๐๐ผ๐ฟ๐ถ๐ป๐ด๐ฐ๐ต๐ฎ ๐๐ฒ๐๐ฑ๐ถ๐บ ๐ฐ ๐ค๐ถ๐๐บ
Yaxshilik bor joyda doimo yomonlik ham bo'ladi. Ba'zi odamlar bu ikki tushunchani bir-biridan yiroqda deb o'ylaydilar. Hayot esa ularga bu tushunchalarni birga qo'llanilishini bir zarbadayoq tushuntirishga qodir. Shuni unutmaslik kerakki, yaxshilik qilgan odam yomonlik ham qila oladi. Inson o'zligini tushunib ulgurmagan zamonda boshqalar bizni tushunyaptimi ? Biz "Men kimman?" degan savolga javobni bilamizmi ? Xotiralar...Ular doim biz bilan bo'lgan. Balki ortga nazar tashlab, qanday inson ekanligimizni anglab yetishni mavridi kelgandir. Biz yaxshi insonlarmizmi yoki yomon ? Yomon inson bo'lsak, vaqtni borida o'zgarishimiz kerak emasmi ? Soddalikchi...siz bu hislat bilan men hech kimga ozor bermayapman deb dunyodagi eng yaxshi odamlardan birisiz ? Shundaymi ? ... Yo'q aksincha siz dunyodagi eng qabih insonlarsiz. Siz o'zingizni yeb bitirmoqdasiz. Qo'rquvni chetga surishni o'rganing. Shundagina siz hamma ko'rishga intilgan kamalakni 7 xil rangidanda ko'p turfa xillikka ega bo'lasiz. Iltimos, inson ekanligimizni unutmaylik. Biz azob berish uchun emas, bu dunyoni turli xil ranglarga boyitish uchun yaralganmiz. Xo'sh endi aytingchi ? O'ralib olgan qobig'ingizdan chiqib yangi va go'zal olam bilan tanishishga intilasizmi yoki faqatgina 2 xil rangdan iborat bo'lgan OQ, QORA dunyoyingizda qolasizmi ? Oq va qora aslida bular ranglar ham emas. Shunchaki bir Tubsizlik. Qadrdonim bu tubsizlikdan chiqishingizga ishonaman. Faqat birgina narsa " Siz ham o'zingizga ishoning "
โ Har hisni ham qog'ozga yozib bo'lmaydi...Ba'zan qalam dosh bermaydi..ba'zida yozishga qo'llaring. Ha, bu voqealar men uchun tub burilish bo'ldi. Ayni damda yana shu sirdoshimga yozishni istayman. Ammo hayajondan qo'llarimdagi titroq hali ham ketmadi. Shu paytgacha u kabi insonni uchratmadim. Ey To'lin Oy, agar unga rozilik bildirsam, kun kelib u meni tashlab ketmoqchi bo'lganda uni qalbini qiynash uchun bizga guvohlik qilasanmi ? โ Yn kundaligini ochgancha unga bir harfni ham tushira olmay, bu safar hislarini qog'oz do'sti bilan emas, qalbi bilan o'rtoqlashgisi keldi. Derazadan nur sochib turgan Oyga qarab Jungkookni undan Oy shu'lasi ostida olgan bo'sasini eslab, barmoqlarini labiga tekkizib, tabassum qildi. Uni hayollarini eshik taqqillab, kirib kelgan Dohyun tarqatib yubordi.
โ Xo'sh bizni kichik xonim nimalar bilan ovoralar.
Yn qo'li bilan kundalikni ko'rsatib, maqtanib qo'ydi go'yoki.
โ Haaa, kundalikmi ? Unga doim nimalarni yozasan ?
" Aytmayman " ...) Yn xuddi Dohyun kundalikni olib qo'ymoqchidek, kundalikni quchoqlab oldi.
โ Hey, bunday qilsang uni ichidagilarga yana ham qiziqishni boshlayapman. Qani berchi ? Bitta ko'ray.
Yn ko'zlarini katta-katta qilib, yo'q degancha yotog'ini ustidan turib ketdi.
" U o'z nomi bilan kundalik. Uni birov o'qishi mumkinmas "
โ Men birov emasmanku.
Demak mumkin.
Dohyun hazil tariqasida kundalikni olmoqchi bo'lganda Yn xona bo'ylab aylanib qocha boshladi.
" Dohyun sen nohaqlik qilyapsan ? Bermayman " ..) Yn yotoqni ustidan yurib o'tib ketayotganda Dohyun uni oyog'idan ushlab, yotoqqa yiqitdi va kundalikni qo'lidan tortib oldi. Xazinasini qaroqchilarga boy berib qo'ygandek Yn ustiga yotib qolgan yigitni qo'llaridan kundalikni olishga urindi. Dohyun ham atayin kundalikni yuqoriga ko'tarib oldi.
