Eternal Bond
"Ikkinchi imkoniyat berilganda, hammasini o‘zgartirish — o‘z qo‘lingizda. Faqatgina qaror qabul qilish va jasorat ko‘rsatish kifoya."
Hamshira : Doktor Bemorni yo'qotayapmiz.
Doktor : elektro sho'k ulang...
Qulog'imga har hil tovushlar eshitila boshladi. So'ngi bor qandaydur apparatning chiyillagan ovozi. Men o'ldimmi? Agarda Men o'lgan bo'lsam Sujinning norozi chinqirishlarini nega eshitayapman.
Sujin : Jimin.. Jimin.. Aka tursangizchi. Axir yana qancha yotmoqchisiz?
Ko'zlarim hali hamon yumuq. Singlimning meni uyg'otishga Jon kuydurishi va pardaning surilgan ovozi xonaning birdan yorishib keganidan istar istamas ko'zlarimni ochdim. Kipriklarim ko'zlarimga og'irlik qilardi go'yo. Ko'zlarimni ochdimu ko'rgan manzaramdan qayta yumib oldim. Bu tushmi? Ko'zlarimni barmoqlarim orqali ishqalab qayta qayta ochib yumdim. Lekin hech narsa o'zgargani yo'q. Bu tush emas Ammo qanday?
Erta tongdan akasining g'alati qiliqlariga guvoh bo'lgan Sujin o'ng qo'lini Jiminning peshona qismiga olib borib istmasi yoq yoki bor ekanligini tekshirdi
Sujin: Aka ahvolingiz joyidami? Istmangiz yo'qqa o'xshaydi. Yoki sizni boshqa nimadur bezovta qilayaptimi?
Jimin pov:
O'zimni tutishimdan singlimning havotiri oshdi. Hech narsaga tushina olmayapman. Bu xona kimniki Men qayerdaman o'zi. Qolganlar ota onam Suga Areumi qayerda. Shifoxonadan qachon chiqdim. Miyyamda turli savollar qaynayapti
Sujin : Hoyyyy. Aka sizga gapirayapman
Akasining yuzidan qo'lini tepaga pastga qilib tushurdi. Ko'rayaptimi yo'qmi tekshirmoqchi bo'ldi. Kutilgan daqiqa vanihoyat Jimin tilga kirdi
Jimin: Sujin dadam bilan oyim qayerda
Bu savolimdan singlim jinniga tikilgandek menga g'alati nigoh bilan qarab qoldi
Sujin : Sizning ahvolingiz rostan ham joyida emas
Ota onamiz vafot etganlariga 10 yildan oshdi.
Jm : Nima qanaqasiga. Axir hammasi yaxshi ediku. Qanday vafot etishadi
Nima Men shunchalik kop uhlab yubordimmi?
Sujin : aksincha siz juda kam uhlaganga o'xshaysiz
Nimalar bo'layotganini tushunmay qiynalayotgan
Jimin singlisini qayta savolga tutdi
Jimin : Sujin hozir nechinchi yil
Sujin : 1984 yil. Kamroq ishlang. Tag'in miyyangiz suyilib Mana shunday bemani savollarni Ko'p beradigan bo'lib qolmay
Qanaqasiga Men kelajakdan kelganmanmi. Shunday ham deylik Ammo bu yildan ancha o'tib dunyoga kelganmanku. Qay biri haqiqiy hayot
Jimin : Sujin Sendan yana bir narsa so' ramoqchiman Suga qayerda meni do'stim Areumi?
Sujin: Boshlig'ingizni aytyapsizmi? Areumi esa uning singlisi
Jm : Nima Suga meni boshlig'immi?
Suji : Ha.. Siz katta qurilish kampaniyasida ish boshqaruvchi bo'lib ishlaysiz bu kompaniya Min Yoongi tegishli
Jm: Tushunarli. Kechir rostan ham ohirgi paytlar keragidan ortiq ishlayapman. Shunga biroz hayolim parishon.
