Queen wanna die
Seoyang qirolligi uzoq yillar davomida mustahkam turgan davlat edi. Uning devorlari baland, odamlari mehnatkash, armiyasi esa hech bir jangda orqaga chekinmagan. Lekin vaqt o‘ziga xos tarzda o‘ch oladi. So‘nggi uch yilda hosil deyarli yo‘qolib ketdi. Suv manbalari quriy boshladi. Bozorlar sekin asta bo‘shab bordi. Ko‘chalar odamga to‘lib tursa-da, hech kim gapirmas, hech kim kulmas edi.
Qirol Jihan saroy balkonidan pastga qarab turar edi . U o‘z xalqini uzoqdan kuzatip to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarab, o‘zining har bir kechikkan qarorining natijasini ko‘rardi. Davlat ichida nizo kuchaygan, zodagonlar o‘z foydasini o‘ylayotgan oylab chegaralarda esa qo‘shni yurtdan bosqin xavfi ortib borayotgan edi.
Jihan bu muammolarni kuch bilan emas, ittifoq bilan hal etmoqchi bo‘ldi. Uning oldida ikkita yo‘l bor edi: kuchli davlatga qarshi turish yoki u bilan qo‘l berkitib, Seoyangni vaqtincha bo‘lsa ham saqlab qolish.
Va kop oylanib qirol Jihan Cheseong qiroli Min Yoongi bilan siyosiy bitim tuzishga qaror qilidi va Cheseong qiroligiga elchi yubordi
Cheseong qiroligi juda kuchli armiyasi ,to‘liq zaxiralari, va eng muhimi og‘ir qarorlar qilishdan cho‘chimaydigan qiroli bilan mashhur edi. Min Yoongi har bir qadamni aniq rejalashtirib, raqibini doim bir necha oy oldin o‘ylardi. U o‘z qirolligini saqlab qolish emas, uni kengaytirish yo‘lini tanlagan edi.
Jihan elchi yubordi. Kelishuv shunday edi: Cheseong qiroligi biz sizdan siyosiy bittim tuzsak va bizga oziq-ovqat, suv va xavfsizlik bilan yordam bera olasizmi Evaziga esa... sizga xohlagan narsangizni sorasangiz berishga tayyormiz
Yoongini vaziri bu bittimni oqip bolgan biroz oylandi
Qirol Min Yoongi elchi yetkazgan xatni qayta-qayta o‘qimadi. U bitta marta ko‘rishning o‘zida har bir satr ortidagi maqsadni anglab ulgurgan edi. Qirol Jihan ochiq aytmagan bo‘lsa-da, bu so‘rov najot tilovi edi.
Yoongi qog‘ozga qarab emas, strategiyaga qarab qaror qilardi. Bu ittifoq unga nafaqat Seoyang ustidan ģalaba qozansak balki butun Sharqiy yerlar ustida hukmronlik sari yana bir qadam bo‘lishi mumkin edi.
V: Qirolim, Seoyang o‘z yelkasini egmoqchi. Ular zaiflashgan. Bu siz orzu qilgan imkoniyat.
Y: Imkoniyatdan ham ko‘ra muhimroq narsa bor. Nazorat. Ular yordam so‘rayapti, lekin biz ularga najot emas, kelajakdagi yo‘lni tanlash majburiyatini yuklaymiz.
Vazir yengil ohangda elchiga yozilgan javob xatini imzoladi
Elshi xatni Seoyangga yetip keldi va xatni qirol Jihanga berdi xatda shunday deyilgan edi:
Cheseong sizning yerlaringizga oziq-ovqat, suv va mudofaa yordami ko‘rsatadi. Buning evaziga esa... Seoyang malikasi – Sebom – Chaseong saroyiga jo‘natiladi. U bizning kelishuv belgimiz bo‘ladi. U bizniki bo‘ladi.
Qirol Jihan xatni olgach, ichki qarshilikka yuzlandi. Qizini siyosiy bitim uchun berish — bu ota sifatida og‘ir qaror edi. Ammo bu Seoyangni saqlab qolish yo‘li edi. U qizini chaqirib dedi:
J: Sebom qizalogʻim sen Cheseong qiroligiga borasan
J: Seoyang qirolikni saqlab qolish uchun Cheseong qiroligidan siyosiy bittim yuborgan edim evaziga sani sorashibdi
S: Otajon bu nima degani men bunga rozi emasman
J: Qizalogʻim axir qiroligimiz haf ostida agar qiroligimizni bosip olsa Seoyang qiroligi yoq bolip ketadi rozi bolgin qirolligimiz uchun
Sebom biroz oylanib qoldi va bir qarorga kelishi biroz qiyin boldi va odasiga roziligini bildirdi
Sebom jimgina o‘z xonasiga qaytdi. Yuragidagi og‘irlikni hech kim sezmadi. U yillar davomida qirolichalikka tayyorlanmagan, ammo xalq uchun qurbonlik — uning taqdiriga yozilgan yo‘lga aylandi. U otasi Jihanning ko‘zlariga oxirgi marta qaragandi — u yerda ayanch, pushaymon va kuchsiz bir otaning og‘ir sukunati yashiringan edi.
Ertasi tongda Sebom oltin kashtali ko‘ylak, boshida Seoyang malikalariga xos toj bilan Cheseongga yo‘l oldi. Orqasida yig‘lab qolayotgan xizmatkorlar, unga yelkadosh bo‘layotgan bir necha sadoqatli soqchilar va har bir yurishida to‘kilayotgan orzu umidlari bor edi.