September 2

Only for you

7 qism

Atrofimda qanchadan qancha gullar bo'lmasin, men baribir kaktusimga o'shiqman..!

Mendan so'rashdi. O'zingni butkul yo'qotib hatto nafas olishni unitgan vaqting bo'lganmi? Biroz o'ylanib turdimda so'ng dedim. Qachonki sevgan insoningga biroz zarar yetsa yoki yetmoqchi bo'lsa sen dunyodan uzulasan. Hatto olgan nafasing ko'ksingga hanjar misol sanchiladi. Tanangni titroq qoplaydi. Aqling shoshib qoladi. Nima qilaringni bilmay tipirchilab qolasan. Huddi hozirgiday...

~

Jungkook pov:
Ovozini qandaydur titroq qoplagan hatto yiglayverib bo'g'lib qolgan. Qattiq qo'rqani bilinib turardi. Yuragim qinidan chiqib ketgudek bo'ldi. Ohirgi qochqirig'i hali hamon quloqlarim ostida yangrayapti. Nega uni yolg'iz qoldirdim. Uyga o'g'ri tushgan bo'lsaya.. Ynni o'girlab ketishmoqchi bo'lgan bo'lsachi? Har xil gumonlar miyyamni siqib portlashga tayyor holatga keltirib qo'ydi. Qanday uyga yetib kelganimni ham bilmayman. Aksiga olib ko'chada yomg'ir quymoqda. Osmon ham g'azabda o'zining qo'rqinchli jarangdor ovozi bilan atrofi lahzaga solayapti. Ora orada chaqmoq ham chaqib turadi.. Uyning chiroqlari o'chiq holatda. Huddiki biror yoqimsiz hodisa roy beradigan mashum kunga o'xshaydi. Yo hudoyim Ynimni o'zing asra. Uning bir tola sochiga ham zarar yetmasin. Vada beraman uni ortiq hech qachon yolg'iz qoldirmayman. Faqat sendan iltimos u sog' omon bo'lsin

Telefonimni chirog'ini yoqib uyga kirdim. Qo'limga har ehtimolga qarshi guldonni oldim. Yoqdan kora.. Yomg'ir kuchayganda kuchaydi. Uyning qorong'u yerlarini ko'chada chaqayotgan chaqmoq ta'sirida yorishib yana oz zulmatiga burkanyapti. Qo'rqinchli ko'rgan barcha filmlarimdagi eng dahshatli sahnalar birma bir ko'z oldimdan o'tayapti. Oyoqlarim qaltirab peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi.. Hozir qo'rqoqlik vaqti emas.. Bor ovozim bilan Ynni ismini aytib chaqira boshladim.. Yuqori qavatdan uning qichqirig'i yangradi. Shu zahotiyoq xonamizga ko'tarildim.

Jungkook : Yn... Yn qayerdasan yagonam..

Yn : Jungkook.. Jungkook Men shu yerdaman. Juda qattiq qo'rqyapman

Eshikni zarb bilan ochib ichkariga otilib kirdim. Telefonim yorug'ligi yordamida xonaga nazar tashladim. Yotoqda ko'rpaga o'ranib dir dir qaltirab o'tirgan Yn ovozimni eshitishi bilan o'rnidan turib quchog'imga o'zini otdi. Shu qadar quchoqladiki.. Hiqqilab gaplarini ham to'liq ayta olmadi ham

Yn : Jungkook.. J. Jung. Jungkook.. Jungkook..