" Seni o'ldiraman, qaytarib ber "
โ Aniya
Yn qip-qizil bo'lib Dohyunga qarab turganida Dohyun uni ko'rib kulib yubordi. Yn esa Dohyunni sochlaridan tortib, kundalikni olmoqchi bo'lib ustida yotgan yigitni ura ketdi. Ularni xonadagi begona ovoz to'xtatdi.
โ Dohyun...) biroz jahl bilan aytilgan so'z ularni ikkisini ham eshikka qarashga majbur qildi. Eshik yonida turgan odamni ko'rib, ikkalasi ham sapchib o'rnilaridan turishdi.
โ Senga tashqariga chiq dedim.
Dohyun Ynga qarab, kundalikni yotoqni ustiga tashlab, dadasi bilan birgalikda xonadan chiqdi. Ular janob Jung ning ishlaydigan xonasiga yetib kelishgach, Janob Jung o'g'liga jahl bilan qaradi.
โ Sen Ynga qanday munosabatda bo'lyapsan ?
โ Qanday munosabatda bo'lyapman ?
โ Sizlar chetdan qanday ko'ringaningizni bilasizmi ? Singlingdek qizga juda yaqin emasmisan ?
โ Nima ? Nima demoqchisan bu bilan ?
โ Sendan so'rayapman nima demoqchisan bu bilan ? โ Janob Jung o'g'liga baland ohangda gapirarkan Dohyun nigohini yerdan olib, dadasiga qaradi.
โ Uni sevaman ...) Dohyun shu gapni qaytarishi bilanoq yuziga tarsaki tushdi.
โ Seni aqling joyidami ? Nima deyayotganingni fahmlayapsanmi ? Aslo, aslo bunday bo'lmaydi. Buni hayolingdan chiqar.
- Nega u soqov bo'lgani uchunmi ?
โ Muammo uni gapirolmasligida deb o'ylaysanmi ? U meni akamni, seni esa amakingni qizi. Nima o'z amakivachchang bilan birga bo'la olaman deb o'ylayapsanmi ? Seni aqling joyida emas.
โ Ko'zimdan yo'qol ! Bu uyda qorangni ham ko'rmay
โ Meni undan uzoqlashtirib nimagadir erishaman deb o'ylayapsizmi ?
Dohyun dadasiga qarab, xonasidan mashinasini kalitini olib ketayotganda qarshisidan oyisi chiqdi.
โ O'g'lim kech bo'lganda qayerga ?
Dohyun savolni javobsiz qoldirib yo'lida davom etdi. Mashinasi eshigini ochib, yuqoriga qaradi va Ynni ko'rdi. Bir necha soniya unga qarab turib mashinasiga o'tirib, uydan chiqib ketdi
YANGI KUN. TONGGI SOAT 8 lar atrofida
Ish uchun kiyimlarini kiyib tayyor bo'lgan Jungkook yotoq yonidagi javon ustida turgan suratlarga qarab tabassum qildi. Ulardan birini qo'liga olib, Yn bilan bo'lgan hodisani eslab, mamnun jilmaydi. Telefonini qo'liga olib, doimo qo'ng'iroq qilishni yoki xabar yozishni istagan insoniga xabar yozish uchun shoshildi. Jungkook doimo qo'rqardi unga qo'ng'iroq qilishdan, hol-ahvol so'rab xabar yozishdan... Lekin u bu safar qo'rquvini chetlab o'tmoqchi, sevgisi, kelajagi va orzulari uchun.
Jungkook unga shunday deb xabar yuborgach, xonaga jiyani Jihoon kirib keldi.
โ Eshitaman kichik janob ...) U jiyanini ko'tarib oldi.
Xo'sh kichik janob sizni shirin uyqungizdan kim uyg'otdi....) Oyim. Dadam sizni nonushtaga chaqirishimni aytdilar.
Xo'p bo'ladi. Qani telefonimni olchi ...) Jungkook jiyanini qo'lidan tushurmasdan uni egiltirib, telefonini oldi. Shunda qiziqqon Jihoon javonda turgan suratlarni ko'rib, amakisiga savol berdi.
โ Bumi qo'yaver bir tanishim
Jungkook kulgancha: โ Sen bunday narsalarni qayerdan bilasan ?
โ Men allaqachon 5 yoshdaman.
โ Oo demak bizni kichik janob katta yigit bo'libdilarda
โ Xuddi shunday. Men yaqinda harbiy xizmatga ham boraman.
โ Shunaqami ?...) Jungkook kulib qo'yib, davom ettirdi.
Xo'sh katta yigit suratlarni ko'rganingni hech kimga aytma. Kelishdikmi ?
โ Meni kapitan deb chaqirsangiz kelishamiz serjant Jeon Jungkook
Jungkook jiyanini gaplariga qoyil qolgancha gapirdi: โ Ooo Xo'p bo'ladi kapitan.
Ular dasturxon yoniga yetib kelishgach, Jungkook Jihoonni o'zini stuliga joylashtirib, o'zi ham o'tirdi.
