July 7

Forced marriage

​​​​❗️𝗗𝗶𝗾𝗾𝗮𝘁: 𝘂𝘀𝗵𝗯𝘂 𝗳𝗮𝗻𝗳𝗶𝗰𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗯𝗮𝗿𝗰𝗵𝗮 𝘃𝗼𝗾𝗲𝗮𝗹𝗮𝗿 𝗺𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳 𝘁𝗮𝘀𝗮𝘃𝘃𝘂𝗿𝗶𝗴𝗮 𝗮𝘀𝗼𝘀𝗹𝗮𝗻𝗴𝗮𝗻 𝗯𝗼‘𝗹𝗶𝗯, 𝗿𝗲𝗮𝗹 𝗵𝗮𝘆𝗼𝘁 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗵𝗲𝗰𝗵 𝗾𝗮𝗻𝗱𝗮𝘆 𝗯𝗼𝗴‘𝗹𝗶𝗾𝗹𝗶𝗴𝗶 𝘆𝗼‘𝗾. 𝗦𝘆𝘂𝗷𝗲𝘁 𝗱𝗮𝘃𝗼𝗺𝗶𝗱𝗮 𝘁𝘂𝗿𝗹𝗶 𝘅𝗶𝗹 𝗸𝘂𝘁𝗶𝗹𝗺𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗵𝗼𝗱𝗶𝘀𝗮𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝗿𝗮𝘀𝗵𝗶 𝗺𝘂𝗺𝗸𝗶𝗻.❗️

1 qism

​Cherin: Dada, iltimos, menga hazillashayotganingizni ayting... Eric Nikols janoblari bilan nikoh? Men uni umrimda bor-yoʻgʻi ikki marta koʻrganman!

Janob Beak: Bu hazil emas qizim bu rost

Cherin: Men bu toyga qarshiman

Janob Beak: Hesh kim sendan rozisanmi yoki yoq siragani yoq 1 oydan keyin toying boladi

Cherin: Dada…. Axir mening ham oz orzularim bor bu yil oqishimni bitirib oz karyeramni boshlamoqchiman va ozim sevgan inson bilan bir umr baxtli yashamoqchiman

Janob Beak: Yosha yetimcha va gadoy seni baxtli qila olmaydi

Janob Beak: Oʻsha yetimcha va gadoy seni baxtli qila olmaydi! U kim oʻzi? Hech kim! Bir tiyinga qimmat, kelajagi yoʻq bir devona. Meni familiyamni koʻtarib yurgan qizim qandaydir bir koʻcha-koʻyda yurgan yigitni deb Eric Nikolsdek milliarderga rad javobini beradi deb oʻylaganmiding?!

Janob Beak: Oʻsha yetimcha va gadoy seni baxtli qila olmaydi! U kim oʻzi? Hech kim! Bir tiyinga qimmat, kelajagi yoʻq bir devona. Meni familiyamni koʻtarib yurgan qizim qandaydir bir koʻcha-koʻyda yurgan yigitni deb Eric Nikolsdek milliarderga rad javobini beradi deb oʻylaganmiding?!

Janob Beak: Oʻsha yetimcha va gadoy seni baxtli qila olmaydi! U kim oʻzi? Hech kim! Bir tiyinga qimmat, kelajagi yoʻq bir devona. Meni familiyamni koʻtarib yurgan qizim qandaydir bir koʻcha-koʻyda yurgan yigitni deb Eric Nikolsdek milliarderga rad javobini beradi deb oʻylaganmiding?!

Janob Beak: Oʻsha yetimcha va gadoy seni baxtli qila olmaydi! U kim oʻzi? Hech kim! Bir tiyinga qimmat, kelajagi yoʻq bir devona. Meni familiyamni koʻtarib yurgan qizim qandaydir bir koʻcha-koʻyda yurgan yigitni deb Eric Nikolsdek milliarderga rad javobini beradi deb oʻylaganmiding?!

Cherinning koʻzlaridan yoshlana boshladi lekin bu safar yosh bolalarcha ojizlikdan emas, balki ichidagi kuchli gʻazab va alamdan edi. Dadasining har bir gapi uning yuragiga pichoqdek botayotgan boʻlsa-da, u sevgilisi — Kim Taehyung ismini eshitganda oʻzini tiyib tura olmadi.

Cherin: Dada! Haddingizdan ketmang! Siz u haqida bunday deyishga haqqingiz yoʻq! Ha, uning ota-onasi yoʻqdir, u siz kabi milliarder emasdir, lekin u siz hayotingizda umuman koʻrmagan va tushunmaydigan narsaga ega — uning toza qalbi va vijdoni bor!

Janob Beak qizining bu gaplaridan kutilmaganda shokka tushdi. Doim aytganini qiladigan, gap qaytarmaydigan qizi bugun kimnidir himoya qilib unga qarshi chiqayotgandi.

Janob Beak: Sen menga gap qaytaryapsanmi? Oʻsha Taehyunging senga nima beroladi? Oddiy bir rassom yoki oddiy ishchi seni qanday boqadi? Mening boyligim, mavqeyim boʻlmasa, sen kim boʻlarsan?