Yn pov:
Oshxonaga suv ichish tushgan edim. Ko'chada yomgir. Aksiga olib chiroq ham o'chib qoldi. Qorongulikdan o'lguday qo'rqaman. Chaqmoq chaqib osmon qattiq gumburlay boshladi. Ko'zimga har hil sharpalar ko'rinib huddi chiroq o'chiq uyda yolgiz ekanimdan foydalanib menga hujum qiladiganday. Yuragim orqaga torta boshladi. Butunlay bo'shashib ketdim. Endi nima qilaman. Jungkook unga qo'ng'iroq qilaman deb raqamini terdim. Aksiga olib javob ham bermadi. Agar yuragim yorilib yoki kimningdur hujumiga uchrab vafot etsam Jungkookga ichimdagi gaplarni aytib olay deb ovozli habar yubordim... Qimirlamay turgan joyimda qotib turibman. Oldimda 2 ta tanlov bor. Biri yugurib uydan ko'chaga qochish. Ikkinchisi Men uchun eng to'g'ri tanlov bo'lmish bor tezligimni ishga solib yotoqxonaga yugurish. Jungkook kelgunga qadar ko'rpa ostida yashirinib jon saqlash. Avval uni chaqirishim kerak. Yana bir bor raqamini qayta terdim. U javob berdi.. Qanday baxt.. Endi gaplashinshni boshlagan edim deraza qattiq ochilib taraqlagan tovush chiqardi unga qo'shnimcha chaqmoq va gumburlagan tovush. Telefonimni tashlab yotoqxonaga yugurdim. Jungkook kelguncha har bir tovush har bir harakatga ahamiyat berdim. Kimdur menga yaqinlashib kelayotganday. Kutilmaganda ko'rpamni yuzimdan tortib oladiganday... Men juda qo'rqoqman.. Niyohat mening himoyachim yetib keldi. Bilmadim yana ozgina shunday qolsam ertalabgacha yetib bormay qo'rquvdan jonim uzulgan bo'lardi. Men o'lsam Jungkookga kim g'amxo'rlik qilardi. Kim uni asabini yeb bitiradi. Kim uning kayfiyatini ko'taradi. Kim u bilan birga jinniliklar qilardi. Men siz Jungkookga qiyin..

Yoqimli ovozini eshitar ekanman. Yuzimga qon yugurdi. Xonaga kirganida yugurib uni mahkam quchib oldim. Yuragim hitirjamlashdi. Jungkookning qo'lidan meni hech kim yulib keta olmaydi. Sabibi erim juda kuchli... Endi hotirjam nafas olayapman.

Pov Jungkook
Havotirim biroz bosildi. Uni bag'rimda his qilib ichimdagi bir kemtik to'lganday bo'ldi. Hotirjam nafas ola boshladim. Qanday qo'rqganim faqat o'zimga ayon. Unga hech qanday ziyon yetmapti

Jungkook : tinchlan. Tinchlan. Hammasi o'tib ketdi Men yoningdaman..

Meni o'ziga qaratib yuzlarimni silab ko'z yoshlarimni ohista artib tashladi.

Jungkook : Menga qara Men yoningdaman. Hech Kim senga zarar bera olmaydi.

Yn : Jungkook. Men. Men

Jungkook : Tish... Gapirma....

Ko'rsatkich barmoqlari bilan gapirmasligimni aytib lablarimni to'sdi. Yanoqlarimni siypalayotgan qo'llari bo'ynimga tushdi. Lablarimiz birlashdi. Bu qo'rquvni yengishga barini unitishim tinchlanishimga juda katta yordam berdi
Meni qutqarish uchun kelgani yolg'iz qoldirmagani uchun sevinib ketdim. Jungkook uchun qadrli ekanman. Yana ko'z yosh to'ka boshladim. Bu safar quvonchdan.. Baxtdan...

Jungkook : Tish yig'lama.. Meni urishqoq xotinim qayerga ketdi.. Nega tantiq qizlarga o'xshab ko'z yosh to'kayapsan.

Men uchun eng yomon haqorat bu meni tantiq qizlarga o'xshatishgani. Jungkook buni juda yaxshi biladi. Jahl qilib ko'ksini mushtladim va dedim

Yn : Men tantiq emasman..

Jungkook : bilaman sen kichkina jidugarsan.. Yana mening yagonam borlig'im ham.. Yuragimni butunicha senga topshirib qo'yganman. Senga yetkazilgan kichik ozor ham meni ado qiladi. Shunday ekan o'zingni asra shunda Men ham yaxshi bo'laman

Quloqlarim to'g'ri eshitdi.. Men tush ham ko'rmayapman.. Hozir quvonchdan yorilib ketaman. Bundan chiqdi u meni sevadi.. Bunga aniqlik kirgizib olish kerak...

Yn: Jungkook meni sevamanmi?

To'satdan berilgan savolga hayratlanib o'ylanib qoldi. O'ylanib qoldi demak sevmaydi...

Jungkook : hozir shuni aytishni mavridimi?

Ym : Ayni mavridi Jungkook. Men aniqlik kiritib olishim kerak. Biroz avval aytgan gaplaring Shunchaki meni yupatish uchunmidi? Javob ber
Jungkook.. Rostini aytaver hafa bo'lmayman..