Avtor pov:
Aslida Jimin qurulish kompanyasida ishlaydi buning barchasi tush bolgan hesh qanday suniy inteleket yonalishida oqimaydi
Labiga keng tabassum ilib singlising sochlarini silab qo'ydi
Sujin bunga javoban akasini quchib yanoqlaridan o'pib tabassum qilgancha dedi
Sujin : Mehribon akam mening. Sizdan boshqa bu hayotda yaqinim suyana oladigan insonim yoq. Sizni juda juda judayam qattiq yaxshi ko'raman. Iltimos o'zingizni ko'p ham urintiravermang. Endi esa yuvinib nonushtaga tushing yo'qsa ishga kech qolasiz
Shunday deb ming bir javobsiz savollar bilan Jiminni xonada yolg'iz qoldirib ketdi
Jimin pov:
1984 yil. Boshqa inson boshqa hayot. Bu menga hatolarimni tuzatish uchun 2chi imkonmikin? Vaqtni oilamni ota onamni qadriga yetishim uchun katta saboqdir ularni qachon qanday vafot etganlarini ham bilmayman. Bariga o'zim aybdorman oldimdagi qimmatbaho boyliklarim qadriga yetmadim. Endi harchagal urinmay ularni qaytara olmayman.. Barini tushinib vaziatni o'nglashga harakat qilishim zarur. Men tanigan barcha yaqinlarim menga begona. Hammasini qayta boshlashga to'g'ri keladi
Sujin bilan birga nonushta qildik. Doimgiday juda mazali anchadan beri u bilan bir dasturxon ustida o'tirmagan edik. Shularni o'ylab yana vijdonim qiynalib ich etimni yeyishni boshladim. Kiyinib ishxonam tomon yo'l oldim. Anchagina katta kompaniya ekan.
Eshikdan kirishim bilan xodimlar asta sekin meni ko'rishlari bilan mulozamat ko'rsata boshlashdi. Bunday ehtirom va yaltoqlanishlar o'tgan hayitimda ham menga qo'llanilardi. Insonlar g'alati o'z manfaatlarini o'ylab ish ko'rishadi. Lift orqali honamga ko'tarildim. Arang xonamni topib bordim. Sinchiklab har bir detaligacha o'rgana boshladim. O'rtacha kenglikda yorug' va shinamgina xona... Ish stolimda ota onam Sujin va men baxtiyor bir oila bo'lib tushgan suratimiz. Suratni asta qo'limga oldim. Bu baxtli onlarni faqatgina suratda tomosha qila olaman halos. Ko'z kosasiga yosh to'lishi boshladi eshik taqillashi yigitni sergaklashtirdi
Kotiba : Janob Jimin sizni boshliq xonasida kutayaptilar
Boshliq o'z do'stim. Ammo biz hozircha begonamiz. Yana avvalgiday qadrdon do'st bo'la olamizmi?
Yoongi yani boshliq xonasiga yetib kelib eshikni taqillatdim. Kirishga ijozat berganidan so'ng eshikni ochib xonaga asta qadam tashlay boshladim.
O kel Jimin hush kelibsan sen bilan gaplashib oladigan masalalarimiz bor
Yoongi : Qani kel o'tir nega tik turibsan
Yoongi menga o'tirishimni qayta takidladi. Uning qarshisidagi kursiga joylashdim. Yoongi hali hamon o'sha o'sha kezi kelsa quvnoq kezi kelganda esa jiddiy va talabchang.
Yoongi : Mana bu yangi loyiha. Bu loyihaga juda katta sarmoya kiritganmiz qo'shma hamkorlikdagi loyiha desa ham bo'ladi. Loyihaga rahbar qilib seni tayinladik. Bizni uyaltirmaysan degan umiddaman.
Jm : Albatta bunday katta loyihaga ancha mehnat va kuch sarflanadi. Ishonchingizni oqlashga qo'limdan kelgancha harakat qilaman
Yoongi xonani to'ldirib kulib yubordi Jimin biror nojoyi so'z aytdimmi deya barchasini tahlil qilishga urinardi
Yoongi: Axir do'st bo'lsak. Bunday rasmiyatchilikni nima keragi bor axir
Demak Yoongi bilan hali hamon do'stmiz. Sujinning bundan habari bo'lmasa kerak.
Jm : Axir har holda boshlig'imsan
Holatga kirishishga urunib biroz hazil qildi
Yoongi: Odam shu hazillaringni ham qumsaydi...
