Boringcha sevdim 3 qism
– Biroz yig'laganim uchun yuzimdagi bo'yoqlarni to'g'irlash maqsadida yuvinish xonasiga bordim. U yerga kirishim bilanoq ortimdan kimdir kelib, meni devorga tirab qo'ydi va yuzimga tarsaki tushirdi. Tarsaki zarbidan sochim yuzimni to'sib qo'ygani uchun qarshimdagi odamga qaray olmadim. Iyagimni siqib o'ziga qaratganida bu odam kimligini ko'rdim. Albatta kelinoyim. Undan boshqa hech kim menga bunday munosabatda bo'lmaydi.
– Menga qara yetimcha. O'zingni kimga ko'rsatmoqchi bo'lyapsan ? O'zingdan bechorani yasab olma. Sen bu yerda faqatgina imzo qo'yish uchun keraksan. Boshqa hech qanaqasiga hech kimga kerak emassan. Agar shartnoma uchun kerak bo'lmaganingda sendek sharmandani buyoqqa olib kelmasdik. Sen oilamizga isnotsan. Haddingni bilib yur Yn . Tushundimi meni ? ....) yuzimdagi tarsaki olovi so'nmasdan turib, boshim bilan devorga qattiq uruldim. Boshimdagi og'riq bilan yerga o'tirib qolarkanman, kelinoyim yana iyagimni siqib, savolini qaytardi
– Tushundingmi meni .....)Yn Minsoo xonimga ha degandek bosh chayqagach, Minsoo xonim yana bir bor uni devorga itarib yubordi
– O'zingga qarab kiyimlaringni to'g'irlab chiq
Minsoo xonim oynaga qarab o'zini tartibga keltirgach, yuvinish xonasi eshigini ochib qarshisida ko'rgan insonidan hayron qoldi.
– Aa Jeon xonim bu yerda nima qilyapsiz ?
Jeon xonim ochiq yuvinish xonasi eshigidan ichkariga qaragach, yerda o'tirgan Ynni ko'rib qoshlari chimirildi. Minsoo qarshisidagi ayolni nigohlari qayerga qaratilganini tushungach, ko'zlarini asabiy yumib ochdi. Jeon xonim Minsooni chetlab o'tib, Ynni yoniga shoshildi. Yn qarshisida begona odamni ko'rgach, o'tirgan o'rnidan turib, yuzini sochlari orqali berkitib oldi.
– Boshing qonayapti. Qizim ahvoling yaxshimi ?...) Yn bosh chayqab buni tasdiqlagach, Jeom xonim Minsooga yuzlandi.
Minsoo javob berib ulgurmasidan Yn Jeon xonimni qo'lini ushlab, yo'q degandek javob qildi.
– Jeon xonim bu nima deganingiz ? Nega qizimdek bo'lib qolgan jiyanimga bunday qilishim kerak. U sirpanib yiqilib tushdi. Boshi qonayotganiga qonini to'xtatish uchun narsa qidirgani chiqayotgan edim. Qani Yn yuraqol.
– Lekin qizni yuzidagi iz bunday demayapti Minsoo xonim
Minsoo labini chetida kulib: – Bizni oilaviy masalalarga aralashmang Jeon xonim.
– Oilaviy masalalaringiz ?! Siz qizga shunday qilishingizni qolgan oila a'zolaringiz ham biladimi ?
Ikki ayol o'rtasida qolib ketgan Ym yerdan kichik sumkachasini olib, telefonini ochdiyu, " Iltimos xonim, bu men bilan kelinoyim o'rtasidagi muammolar. Uni kimdir bilishini istamayman. Iltimos " degan yozuvli xabarni Jeon xonimga ko'rsatdi. Ayol bir telefonga, bir Minsooga qarab:
– Shu qizni hurmati uchun hech nima demayman. Ammo kelasi safar bunday voqeaga guvoh bo'lsam, bundan boshqalar ham xabar topadi. Hattoki matbuot ham Jang Minsoo. Kelinoyisi jiyanini shunday ahvolga solayotganini bilgan odamlar shunchaki qarab turishmaydi. Natijada kompaniyangiz aksiyalari tushishi ham aniq. O'ylab ish qiling Minsoo 'xo-nim' Sen men bilan yuraqol Yn. Kayutada tibbiy xodimlar bo'lishi kerak. Ular senga qarab qo'yishadi.
Yn Jeon xonimni orqasidan ergasharkan kelinoyisiga bir qarab yuvinish xonasidan chiqib ketdi. Yn Jeon xonim bilan qolganlar o'tirgan joyga kirib kelishgach, Jeon xonim stol ustidan bir salfetkani olib, Ynni boshidagi qon dog'iga bosdi. Ynni holatini ko'riboq Jungkook va Dohyun bir vaqtda o'rnilaridan turishdi. Jkdan avvalroq borib Ynni tekshirayotgan Dohyunni ko'rgan Jungkook indamay joyida turaverdi.
– Yn bu qanday bo'ldi ?
Yaxshimisan ?
"Hammasi joyida. Yuvinish xonasida sirpanib yiqilib tushdim"
"Aldayapsan" Yndan nima bo'lganini bilib olmoqchi bo'lgan Dohyun xuddi udek qo'llari orqali gaplasha boshladi. Hech kim buni tushunmaydi deb o'ylagan Dohyun Jungkookni bu haqida bilishidan albatta bexabar edi.
Yn: " Aldamayapman. Rostdan shunaqa "
Dohyun: " Ehtiyot bo'lsang bo'lmasmidi. Bundan yomonroq nimadir bo'lgandachi ? "
Dohyun: " Boshqa bunday ehtiyotsizlik qilma "
Yn: " Xo'p " .....) Dohyun Ynga nimalarnidir tushuntirish bilan ovora bo'larkan, Yn ora-orada Jungkookga ko'z tashlab qo'yardi.