Belimdan bir qo'lini o'tkazib yanada o'ziga yaqinlashtirdi. Qorongʻuda yuzini aniq ko'ra olmasam ham nafasini iforini his etib turibman..

Jungkook : Bilasanmi nima? Seni uchratganimdan so'ng yer yuzidagi barcha insonlar ko'zimga bir xil ko'rina boshladi. Ularga o'xshashi yuzlab minglab topiladigandek. faqat Sening yuzing hech kimnikiga o'xshamaysan. Senga o'xshashi yoqdek. Takrorlanmasdek. Yer yuzida sen yagonasan va men senga egaman. Menikisan. Buning uchun o'zimni Dunyodagi eng baxtli inson deb his qilaman. Borgan sari ilgari his qilmagan hislarimni telbalardek his qilayapman. Sen bilan hayotim tubdan o'zgarib ketdi. Ko'nglim bo'lsa tinimsiz sen izlagan inson shu deydi. Yuragim borgan sari senga nisbatan ilib bordi.. Oshiq bo'ldim. Avval sevgan narsalarimdan ham ko'proq seni seva boshladim. Goyo boshqatdan tugilgandek sevdim. Nafasingning sanog'i qadar sevaman. Samolarga sigdirib bolmaydigan darajada sevaman. Seni sevaman mening kichik jidugarim...

Yuragimni eritib yuboruvchi so'zlar muhumi qalbdan chiqqan. Qalbdan qalbga aytilgan go'zal sevgi izxori. Suyak suyagimga singib tanamdagi bor hujayralarimni ham titratib yubordi.. 7 osmonda uchish shunday bo'lsa kerak.. Endi yashirishdan foyda yoq. Ammo bizning oldimizda juda kop tosiq va sinovlar bor..

Jungkook : xosh nega jimsan yoki meni sevmaysanmi?

Yanoqlariga ikki kaftimni bosdim.. Ko'zlariga tik boqib dedim

Yn : Sen tassavur qila olmaydigan darajada qattiq sevaman. Seni boringcha kamchiliklaringga qaramay sevaman. Faqat sen bo'lsang sendan o'zgasi bo'lmasa faqat meni sevsang. Eshitgan qo'shiqlarimda ham hayolimga sen kelasan. Qaniydi doim yonimda bo'lsa kozlarining tub tubiga tikilsam deb hayol suraman. Har safar menga yaqinlshsang qalbim titraydi. Bu hisni so'zlar bilan ifodalash imkonsiz. Sen siz hech nimani manosini yoqdek. Xasta bo'lsam darmonim sendek. Sen siz tuzalishning imkoni yoqdek. Yangi kiyim olganimda yarashibdi demasang. O'zimga oro berganimdan mano yoqdek. Qisqa fursat ichida o'zinga oshiq qilib qo'yding. Aqldan ozaydeyapman. Seni sevaman.. Seni sevaman Jungkook..

Sevgimni emin erkin baralla ayta oldim. Hech qanday tosiq va uyalishlarsiz. Sevgimizni yanada ko'proq his qilish maqsadida Jungkook yana lablarimizni birlashtirdi. Endi na qorongudan na chaqmoqdan na sharpalardan qo'rqyapman.. Bir biriga talpinayotgan urayotgan yuraklarimiz Yoqimli muhitni yaratib turibdi. Jungkook buni chuqurlashtirishni boshlaganda serkaglashdim

Ym : Jungkook shoahma bunga hali erta..

Jungkook : Nega Yn axir xotinimsan. Sevgimizni ham to'lig'icha his qilishni senga ham his ettirishni istayman..

Jungkook norozi.. Bir tomondan u haq. Uning oldida ayollik vazifam bor men bundan bosh tortayapman.. Vaqtincha bari o'z iziga tushgunga qadar. Quruq sevgi bilan ish bitmaydi. U hali yaxshi er munosib farzand va g'amxor ota bo'la olishini isbotlashi kerak..

Yn : Jungkook biz hal qilishimiz kerak bo'lgan bazi muommolar bor

Jungkook yana hafsalasiz uf tortdi. Meni qayta bag'riga kiritib sochlarimni mayin siladi

Jungkook : Kel bugun shu ishlarni hazim qilib olaylik qolganini keyin gaplashamiz

Yn : Yaxshi...