Cherin: Taehyung meni yerga urmaydi, dada! U meni sizdek oʻz manfaatlari uchun sotmaydi! U meni borimcha sevadi. Uning pullari koʻp boʻlmasligi mumkin, lekin u oʻz mehnati bilan, halol yashayapti. Siz esa pullaringiz koʻpligidan odamiylikni unutsangiz ham, men oʻz baxtimni pullarga almashtirmayman! Agar Taehyungga yana bir marta til tegissangiz , bu uydan bir umrga ketaman va siz meni qayta koʻrmaysiz!

Cherin gapini tugatib, dadasining javobini ham kutmay, xonasining eshigini qarsillatib yopdi-yu, tashqariga otilib chiqdi. U hozir faqat bir insonning yoniga borishni — Kim Taehyungning issiq quchogʻida panoh topishni istardi.

Cherin uydan qanchalik tez yugurib chiqqanini oʻzi ham sezmadi. Koʻz yoshlari yuzini yuvib borar, dadasining aytgan gaplari haligacha qulogʻi ostida jaranglayotgan edi. Unga hozir faqat bitta inson — uning borligʻi, uning yagona panohi boʻlgan Kim Taehyung kerak edi.

U Taehyung har doim ilhom izlab keladigan, shahar chetidagi kichik va tinch xiyobonga qarab yugurdi. U yerda ularning sevimli oʻrindigʻi bor edi.

Uzoqdan uzoqqa tikilib, qoʻlida bloknot bilan oʻtirgan Taehyung koʻrindi. Uning shamolda toʻzgʻiyotgan sochlari va har doimgidek hotirjam qiyofasi Cherinning yuragidagi boʻronni biroz boʻlsa-da
tinchlantirgandek boʻldi.

Cherin: Taehyung... — uning ovozi arang chiqdi.

Taehyung ovoz kelgan tomonga oʻgirildi va yuzlari koʻz yoshdan namlangan Cherinni koʻrib, oʻrnidan qanday turib ketganini bilmay qoldi. U qoʻlidagi bloknotni chetga tashlab, yugurgancha Cherinning yoniga keldi va uni mahkam bagʻriga bosdi.

Taehyung: Cherin? Senga nima boʻldi? Nega yigʻlayapsan, sevgilim Kim seni xafa qildi? — Taehyungning ovozida biroz bor edi. U qizning titrayotgan yelkalarini silab, uni tinchlantirishga urindi.

Cherin bir muddat gapira olmadi, shunchaki Taehyungning issiq va ishonchli quchogʻida oʻzini qoʻyib yubordi. Uning tafti Cherinning qalbini eritayotgan edi. Birozdan keyin u oʻzini qoʻlga olib, dadasining Eric Nikols bilan majburiy nikoh haqidagi rejasini va u bilan boʻlgan qattiq janjalni aytib berdi. Biroq, dadasining Taehyungga aytgan haqoratlarini aytishga tili bormadi.

Taehyung barchasini eshitib, chuqur nafas oldi. Uning koʻzlarida gʻamginlik va shu bilan birga Cheringa boʻlgan cheksiz muhabbat porlab turardi. U qizning yuzlaridagi yoshni ohista artib qoʻydi.

Taehyung: Kel, hamma narsani unutamiz. Hozircha faqat sen va men bormiz. Yurgin, biroz sayr qilamiz, — dedi u mayin tabassum bilan.

Ular sokin xiyobon boʻylab qoʻl ushishib yura boshlashdilar. Quyosh asta-sekin botib borar, atrofga oltinrang shafaq yoyilayotgan edi. Taehyung Cherinning kayfiyatini koʻtarish uchun unga turli qiziqarli voqealarni gapirib berdi, yoʻl-yoʻlakay unga daraxtdan uzilgan chiroyli bargni sovgʻa qildi.

Cherin Taehyungning yonida oʻzini shunchalik baxtli va xavfsiz his qilardiki, goʻyo dunyodagi barcha muammolar gʻoyib boʻlgandek edi. U Taehyungning yuziga qarab, uning oʻtkir nigohlari, samimiy kulgisi va oʻziga boʻlgan yuksak hurmatini koʻrib, dadasiga aytgan gaplari qanchalik toʻgʻriligiga yana bir bor amin boldi

Ular xiyobonning chetidagi koʻprik ustida toʻxtashdi. Quyoshning soʻnggi nurlari ostida Taehyung Cherinning koʻzlariga tik boqdi.

Taehyung: Cherin, men boy emasman, buni bilasan. Lekin senga vaʼda beraman, seni dunyodagi eng baxtli ayol qilaman. Dadang nima desa desin, men seni hech kimga berib qoʻymayman.

Cherin: Men senga ishonaman, Taehyung. Men faqat sen bilanman...

Ular koʻprik ustida bir-birlariga vaʼdalar berib, shirin suhbat qurib turishganida, xiyobon chetidagi sokinlikni keskin tormoz ovozi buzib yubordi.