Idol
> “Dada… Kechirasiz. Men sizga qarshi chiqqanim uchun emas, balki o‘zimga ishonch bildirganingizni sezolmaganim uchun ketyapman. Men sizni yomon ko‘rmayman. Sizni juda yaxshi ko‘raman. Lekin bu uyda qolish — menga jonimdan aziz orzularimni o‘ldirish bilan barobar. Men endi bu yerda emasman. Men orzularimni topish uchun yo‘lga chiqdim. Menga ishonmaysiz, bilaman. Lekin men o‘zimga ishonaman. Siz ham bir kun meni tushunasiz degan umiddaman. Meni esdan chiqarmang. Sooah.”
Dad: ha yaramas qiz bar bir ham oz bilganingdan qolmabsan
Sooah shu xatni yozib stol ustiga qo‘ydi. Yuragi hapriqib turgan bo‘lsa-da, ko‘zlarida qat’iyat bor edi. U endi orqaga qaytmasdi. Vokzal sari yo‘l oldi. Qo‘lida kichkina xalta, yelkasida orzular yukini ortgan holda, kechasi tongga ulanayotgan payt — yangi sahifa ochilayotgan edi.
Seulga poezddan tushgan Sooah, ilk bor katta shaharning shovqinli, ammo sehrli muhitida o‘zini begona his qilsa-da, ko‘zlarida ishonch porlardi. Atrofga qarab, baland binolar, shitob bilan yurgan odamlar, chiroyli vitrinalar va chaqnab turgan tonggi quyosh orasida u faqat bir narsani his qilardi — bu yerda orzularin amalga ochirish uchun ilk qadamni qoydi
Ammo u yolg‘iz edi. Na tanish, na qarindosh, na bosh panoh bo‘ladigan joyi bor edi. Faqat yuragida — onasining so‘nggi so‘zlari, va ichida yonayotgan intilish bor edi.
U chuqur nafas oldi, qo‘lini yuragiga qo‘ydi va pichirladi:
— “Men buni uddalayman bu meni qolimdan keladi " deb ichonish bildirgan edi
Shundan so‘ng, orzularini haqiqatga aylantirish yo‘lida birinchi qadamni tashlab, o‘zi uchun arzon, ammo xavfsiz kvartira izlashga yo‘l oldi. Seul — bu oddiy shahardan ko‘ra kattaroq narsa edi endi — bu uning yangi hayoti boshlanayotgan makon edi.
Sooah kastingga topshirish uchun hali bir haftacha vaqt bor edi. Bu bir hafta — uning taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan, har lahzasi qimmatli kunlar edi. Sooah buni juda yaxshi bilardi.
Shuning uchun u tong sahardan ish izlab ko‘chaga chiqdi. Kunduzi kichik restoranlarda idish-tovoq yuvdi, ba’zida esa kafelarda ofitsiantlik qildi. Oyoqlari og‘ridi, qo‘llari quridi, lekin yuragi — hech qachon charchamadi.
Kechalari esa, xonadonidagi kichkina xona burchagida telefon chirog‘ini yoqib, mashq qilardi. U raqs harakatlarini yodlar, ovozini chiqarmasdan sekin kuylardi, toki boshqa odamlar bezovta bo‘lmasin. Har bir ter tomchisi — orzusi sari tashlangan yana bir qadam edi.
Oradan bir haftacha vaqt o‘tdi. Sooah bu kunlar davomida har kuni tinmay mehnat qildi, mashq qildi, o‘z ustida ishladi. Endi esa, kutgan kun — BigHit Entertainmentning kasting kuni nihoyat yetib kelgandi.
U o‘zining eng toza kiyimlarini kiyib, yuragidagi hayajonni bosishga harakat qilib yo‘lga tushdi. Uzoqdan qaraganda oddiy ko‘chada ketayotgan qizdek ko‘rinardi, ammo ichkarida butun hayoti o‘zgarishi mumkin bo‘lgan bir sahifaga qadam qo‘yayotgan edi.
Shahar ko‘chalarida shoshilinch yurarkan, kutilmaganda kim bilandir to‘qnashib ketdi. Yelkasiga urilgan kuchdan sal orqaga tisarildi, lekin vaqt yo‘qligidan ko‘zi hatto qarshisidagining yuziga ham tushmadi.
Sooah : "Kechirasiz, janob... ming bor uzr!"
?: : "Hechqisi yo‘q. Hammasi joyida. Shoshilib qayerga boryapsiz o‘zi?"
Sooah : "Rahmat... kechirasiz, lekin men ketishim kerak, muhim joyga kech qolmay..."
?: "Kutib turgin... Qayerga boryapsiz? Agar xohlasangiz, sizni olib borishim mumkin. Men mashinadamman, yaqin orada."
Sooah telefoniga qaradi. Vaqt allaqachon tig‘izlashgan, u kastingga kech qolayotganini ko‘rib yuragi orqaga tortdi. Notanish yigit g‘ayrioddiy, ammo samimiy tuyuldi. Biroz ikkilanib qarab turdi, so‘ng bosh irg‘ab:
Sooah: "Xo‘p... mayli. Juda rahmat..."
?: : "Marhamat, yuravering. Mashinam shu atrofda."
Ular yonma-yon yura boshladilar. Sooah ichida hayajon aralash savollar girdobida edi: Bu kim? Nega yordam bermoqda? Ishonchim to‘g‘rimi?