Eternal love❤️
Jk: Men… men buni qilmadim bu mening aybim emas der edi
Tae: Hmmm balki bu qorquvdan dir yokida oʻtmishda bir narsa yuz bergandir
Jkni Sohee ga mexri tushgan va oz tuygʻularini tushunmayadgan edi
Jk: Balkim vaqti kelganda ozi aytib berar
Ular mashinada jim ketayotgan edi. Tae bir qo‘li bilan rulni boshqararkan, ikkinchi qo‘li bilan Jkning yelkasiga sekin urdi.
Tae: Yaxshilikcha tan ol, san qiziqib qolding bu qizga.
Jk: Bekorchi gaplarni gapirma.
Tae: Mayli mayli koramiz qachongacha tan olmay yurar ekansan
Jk hech narsa demadi, faqat tashqariga tikilib boraverdi. Uning ko‘nglida qandaydir tushunarsiz tuyg‘ular uyg‘onayotgan edi. Sohee haqida o‘ylagan sari yuragi tez urar, uning ojiz holda yotganini eslarkan, nimadir uni qattiq siqayotgandek edi.
Sohee asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Boshida qayerdaligini anglay olmadi, keyin esa tanish muhitni ko‘rib, xonasida ekanini tushundi. Yonida Suhye uxlab yotardi.
Suhye sekin ko‘zlarini ochib, Soheega tikildi.
Suhye: Oh, sen
uyg‘ondingmi? Yaxshi bo‘ldingmi?
Sohee: Ha… faqat boshim ozgina og‘riyapti.
Suhye: Kecha seni Jk bilan Taehyung uyga olib kelishdi. Juda xavotirda edik.
Sohee bir zum jim bo‘lib qoldi, keyin esa yostig‘iga qaradi.
Suhye: Bezorilar ortimizdan tushganida sen juda qo‘rqib ketding. Keyin hushini yo‘qotding. Jk seni shifoxonasiga olib bordi. Doktor aytishicha, sening qo‘rquv falajing bor ekan.
Sohee bu gapni eshitib, lablarini tishlab oldi.
Sohee: Men… yana xuddi o‘sha qo‘rqinchli lahzani his qildim. Suhye, men… har safar o‘sha xotirani eslasam, o‘zimni yo‘qotaman.
Suhye Soheening qo‘lini ushladi.
Suhye: Hammasi yaxshi bo‘ladi. Sen yolg‘iz emassan. Sening yoningda men borman hesh narsadan tashvishlanma
Sohee: Rahmat boriligin uchun rahmat
Sohee ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Lekin yuragining tubida qandaydir og‘ir yuk bor edi.
Jk ertalab ofisida o‘tirib, chuqur o‘yga cho‘mib qolgandi. Kecha kechasi boshlangan savollar hali ham unga tinchlik bermayotgan edi.
Shu payt eshik taqilladi va Tae ichkariga kirdi.
Tae: Hoy, hali ham o‘sha qiz haqida o‘ylayapsanmi?
Jk: Tae, men uning haqiqiy o‘tmishini bilishni xohlayman.
Jk: Chunki… u kech men buni qilmadim menga tegman dedi. Qiziq kim uni shunday zaif holatga tushirishga sabab bo‘lgan?
Tae: Jk… ehtiyot bo‘l. Birovning o‘tmishini o‘rganish – bu oson narsa emas.
Jk: Bilaman. Lekin men shunchaki bu savollarga javob topmoqchiman.
Tae:Unda ehtiyot bo‘lishing kerak. Ba'zan o‘tmish hammaga ham yoqimli emas.
Bilasizlar bazan insonlar oz oʻtmishini xohlaydi lekin oʻtmishda qolgan asoratlar yurak bagʻringizni tiladi
Sohee ham oʻtmishni unitishga harakar qildi lekin hesh unita olmadi
Suhye: ahvolin yaxshimi bugun ishga bora olasanmi
Sohee bilan Suhye ular ishga ketishdi
Sohee va Suhye ish joyiga yetib kelishdi. Ular ichkariga kirib, kiyimlarini almashtirish xonasiga o‘tishdi.
Suhye: Hali ham o‘zingni yaxshi his qilyapsanmi?
Suhye: Yaxshi… Lekin kecha juda qo‘rqib ketganding.
Sohee: Men buni ortda qoldirishni xohlayman.
Suhye unga sinchiklab qaradi, lekin bu mavzuni davom ettirmadi.
Jk va Tae doimgidek oz ishlari bilan band bolip gaplashib otirishar edi.
Tae: Sohee haqida hali ham hech narsa topa olmadingmi?
Jk: Yo‘q. Uning o‘tmishi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Tae: G‘alati… Sen odatda eng maxfiy ma’lumotlarni ham topa olarding.
Jk: Ha, lekin bu safar boshqacha.
Tae: Balki u qasddan yashiringandir?
Jk: Balki. Lekin men hozircha qidirmayman. Agar u haqiqatan ham sir saqlashni xohlasa, men uni shunchaki kuzataman.
Gaplashib ular pastga tushdi va pastda Sohee bilan Suhyee ni gaplashib otirganin kordi
Suhye: Sohee menga oʻtmishing haqqida hesh aytib bermagan edin. Menga aytib bera olasanmi
Sohee: Bilasanmi Suhyee oʻtmish bazi odamlarga shirin boladi lekin men oʻtmishimni eslashni xohlamahman
Suhye: aqali menga aytgin ichinda saqlama men seni jonim bilan tinglayman
Sohee: Mayli lekin senga bita savol kishkina vaqtinda otan senga qanday munosabatta bolgan
Suhye: Otami jida mexribon va meni yaxshi korganlar
Sohee: ha yaxshi meni oʻtmishimnj eshitsan sen yigʻlab yuborasan
Suhye: Qoysangchi endi ayta qol
Shu vaqtta ularni gapini Tae bilan Jk eshitib turgan edilar
Sohee: bu 10 yil oldin bolgan edi yani koreaga kelmasimdan oldin
Mana my sexy lovely's ep3 sizlardan juda zor fikrlar va reakciyalar kutib qolaman💋🫶