Ikkimiz yotoqqa joylashdik. Bir birimizni mahkam quchgancha sevgidan mast bolayapmiz. Jungkook quvonchining chegarasi yoq. Sochlarimni silab ora orada peshonamdan yanoqlarimdan bosalar oladi. Men esa faqat bu yoqimli vaziatdan zavq olaman. U haq buguncha shularni hazm qilib olaylik. Ertalab urishi baqir chaqir qilib yurgan edik. Hozir esa... Buning mutloq aksi..

Ertasi kun

Ko'zlarimni istar istamas ochdim. Ochdimu kozlarim katta katta bolib ketdi. Yotoq ikinchi tomoni bo'sh. Yuragim shuvv etib ketdi. Naxot bari tush bo'lsa.. Yuz Qo'limni yuvib pastga tushdim. Oshxonadan Yoqimli ifor kelayapti. Jungkook nonushta tayyorlab qo'yibdi. Chiroyli qilib dasturxon ham bezabdi. Ko'zlarimga ishona olmay ostonada turib qoldim. Jungkook meni ko'rib yuzida yorqin kulgu hosil bo'ldi. Qarshimga turib labimdan qisqa bosa oldi. Sochlarimni quloqlarim ortiga o'tkazdi. Bu tush emas.. Agar tush bo'lgan taqdirda ham bu shirin tushimni buzgan odamni sog' qo'ymayman

Jungkook : hayrli tong sevgilim

Sevgilim.. U meni shunday atadi.. Sevgilim...

Jungkook : tuzukmisan. Mazang bo'layotgan bo'lsa shifakorga olib boraman yoq yaxshisi shifakorni uyga chaqirtiramiz

Seni shunday mehribonchiliklaringdan song har qanday qizni mazasi qochadi..

Yn : Jungkook Men yaxshiman. Biroz hayajonlandim. Seni bunday mehnatingni munosabatingni korib..

Jungkook : Bu senga yoqamadimi

Yn : Yoq aksincha juda yoqdi.

Jungkook : Qani yur nonushta qilib ol

Qo'limdan ushlab dasturxon oldiga o'tkazdi. Ovqatlarning bari bari mazali. Oyim doim meni yaxshi ovqat tayyorlay olmasligimdan shikoyat qilardilar. Men esa oyimga meni erim yaxshi oshpaz boladi menga nonushtalar shirin taomlar pishirib beradi deb Ishonch bilan aytardim. Bu amalga oshdi.. Oh buni aytib oyimga maqtanaman. Jungkook indamay meni kuzatib o'tirdi. Bundan biroz hijolat boldim. Buni sezganday telefonini titkilay ketdi.

Jungkook : Buni qachon tashashga ulgurding..

Kecha Men olib qolsam deb Jungkookga Jonatgan habarim.. U ayni damda shu xabarni ochib eshita boshladim. Men sharmanda bo'ldim... Yo hudo..

Ovozli xabar

Ertaga tirik bo'lamanmi yoki yoq buni bilmayman. Ammo olib qolsam senga aytmoqchi bo'lgan gaplarim ichimda qolib ketmasn.. Jungkoooookkk. Seni sevaman.. To'yimiz Ilk kunidanoq.. Uzun sochlarigga qaramay. Senga Yolg'on gapirgan edim soching uzunmi yoki kaltami buni farqi yoq. Agar sochingni butunlay olib tashlasang ham seni sevaveraman. Agar o'lsam meni unutma iltimos.. Jungkook Agar o'lsam mensiz nima qilasan.. Kim senga farzandlar tugib beradi. Kim chempion rafiqasi boladi Axir... O'lish uchun yoshlik qilaman..

Jungkook buni maroq bilan tinglayapti .Men esa yeyayotgan taomimga tiqildim. Qo'limni musht qilib stolga qattiq urdim

Yn : hoziroq o'chir..

Jungkook : Bu mening telefonim menga kelgan xabar istamasang eshitma

Ablah unga meni mazah qilish uchun gap topildi. Endi har soniya gapirib payt tugidi deguncha Ustimdan kuladi. Sevgi izhor qilmay Men o'lay

Yn : JEON JUNGKOOOOOOOOOKKKKKKKKKK!!!!!