l qo'ydingiz?
β Kechiring janob. Janob Jungkook hali yosh. Uni aybini bo'ynimga olishim mumkin.
β Nimalar deyapsan Mingyu aqldan ozdingmi ?
β Janob siz men va singlim uchun juda ko'p yaxshiliklar qilgansiz. Buni sizdan qarzim deya qabul qiling.
β Janob Jungkookni o'ylang. U hali yosh. Men o'zimni eplab keta olaman
β Siz bekorga yillaringizni bu sovuq turmada o'tkazmayapsiz aka. Agar istagimga erisha olmasam, sizni o'rningizga o'z jazosini olish uchun o'sha turmaga boradi!
Mana azizlarim 9 qism ham tugadi . Xosh Yeona navbattagi rejalari qanday . Dohyuna Yeonaga yordamlashadimi. JK va Yn ozi xohlagan sevgisiga erisha oladimi π€