Jeon xonim: Senga ham o'g'lim. Qani kelaqol
Hamma dasturxon bo'yida kichik bolakayni ajoyibdan ajoyib gaplarini eshitib kulishardi. Bir odamdan tashqari. Jungkookni nigohi telefoniga qaratilgan edi. U Yndan xabar kutayotgandi.
Telefondan ko'zini uzmayotgan o'g'lini ko'rgan Jeon xonim gap boshladi:
โ Telefondan ko'zingni uzolmayapsan. Tinchlikmi ?
โ Shunchaki kompaniyadagi ishlar bo'yicha bir nechta narsalarni kutayotgandim.
โ Qanaqa ishlar โ Junghyun so'radi.
Jungkook : Unchalik muhim emas.
Jeon xonim: โ Muhim bo'lmaganidan shunchalik kutyapsanmi ?
Jungkook: Oyiii...) deb cho'zib gapirdi.
Jeon xonim: Jungkook o'g'lim uni buni qo'y. Sen ham allaqachon 28 yoshdasan. Balki uylanish vaqting kelgandir.
Sera (Junghyunni rafiqasi): โ Yaxshi taklif. Jungkook rostdan ham uylansangiz bo'lardi. Menga ham ovsin kelardi.
Jungkook: Aneee kelinoyi
Kattalar gaplashisharkan
Jihoon ham og'zini to'ldirgancha ularga qo'shildi. โ Buvijon, men amakimning xonasida bir qizni suratini ko'rdim.
Jungkook uni sotib qo'ygan jiyaniga ko'zlarini katta-katta qilib qararkan, Jihoon qo'li bilan og'zini yopib oldi.
Jeon xonim: โ Qanaqa surat Jungkook?
โ Bu shunchaki ishchilarning rezyumesi.
Junghyun: Qachondan ishchilarni rezyumesini ko'radigan bo'lib qolding ?
โ Aysh sizga nima aka ? Meni tinch qo'yinglar. Men hali uylanmayman.
Jungkookni qistovga olisharkan, unga bo'lib qolgan qo'ng'iroq ayni damda uni najot farishtasidek edi. Qo'ng'iroq bahona dasturxondan qochib qolgan Jungkook Kotib Yeon bilan gaplasha ketdi. U endigina telefonini cho'ntagiga solayotganida kelgan xabar ovozi uni qayta tekefonga qarashga majbur qildi.
Yn: Sizga ham. Uzr sizni tanimadim.
Jungkook:
Kichik xonim meni kim deb o'ylaysiz ?
Yn:
Raqamimni qayerdan oldingi deb so'rashdan foyda yo'q menimcha
Jungkook:
Nima yodingdan chiqardingmi ? Birinchi marotaba ko'rishganimizda seni raqamingni olganman.
Jungkook:
Bugun bo'sh vaqting bormi ?
Hali javobni aytishing shart emas. Shunchaki men sen haqingda hamma narsani bilaman. Sen esa yo'q. Jung Yn Jeon Jungkook bilan tanishishni xohlaysanmi ?
Jungkook:
Xo'sh qanaqa ekanman.
Ynni xabarini o'qigan Jungkook uyatchang tabassum qildi.
Xo'sh shu olifta yigitga bugun vaqt ajratasizmi Jung xonim.
โ Ahh bir marotaba ha desangchi
โ Immm yaxshi roziman. Men bugun maktabda bo'laman.
โ Yaxshi seni olgani boraman.
Tushga yaqin. NOGIRONLAR MAKTABI
Yn bir bolakayni qarshiga o'tirgancha unga bir nimalarni tushuntirardi. Yn hamma gapni bolakayga aytib bo'lgach, kafti bilan uni ko'z yoshlarini artdi. Jungkook ularni uzoqdan biroz kuzatib, sekin ular tomon bora boshladi. Shunda bolakay ham Yn kabi qo'llari orqali gapira boshladi.
โ Sizni yaxshi ko'raman. Nuna katta bo'lsam menga turmushga chiqasizmi ?
โ Yo'q kichik janob
Ularning ikkalasi ham ovoz kelgan tomonga qaradi.
โ Sizdan oldin men sizni Nunagizga uylanaman.
Bu gapni eshitgan bolakayni ko'zlarida yana yosh aylana boshladi.
"Anee bu amaki gapiraveradi. Muhimi men kelajakda seni kutaman. Qani endi boraqol"
Bola ketishi bilan Yn Jungkookni yelkasiga urdi.
" Bolaga ham shunaqa deydimi ?"
โ Hada. Barmoqlaringga uzuk taqadigan yagona odam men bo'lishim kerak
"Hechamda. Qolaversa u hali bola. Keyin men sizga hali rozilik bermadim"
โ Lekin buni o'ylayapsan to'g'rimi? ...) Jungkoon unga qosh qoqib qo'ydi. Yn esa uni gapini eshitib kulgancha, o'rnidan turib ketdi.
Yn unga qo'li bilan yo'q ishorasini ko'rsatgandan keyin Jungkook uni orqasidan ketdi.