Eshik yana bir bor taqilladi Kotiba uning ketidan Jimin sog'ingan ko'rishga umid qilgan o'sha Yoqimli chehra kirib keldi
Kotiba : Janob Min singlingiz
Kotiba qiz gaplarini yakunlashga ulgurmay Areumi uni gapini bo'lib
Areumi : Ahir aytdimku bunga xojat yoq deb. Siz ishingizda boravering..
Borib Yoongi ortiga o'tdi yelkasidan quchib gap boshladi
Areumi : Akalarning eng alosi nimalar bilan band.
Yoongi ham ortida turgan singlisini o'ziga qaratib kulgancha
Yoongi : Singillarning eng aqillisi uchun yelib yugurib ishlayapti
Areumi : o'zimning mehnatkash akajonimdan. Sizni juda qattiq yaxshi ko'raman shuni untimang
Yoongi : maqsadga o't nega meni To'satdan yo'qlab qolding
Areumi : Ya... Akajon sizni yo'qlashga biror sabab kerakmi?
Ikki qo'lini chalishtirib ko'ksiga bog'lab lab shishirdi
Ularni bir chekkada kuzatib turgan Jimin Areumining har bir harakatini diqqat bilan kuzatardi.
U hali hamon quvnoq va o'shanday jozibali. Lekin menga mutloq begona. Meni deb urgan o'sha Yuragi endi o'zgasi uchun urmayapganmikin? Yana uni muhabbatiga erisha olamanmi?
Yoongi: Aytgancha tanishinglar bu do'stim Jimin
Ularni suhbatini Jim kuzatib turgan yigitga ishora qilib.
Areumi : Tanishganimdan hursandman
Kulib Jiminga qo'l uzatdi.
Jimin ham javoban uni qo'lini tutdi
Qani endi mahkam bag'rimga bosa olsam. Yoqimli iforingni to'yib to'yib hidlay olsam. Ko'zlaringga qarata sevishimni qayta qayta takrorlay olsam. Koshki seni o'shanda rad etmaganimda hozir bari boshqacha tus olgan bo'larmidi. Hayotimda koshkilar shunchalik ko'payib ketdiki. Afsus nadomat hamrohimga aylandi.
Pov Areumi
Akamning do'sti. U juda yoqimtoy yigit ekan. Kulib turgan samimiy chehrasi ma'no to'la ko'zlari.. Ko'zlariga ko'zim tushar ekan. Bir zum Vaqt to'xtab qolganday bo'ldi. Qo'llarimni turar ekan tanamda chumolilar o'rmalab o'tganday bo'ldi. Ikki jism bir biriga urilganda badanda bo'ladigan kichik to'k urushini his qildim. Men ko'rgan eng go'zal tabassum egasi... juda g'alati hissiyotlar qo'rshovida qoldim
Areumi : Mayli Men ketaqolay sizni muhum ishlaringiz bordir
Ko'zlarimni arang undan olib qochdim. Akam bilan hayrlashib xonani tark etdim
Yokngi : Ehtiyot bo'l. Uyda ko'rishguncha
Areumi : Aslida bugun uyga bora olmasligimni sizga aytgani kelgan edim.
Areumi : Bugun dugonamni uyida qolaman. Mendan havotir olmang. Sizni yaxshi ko'raman. Ko'rishguncha
Akamga havodan o'pich qoldirib eshikni asta yopib Xonadan chiqib ketdim
5 6 qadam tashlashim bilan kimdur bilagimni mahkam siqib xonaga totrqiladi. Kaftlari bilan og'zimni berkitib quloqlarimga past ovozda shivirlab
Jin : shuncha yo'ldan kelib. Naxot meni ko'rmay ketmoqchi bo'lding
Belimni mahkam siqib yanada o'ziga yaqinlashtirdi asta kaftlarini og'zimdan bo'shatdi. To'g'ri labrimni nishonga oldi asta sekin shoshilmay yaqinlasha boshladi
Areumi: Hoy hozir kimdur ko'rib qoladi
Barmoqlarim bilan asta lablarini to'sdim. Havotir bilan u yer bu yerga ko'z tashlayotgan qizni Yongi qattiqroq bag'riga bosdi
Jin : Ko'rsa ko'raverishsin. Axir sevgilimsan bunga to'la qonli haqqim bor. Yoki unday emasmi? Bir qoshini yuqoriga ko'tarib yuz burishtirdi.