Shartnoma imzolanib quyosh botgunga qadar ikki oila birga bazm qilarkan Yn bu davraga qo'shilishni istamay, osmonda endi ko'rinish berayotgan yulduzlarni tomosha qilardi
Pov Yn
Ular bor davrada o'tirishni xohlamadim. Baribir u yerda meni foydam yo'q. Shuning uchun toza havoga chiqdim. Quyosh allaqachon botgan. Mitti mitti uchqunlar osmonda ko'rinish berishni boshlabdi. Oyim aytishlaricha, Yulduzlar farishtalarning uylaridir va kechalari ularda chiroqlar yonadi. Oyijon sizni sog'indim. Menga aytib bergan barcha hikoyalaringiz esimda. Yodingizdami ? Insonlar bu dunyoni tark etgach, yulduzlarga aylanadi degandingiz. Oyiii sizlar meni mitti yulduzimsiz. Sizlarni yaxshi ko'raman. Buni bolaligimda ayta olmaganim uchun meni kechiring
– Bugun Oy chiroyli – hayollarim bo'linib, ovoz kelgan tomonga qaraganimda yaxtani ustuniga suyanib turgan Jungkookni ko'rdim. Sochlari deyarli ko'ziga qadar tushib turgan, qo'llarini cho'ntaklariga solgancha menga samimiy tabassum qilib turgan bu yigit.... Ha u rostdan ham kelishgan. Unga qarab turganimda men tomonga qarab yurib kela boshladi.
Jungkook o'z ijtimoiy sahifasiga kirib, suratni " Bugun Oy chiroyli " degan sharh bilan joylashtirdi.
Yn unga boshini qimirlatib qo'ygach, yana o'z mashg'ulotiga qaytdi. Jubgkook esa o'ziga yangi mashg’ulot topgandek Ynga tikilib o'tirardi. Yn buni sezsada bilmaganga olib turaverarkan Jungkookni bergan savoli ularni nigohini birlashtirdi
– Gapira olmaganing uchunginami ? Yn sen uchun hammasiga tayyorman. To'g'ri ishonmasliging mumkin. Avval aytganimdek menga boyligingni qizig'i yo'q. Shunchaki men sevib qoldim. Ilk marotaba. Yn o'sha 1 oy davomida seni boshqalarga qanday mehr berishingni, qanday sodda va oqko'ngil insonligingga guvoh bo'ldim. Ammo faqatgina bular seni sevib qolishga majburlamadi. Men ilk uchrashgan onimizdayoq senga oshiq bo'ldim. Birgina, bir dona imkon ber Yn. Biz bo'lishimiz uchun imkon bergin. Agar buni uddalay olmasam, seni baxtli qilolmasam o'sha kunni o'zidayoq ortga chekinaman, butunlayga ! Agar senda ham o‘zimniki kabi sevgi yog'dusini yarata olsam bilib qo'y " Seni sevaman " deb aytgan kuningdan boshlab seni umuman qo'yib yubormayman.
Pov Yn
Uni gaplari chin ko'ngildan aytilyapti. Rozi bo'lishni istayman ammo bu imkonsiz. Men bunday insonga loyiq emasman.
– Yn jim turma. Hayolingdan o'tkazayotganlaringni men ham bilishni istayman. Iltimos Ara
" Men " ...) Yn barmoqlari orqali shu so'zni ko'rsatgach, yana jimib qoldi.
" Men o'ylab ko'rishim kerak " ...) unga shu so'zlarni ko'rsatishim bilanoq Jungkook bolalarday quvonib, tabassum qildi
– Albatta, faqat iltimos yo'q dema.
Pov Jungkook
Umid...Men hech qachon his qilmagan tuyg‘u. U shunchaki o'ylab ko'rishim kerak degan jumlalarni o'zi menda shunchalik umid uyg'otdiki...Birga bo'lishimiz uchun bir to'siq olib tashlangandek quvonyapman. Men kichik bo'lsada "biz"ga aylanishimiz uchun umid qilyapman.
Jk: Hozir holatimni tasavvur qilolmaysan. Meni shunchalar darajada sevintirdingki
Men ahmoq yana tavakkal qilmoqchi bo'lyapman. To'lin oyni taratib turgan shulasi. U xafa bo'lsa ham hozir bunday qilaman. Men ancha avval tavakkallar qilishni boshlab yuborganman. Yana shunday qilaman.
Pov Yn
Jungkook menga qarab turarkan, yuzidan quvongani bilinib turardi. To'satdan bo'lgan ish meni joyimda toshdek qotishimga sabab bo'ldi. Jungkook iyagimdan ushlab, lablaringa labini bosgan on butun etim jimirlab ketdi. Bir necha soniya shunday turgach, mendan uzoqlashdi.
– Aytishlaricha, yulduzlar sevishganlarning yurak urishiga tushadi. Sen allaqachon yuragimga beso'roq kirib kelgansan. Seni sevaman Jang Yn
U shu gaplarni aytib ketib qoldi. Men hali ham toshdek qotib turibman. Qayoqqa qarashniyam, nima deyishniyam, o'ylashniyam bilmayman hattoki. Bu yigit meni telba qiladi.
Pov avtor
Bu sevgi qissasi endi boshlanish arafasida. Ammo sevgi azoblarsiz, qiyinchiliklarsiz bo'lmaydi. Nima deb o'ylaysiz bu qissada ikki kabutar birga bo'la oladimi yoki yo'q?