Sevgilimning yosh bolacha qiliqlariga kulgancha yo'g'on bo'ynidan qo'llarini o'tkazdim.
Areumi: immm. Bugunga rejalar qanday.
Jin : Albatta bugungi kunni birga o'tkazamiz.
Sochlarimdan mayin silagan sevgilim labimdan qisqa bo'sa oldi
Jin : Bugungi kunimiz uchun katta rejalarim bor. Faqat Kechkacha sabrim chidamayapti.
Areumi: Borgan sari qiziqishim ortib borayapti...
Areumi : Xonangiz juda chiroyli ekan
Zimdan xonaga termulib har bir burchakni ko'zdan kechirayotgan qizni ortidan quchib dahanini yelkasiga tiradi. Issiq kuydiruvchi nafasi bilan quloqlariga mayin shivirladi
Jin: Sen bilan butunlay birlashishni istayman....
Butun tanam bo'shashib ketdi. Nafasim tiqildi. Jin tezlik bilan meni o' ziga qaratdi. Och bo'ridek lablarimga yopishib ketdi. Uning harakatlari bir maromda bir qo'li bilan bo'yimdan ushlab ikinchi qo'li esa Belimni mahkam siqib olgandi. Ehtiros bilan mayin bo'salar bilan silagan holda meni to'g'ri yotoqqa joyladi. Muzdak yo'g'on barmoqlar tanamni siypalar ekan miyyamga nimadur kelib urilganday bo'ldi. Bu ish notog'ri ekanligi vaqtida to'xtatishim zarur ekangligini anglagan holda allaqachon ko'ylagim zamogini pastga tushirayotgan yigit qo'llarini tutib qoldim
Areumi : Jin hoshmang... Iltimos
Yigit mendan biroz uzoqlashib tushunmagan nigohda qilgan ishim uchun izoh kutardi.
Areumi : Men. Men. Hali bunga tayyor emasman
Kipriklarimni yerga qadab yig'lagudek bo'lib bir nuqtaga tikilgancha o'tirar edim. Jin ikki barbog'ini yani ko'rsatgich va o'rtancha barmoqlarini juft qilib dahanimni asta yuqoriga siljitdi
Jin: Ko'zlarimga qara.
Mayus homush tortgan Yuziga so'ngra menga umid bilan tikilib turgan ko'zlariga nazar tashladim.
Jin: Qara... Ularda zarracha yomonlik Yolg'on ko'rayapsanmi?
Darhaqiqat uning ko'zlarida zarracha aldov yo'q. Ammo bir muommo bor... Hislar... Boyagi yigit Shunchaki Qo'limni tutgandagi hisni hayajonni qancha urinsam ham Jindan topa olmadim. Afsunlanib qolganga o'xshayman. Qanday qilib inson bir vaqtning o'zida 2 insonni sevishi mumkun.
Areumi : Yoq. Jin iltimos hali bunday narsalaga tayyor emasman. Hech bo'lmasa kollejni tugatib olay
Jin: tish.. Bo'ldi tinchlan. Sen nima hohlasang shu bo'laqolsin. Kollejni tugallashingga ham hech qancha Vaqt qolmadi. Keyin hech qanday bahonalaring o'tmaydi kelishdikmi
Chimjiloq barmog'ini kulgancha menga uzatib. Ancha hotirjamlashdim. Javoban kulib Men ham jimjilog'imni unga uzatdim. Barmoqlarini siqib vadalashdik. Jinni yotoqqa qayta qulayroq joylashib meni keng issiq bag'riga oldi
Jin: Hech bo'lmasa shunday uhlashga yoq demassaan.
Jinni bag'riga mahkam o'rnashib peshonamni ko'ksiga bosdim. Jin ham meni sochlarimdan barmoqlarini yurgazib peshonamga keng nam lablarini bosdi. Quloqqa hush yoquvchi iliq Yoqimli so'zlar bilan erkalab sevishini qayta takitladi
Jin: Seni sevaman. Qalbim bahori....
Areumi : Men ham sizni sevaman
Bu so'zlarni aytdimu etim junjikib ketdi. Haqiqatdan ham uni sevamanmi yoki yo'qmi?